299
masalasi qo`yilgan. Xar bir mamlakatning kredit tizimi o`z
xususiyatiga ega bo`lib, rivojlangan yirik universal banklar
tarmoklarining ko`pligi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi.
Germaniya bank tizimi eng yukori darajada rivojlangan davlat
xisoblanadi.
Quyidagi
sxemadagi
Germaniya
bank
tizimi
keltiriladi.
Germaniyaning
kredit tizimi boshida Bundesbank turadi.
Markaziy bank - kredit tizimining bosh banki bo`lib, mamlakatda
pul-kredit siyosatini, emissiya jarayonlarini olib boradi.
Birinchi Markaziy banklar bundan qariyib uch yuz yil oldin
tijorat banklarining rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Bular 1668
yilda tashkil qilingan SHved Riks banki, 1694 yilda tashkil qilingan
Angliya banklaridir.
Evropa mamlakatlarida Markaziy banklar ancha kechrok asosan
18 asrning ikkinchi yarmidan boshlab faoliyat ko`rsata boshlagan.
Banklar paydo bo`lishining boshlang’ich davrlarida ular markaziy
emissiya yoki tijorat banklari tariqasida yuzaga kelgan emas, ya`ni
shular o`rtasida xozirgidek bo`linish bo`lmagan. Bank ishi
ivojlanishining birinchi bosqichlarida rivojlantan mamlakatlarda ijorat
banklari kapitallarni yigish maksadida muomalaga banknotalar
chikarganlar. Banklarning yiriklashuvi, bank ishining rivojlanishi
natijasida banknotalarni muomalaga chikarish yirik tijorat banklar
qo`liga o`ta borgan va keyinchalik biror yirik bank ixtiyoriga berilgan.
Bu bank milliy yoki emission bank keyinchalik Markaziy bank deb
atalgan. Markaziy bank ya`ni kredit tizimini boshqarib turuvchi,
barcha banklar faoliyatini nazorat qilib turuvchi kredit instituti sifatida
namoyon bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: