177
9.3. Kredit munosabatlarining yuzaga kelish sabablari va shart-
sharoitlari.
Hozirgi davrda bank kreditlarini berish
tizimi tijorat kreditlari
berish tizimiga qaraganda yuksak darajada rivojlangan. Buning asosiy
sababi
pulning yuqori likvidli akti ekanligidir.
Kreditning sub`ektlari bo`lib quydagilar hisoblanadi.
-
Banklar;
-
nobank kredit tashkilotlari, kredit uyushmalari,
lombardlar,
mikromoliyalash tashkilotlari, kredit korperativlari va boshqalar;
-
korxonalar;
-
jismoniy shaxslar;
-
davlat;
-
davlat organi;
-
halqaro moliya kredit tashkilotlari.
Kredit-
qiymatning harakati bo`lib pul va tavar ko`rinishidagi
mablag’larni qaytarib berishlilik, muddatlilik va foiz to`lashlilik
asosida berish natijasida yuzaga keladi.
Kredit orqali jamiyatimizda quyidagi ijobiy natijalarga erishish
mumkin:
birinchidan
, fondlar aylanishi
jarayonida chetga chiqib, bo`sh
qolgan mablag’larning harakatsiz turib qolishining oldi olinadi;
ikkinchidan,
takror ishlab chiqarishni keng doirada uzluksiz
davom ettirishga imkoniyat yaratiladi.
Kreditning vujudga kelishi reallikka aylanishi uchun muayyan
sharoitlar bo`lishi zarur. SHu masala bo`yicha ba`zi
iqtisodiy
adabiyotlarda keltirilgan fikrlarni tahlil qilib, iqtisodchilar tomonidan
kredit yuzaga kelishining quyidagi shartlariga ko`proq e`tibor
berilganini ko`rsatib o`tish mumkin. Ba`zi
iqtisodiy adabiyotlarda
kreditning zarurligi xususida bir necha boshqa fikrlar ham uchraydi.
Masalan, kredit korxonalar faoliyatini nazorat qilishni amalga oshirish
uchun zarur, deb ta`kidlanadi. Agar bu fikr to`g’ri deb qaraydigan
bo`lsak, kreditning zarurligi faqat kreditor uchun tushunarli bo`ladi,
chunki u qarz berish orqali qarz oluvchi faoliyatini nazorat qilish
imkoniyatiga ega bo`ladi.
Bunday sharoitda kreditning
chegarasi ishlab chiqarish
fondlarining doiraviy aylanishiga asoslangan ob`ektiv jarayonlarga
emas, balki bankning kredit operatsiyalari orqali qarz oluvchining
faoliyatini nazorat qilish istagiga bog’liq bo`lib qoladi.
178
Bu mulohazalardan kelib chiqqan
holda xulosa qilib aytish
mumkinki
,
kreditning ob`ektiv zarurligi takror ishlab chiqarish
jarayonida
fondlarning
doiraviy
aylanishi
qonuniyatlariga
asoslangandir.
Kreditga zarurat tug’ilganda quyidagi manbalardagi bo`sh
mablag’lardan kredit resurslar sifatida foydalanish mumkin. Bu
manbalar asosan quyidagilardir:
➢
asosiy fondlarni tiklash, kapital tamirlash uchun ajratiladigan
amortizatsiya sifatidagi pul mablag’lari;
➢
tovarlarni sotish va yangi moddiy resurslarni sotib olish
vaqtlarining birbiriga mos kelmaganligi tufayli yuzaga kelgan bo`sh
pul mablag’lari;
Dostları ilə paylaş: