Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/179
tarix28.11.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#166798
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

Oddiy
va 
o`tkazma
veksel. Oddiy vekselni qarz oluvchi korxona qarz beruvchi korxonaga 
beradi va tovarlar va ko`rsatilgan xizmatlar uchun unga to`lash 
majburiyatini o`z zimmasiga oladi.
O`tkazma vekselda kreditor tomonidan belgilangan tovar va 
xizmatlar summasi uning topshirigiga asosan uchinchi shaxsga yoki 
vekselni ko`rsatuvchiga o`tkazilishi zarur. Kreditorning vekselda 
ko`rsatilgan summani uchinchi shaxsga to`lash to`g’risidagi 
buyro`g’ini ifodalovchi xujjat amaliyotda tratta deb xam yuritiladi. 
Tijorat krediti bank kreditidan quyidagi xususiyatlari bilan farq 
qiladi: 
1.Kreditor 
(qarz 
beruvchi) 
rolida 
maxsus 
kredit-moliya 
tashkilotlari emas, balki tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish xamda 
sotish bilan shug’ullanuvchi turli xuquqiy shaxslar ishtirok qiladi; 
2. Tijorat krediti fakatgina tovar shaklida beriladi; 
3. Tijorat kreditida ssuda kapitali, sanoat va savdo kapitali bilan 
integratsiyalashgan xolda xarakat qiladi. Bu bozor iktisodiyoti 
sharoitda turli ixtisosdagi va faoliyat yo`nalishdagi korxonalarni o`z 
ichiga oluvchi xolding, moliyaviy kompaniyalarning vujudga 
kelishida o`z amaliy aksini topadi; 


176 
4. Berilgan vaqt oralig’ida tijorat kreditining o`rtacha qiymati 
bank foiziiing o`rtacha stavkasidan doimo kichik bo`ladi; 
5.Qarz beruvchi va qarz oluvchi o`rtasidagi shartnoma 
rasmiylashtirilganda tijorat krediti bo`yicha tulov (foiz stavkasi) 
aloxida aniqlanmaydi. Foiz to`lovi tovar baxosiga qo`shilgan xolda 
rasmiylashtiriladi. 
Iktisodiyotda 
keng 
tarqalgan 
kredit 
munosabatlarining 
shakllaridan biridir. Uning ob`ekti pul mablag’larini bevosita ssudaga 
berish jarayoni xisoblanadi. Bank kreditini beruvchi kredit 
muassasalari kreditlash jarayonini amalga oshirish uchun Markaziy 
bankdan maxsus litsenziya (ruxsatnoma) olgan bo`lishlari zarur. Qarz 
oluvchi sifatida xuquqiy shaxslar, axoli, davlat, xorijiy davlat 
mijozlari ishtirok kilishlari mumkin. Kredit munosabatlarining 
vositasi bo`lib, kredit shartnoma yoki kredit kelishuvi xisoblanadi. Bu 
kredit turi bo`yicha olinadigan daromad yoki stavka tomonlar bilan 
kelishiladi va bank foizi yoki ssuda foizi kurinishida bo`ladi. 
Jahon amaliyotida bank kreditidan foydalanishda uning turli xil 
xususiyatlari xisobga olinadi. 
Qiska muddatli bank kreditlari qarz oluvchi korxonaning xo`jalik 
faoliyatida aylanma mablag’lar etishmovchiligini to`ldirish uchun 
qo`llaniladi. Bozor iktisodiyoti tamoyillariga mos keluvchi bunday 
jarayonning bo`lishi ssuda kapitali bozorida mustakil segment pul 
bozorining yuzaga kelishiga olib keladi. Qisqa muddatli kreditlar fond 
bozorida, savdo va xizmatlar ko`rsatishda, banklararo kreditlash 
rejimida ko`proq qo`llaniladi. 
Xozirgi sharoitda qisqa muddatli kreditlar quyidagi ko`rsatkichlar 
bilan xarakterlanadi: 
• kreditlarning juda qisqa muddatlarga (ba’zida bir oygacha 
muddatga) berilishi; 
• kreditning muddati va foiz stavkasining bir biriga teskari 
proportsional ( kreditning muddati juda qisqa bo`lsada, foiz stavkasi 
juda yukori ) bo`lishi; 
• ishlab chiqarish soasidan ko`proq muomala soxasiga xizmat 
ko`rsatish; 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin