Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


Bank likvidligi va uni ta`minlash yo`llari



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/179
tarix28.11.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#166798
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

 
Bank likvidligi va uni ta`minlash yo`llari 
Tijorat banklari likvidligini tahlili jarayonida ularning likvidlik 
ko`rsatkichlari 
bo`yicha 
belgilangan 
me`yorlarga 
amal 
qilayotganligini tekshiramiz. 
 


315 
Mamlakatdagi yoki 
mintaqadagi siyosiy 
holat 
Pul bozori va qimmat 
qog’ozlar bozorining 
holati 
mamlakatdagi yoki 
mintaqadagi iqtisodiy 
holat 
qonunchilikning 
zamonaviyligi 
hamkor banklarning 
ishonchliligi 
bank mijozlarining 
ishonchliligi 
Bankning to`lovga 
layoqatliligi 
bank balansi 
lividliligi 
bankning ichki 
siyosati: filiallar 
tashkil qilinishi 
bankning tashqi siyo-
sati: bank xizmatla-
rining xilma-xilligi va 
maxsuslashirilganligi 
Bank kadrlarining 
malaka darajasi 
o`z sarmoyasi bilan 
ta`minlanganligi 
Menejment darajasi 
8-rasm. 
Tijorat banklarning likvidlik ko`rsatkichlari bo`yicha 
belgilangan me`yorlar
1
 
 
1
Lavrushina O.I. Dengi.Kredit.Banki./. – 2005.356 бет. 


316 
Faqat tijorat banki ta`sis hujjatlariga kiritilgan o`zgarishlarni 
ro`yxatdan o`tkazish uchun o`z vaqtida taqdim etgan hollarda nizom 
sarmoyasining Markaziy bankda ro`yxatga olinganidan ortiq to`langan 
qismini sarmoya hisob-kitobiga qo`shishga ruxsat etiladi. 
Tijorat banki aktivlari tavakkalchilik darajalariga qarab 4 ta 
guruhga bo`linadi. Tavakkalchilik darajasi bo`yicha birinchi guruhga 
minimal tavakkalchilikli aktivlar, ikkinchi va uchinchi guruhga katta 
tavakkalchilikli aktivlar, to`rtinchi guruhga maksimal darajada 
tavakkalchilikli aktivlar kiradi. Bir qarz oluvchiga katta hajmda 
kreditlar berilishi tijorat banki uchun juda tavakkalchilikli ekanligi 
munosabati 
bilan 
«bir qarz oluvchiga to`g’ri keladigan 
tavakkalchilikning maksimal hajmi» me`yoriga rioya etilishi, ayniqsa, 
qattiq nazorat qilinmog’i kerak: 
К
Кt
Bunda: Kt - bir qarz oluvchiga to`g’ri keladigan bank tavakkal-
chiligining umumiy summasi qo`shuv bank mazkur qarz oluvchiga 
nisbatan bergan balansdan tashqari majburiyatlarning 75%i ayiruv 
depozitlar bilan ta`minlangan majburiyatlar. 
K – bank sarmoyasi (xususiy mablag’lari)
Ushbu me`yor kreditlarning hukumat kafolati bilan 
ta`minlangan qismiga, jumladan xalqaro qarzlar bo`yicha takror 
moliyalanadigan kreditlarga taalluqli emas. Boshqa kreditlar uchun 
qarz oluvchi majburiyatlarining umumiy summasidan O`zbekiston 
Respublikasi davlat qimmatli qog’ozlarini garovga qo`yib olingan 
qarzlar garov summasining 90% hajmida chegirib tashlanadi. 
Bu ko`rsatkichi 0,25 dan oshmasligi kerak. 
Bir qarz oluvchiga berilgan qarzlar bo`yicha jami 
qarzdorlik hamda balansdan tashqari majburiyatlarning 75%i 
birgalikda bank kapitalining 15% idan ortiq bo`lsa, bunday kreditlar 
yirik kreditlar deb ataladi. “Yirik” kreditlarni bank boshqaruvi alohida 
nazorat qilishi kerak va ular tijorat banki kengashi yangi qaror qabul 
qilgandagina berilishi mumkin. Bank kengashining shunday kreditlar 
berish to`g’risida qarorlar qabul qilish vakolati Boshqaruvga 
topshirilishi mumkin emas. 
Qisqa muddatli likvidlik ko`rsatkichi deganda bankning 
so`ndirish muddati 30 kundan 1 yilgacha bo`lgan aktivlari bilan 30 


317 
kundan 1 yilgacha qabul qilingan depozitlar va resurslarga nisbati 
tushuniladi. 
YAna quyidagi likvidlik koeffitsientlari mavjud: 
Likvid aktivlar /jami aktivlar; Doimiy bo`lmagan majburiyatlar/
/jami aktivlar; 
Likvid aktivlar /Doimiy bo`lmagan majburiyatlar; 
Kreditlar/Depozitlar; 
Garovga 
qo`yilgan 
qimmatli 
qog’ozlar/jami qimmatli 
qog’ozlar. 
Bank rahbariyati likvidlik ko`rsatkichlarini mustaqil ishlab chiqishi 
va ulardan tanlab foydalanishi mumkin, faqat joriy likvidlik 
ko`rsatkichi 
bundan 
mustasno. 
Kapitalning 
etarliligi 
koeffitsientlaridan tashqari tijorat banklari leveraj koeffi-tsientini 
aniqlashlari lozim. Bu ko`rsatkich quyidagicha hisoblanadi. 
I darajali kapital
Kl = –––––––––––––––––––––––––––––––––––––––– 
(Umumiy aktivlar - nomoddiy aktivlar - gudvil 
Leveraj koeffitsientining minimal miqdori 0,06 yoki 6% bo`l-
mog’i lozim.
YUqoridagi koeffitsientlar asosida tipovoy banklarning mo-
liyaviy ahvoliga to`liq baho berish mumkin.
Banklarda to`lovga layoqatlilik va likvidlik muammosining mu-
vaffaqiyatli hal etilishi aktiv va passiv operatsiyalarning bir paytda 
samarali boshqarilishiga bog’liq. Banklar aktiv operatsiyalarni 
o`tkazish uchun pul resurslariga ehtiyoj sezadilar. Ularni passiv 
operatsiyalarni amalga oshirish orqali jalb etish mumkin va shundan 
so`ng bank belgilangan muddatlarda o`zining qarz majburiyatlarini 
qoplab borishi lozim. Qarz majburiyatlarini qoplash uchun banklar 
foyda olib faoliyat yuritishlari va bunda to`lovga layoqatlilikning 
maqbul darajasini saqlashlari hamda likvidlikni ta`minlashlari kerak. 
Aktiv va passiv operatsiyalarni, shuningdek, likvidlikni 
kompleks va o`zaro bog’lab boshqarish zarurati shunday izohlanadi. 
YUqorida qayd etilganidek, banklar likvid mablag’larga bo`lgan 
zaruratni qondirish uchun kerakli miqdorda omonatlar va depozitlarni 
safarbar etadilar. Bunda banklar depozitlar miqdorining o`sishini 
kredit portfelining o`sishi bilan taqqoslaydilar hamda depozit 


318 
bazasining barqarorligini avvalo muddatli jamg’arma depozitlari va 
talab qilib olinuvchi depozitlar hisobidan ta`minlash lozim. 
Tijorat banklari to`lovga layoqatliligini mustahkamlash, maj-
buriyatlari bajarilishi uzluksizligini ta`minlash maqsadida bosh-qa 
kredit institutlaridan kredit olinadi. 
To`lovga layoqatsizlikning yana bir sababi garovni baholashdagi 
xatolikka yo`l qo`yishdir. Garovni to`g’ri baholash va ularning bahosi 
o`zgarishi ustidan doimiy nazorat olib borish to`lovlarda qiyinchiliklar 
kelib chiqishining oldini oladi. 
Balans likvidligining buzilishi va to`lovga layoqatsizlik mijozlar 
moliyaviy holatini yomonligidan ham kelib chiqadi. Qarz oluvchining 
kreditga layoqatliligini to`g’ri baholash va ular ustidan doimiy 
nazoratning mavjudligi kredit xatarini o`z vaqtida bilish va to`lovga 
layoqatlilik bo`yicha zarur choralarni o`z vaqtida ko`rishni 
ta`minlaydi. 
Banklar yangi operatsiyalar bajarishga buning uchun maxsus 
tayyorlangan kadrlarga ega bo`lmasdan kirishishi oqibatida ham 
to`lovga layoqatsizlik kelib chiqishi mumkin. 
Bir shaxsdan yirik miqdorda depozitlar qabul qilish, ularning 
moliyaviy holati birdan yomonlashgan hollarda ham tijorat banklarida 
to`lovlar bo`yicha qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. SHuning uchun 
ham, bir omonatchi(kreditor)ga to`g’ri keladigan maksimal xatar 
hajmi belgilab qo`yilgan.
Tijorat banklari nizom kapitalining minimal miqdori ham 
Markaziy bank tomonidan belgilab qo`yilgan. Uni quyidagi jadvalda 
ko`rish mumkin.
Har bir tijorat banki o`z nizom kapitalini har choraklik ajratmalar 
asosida (yillik ko`zda tutilgan o`sishga nisbatan 25%) to`ldirishlari 
lozim. 
YUqoridagilardan tashqari, hisobni to`g’ri yo`lga qo`yish, bosh-
qarishdagi xato va kamchiliklarni tugatish, kadrlar malakasini oshirish 
ham banklarning to`lovga layoqatliligini ta`minlashga ta`sir 
ko`rsatadi. 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin