45
Marksning fikriga ko`ra muomalaga kirishgunga qadar pullar
qiymatga tovarlar esa bahoga ega bo`ladi.
Pullar qiymati va
tovarlarning bahosiga bog’liq ravishda tovarlarning bahosi
shakllanadi.
Pulning miqdoriylik nazariyasi namoyondalari bilan K.Marks
o`rtasidagi munozara quyidagida namoyon bo`ladi.
Marks aytadiki: tovarlar bahosining oshishi muomaladagi pul
miqdorining ko`payishiga olib keladi. Pulning miqdoriylik
nazariyasining namoyondalari aytadiki: muomaladagi pul
miqdorining ko`pligi tovarlar bahosining oshishiga olib keladi. XX
asrda pulning miqdoriylik nazariyasi hukmron nazariyaga aylandi.
XX asrda miqdoriylik nazariyasining 2 xil ko`rinishi
paydo
bo`ldi.
1.
Transaksion ( I.Fisher yaratdi)
2.
Kembridj
1911-yilda Irving Fisherning mashhur “Pulning xarid kuchi
nomli” asari nashrdan chiqdi. Ushbu asarda Fisherning almashuv
tenglamasi o`z ifodasini topdi.
MV=PQ
M-muomaladagi pul massasi
V- pulning aylanish tezligi
P –tovarlarning o`rtacha bahosi
Q –ishlab chiqarilgan
tovarlar miqdori
P=MV/Q
Fisherning xulosasiga ko`ra tovarning bahosi muomaladagi
pul miqdoriga va pulning aylanish tezligiga to`g’ri proporsional.
Bunda Q va V o`zgarmasdir. Bu ikkala komponent o`zgarmas
bo`lganligi sababli shunday xulosa kelib chiqadi. Tovarlar
bahosining o`zgarishi muomaladagi pullarning o`zgarishiga
bog’liq.
Kembridj variantini Alfred Marshal yaratdi. Ushbu nazariyani
Pigu rivojlantirdi. Fisherdan farqli o`laroq Marshal va Pigu
tahlilni mikroiqtisodiy darajada amalga oshirdi.
Ular asosiy
e’tiborini xo`jalik sub’ektlarining kassa qoldiqlarini o`zgarishiga
qaratdilar.
M =KPY
K-pulning aylanish tezligi ammo bu tezlik xo`jalik
yurituvchi sub’yektlarning pul shaklidagi nominal daromadiga
46
qarab o`rganiladi. Fisherda pulning aylanishi tovarlar aylanishiga
qarab belgilanadi. Kembridj variantidan shunday xulosa chiqadi:
muomaladagi pul miqdori pulning aylanish tezligiga teskari
proporsional. Pulning aylanish tezligi real kassa qoldiqlarining
miqdori va ularning hisobidan qilingan
xarajatlar nisbatiga
bog’liq bo`lganligi sababli muomaladagi pul miqdorining
o`zgarishi pul shaklidagi nominal daromadning o`zgarishiga
bog’liq.
Kembridj variantida kassa qoldiqlarini shakllantirishning ikki
xil varianti keltiriladi:
-pulning qulay to`lov vositasi.
-ko`zda tutilmagan holatlar munosabati bilan nominal
daromadning bir qismini pulda saqlash.
Dostları ilə paylaş: