314
bilan ta`minlanganligi, mijozlar va partner-banklarning ishonchliligi,
bankdagi menejment darajasi, mazkur kredit muassasasi bank
xizmatlarining maxsuslashtirilganligi hamda xilma xilligi va boshqa
omillar kiradi. SHu bilan bir vaqtda ko`rsatilgan omillar to`g’ridan-
to`g’ri yoki bilvosita bank balansi likvidligiga ta`sir ko`rsatadi,
shuningdek, bir-biri bilan ma`lum darajada aloqada bo`ladi.
(Aytilganlarni chizma tarzida ko`rsatish mumkin).
Bankning to`lovga layoqatliligi va likvidliligiga ta`sir qiluvchi
omillar
Tijorat banklarining balansi ikki qismdan iborat bo`ladi: aktiv va
passiv. Bank passivlari tarkibiy jihatdan va iqtisodiy mazmuniga
ko`ra, bankning o`z mablag’lari va uning majburiyatlaridan tashkil
topadi. O`z navbatida bank majburiyatlari iqtisodiy mazmuniga ko`ra
jalb qilingan va qarz mablag’larga bo`linadi. Demak, bank passivlari:
1.Bank kapitali– bankning xususiy mablag’lari
2. Jalb qilingan mablag’lar.
3. Qarz mablag’laridan iborat.
Bank aktivlarini iqtisodiy mazmuni tarkibiga ko`ra bir necha
qismlarga ajratish mumkin. Bunda aktivlarning muddatiga ko`ra yoki
likvidligiga ko`ra ma`lum tarkibiy qismlarga ajratish mumkin. Ak-
tivlarni likvidligiga ko`ra quyidagi uch guruhga ajratish mumkin:
YUqori likvidlikka ega bo`lgan aktivlar.
2. O`rtacha likvidlikka ega bo`lgan aktivlar.
3. Likvidligi past bo`lgan aktivlar.
Tijorat bankining balansi shu bank resurslarining ahvolini, bularni
shakllantirish manbalarini, shuningdek, hisobot davrining boshidan
oxirigacha bo`lgan bank faoliyatining moliyaviy natijalarini pul bilan
ifodalab, ta`riflab beradi. Balansdagi ma`lumotlarni tahlil qilib chiqish
yo`li bilan banklarning ma`lum davr ichidagi faoliyatini har
tomonlama bilib olsa bo`ladi. Balansning tahlili bankning o`ziga
tegishli mablag’lari qay tariqa o`zgarib borayotganligini, bank
aktivlarining
tarkibi
va
ularning
qaysi
tomonga
qarab
o`zgarayotganini, bankning likvidlilik va to`lovga layoqatlilik
ko`rsatkichlari darajalarini bilish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: