4.3. Pullarga bo`lgan talab va pullar taklifi. Pul muomalasi
tushunchasi. Pul muomalasi qonunlaridan kelib chiqadigan
talablar.
Davlatning pul aylanishiga ko`plab omillar ta`sir ko`rsatadi. Pul
aylanishi tuzilmasi turli belgilar bo`yicha belgilanadi:
1) unda pullarning faoliyat yuritishi shakliga qarab. Ushbu
belgiga qarab naqd pulsiz va naqd pullik pul aylanishini ajratish
mumkin, chunki barcha pul belgilari u yoki boshqa shaklga ega
bo`ladi;
75
2) ushbu pul aylanishi xizmat ko`rsatadigan munosabatlar tusiga
qarab. Bu erda pul-hisob-kitob aylanishi, pul-kredit aylanishi, pul-
moliya aylanishi ajratib ko`rsatiladi;
3) pul mablag’larining harakati yuz beradigan sub`ektlarga qarab.
Ushbu tasnif bo`yicha quyidagilar ajratib ko`rsatiladi: pul
mablag’larining yuridik shaxslar o`rtasida banklararo, banklarda
aylanishi, yuridik va jismoniy shaxslar o`rtasidagi aylanish va,
nihoyat, pul mablag’larining faqat jismoniy shaxslar o`rtasidagi
aylanishi.
SHunga tegishlicha, iqtisodiyotda qo`llaniladigan pul aylanishi
hajmiga ta`sir qiladigan omillarning muayyan guruhini ham ajratish
mumkin. Barcha omillarni siyosiy, iqtisodiy va texnik omillarga
ajratish mumkin. Tabiiyki, pul aylanishi tuzilmasini shakllantirishning
iqtisodiy omillari asosiy ahamiyatga va bevosita ta`sir kuchiga ega
bo`ladi. Bunday omillarga iqtisodiyotda ishlatiladigan pullar turlari,
pul muomalasi tezligi, tovar aylanishi miqdori va shu kabilar kiradi.
Binobarin, mavjud pul aylanishi miqdorlarini vujudga keladigan
ehtiyojlarga muvofiq o`zgartirishga yoki pul aylanishining mavjud
hajmlarini tovar aylanishining real ehtiyojlariga muvofiqlashtirishga
faqat iqtisodiy uslublar vositasida pul aylanishi hajmiga ta`sir
ko`rsatadigan ushbu omillar orqali ta`sir qilish mumkin.
Iqtisodiyotda faoliyat yuritadigan, faqat hukumatning ehtiyojlari
bilan bog’liq bo`lgan va iqtisodiyotning ehtiyojlaridan mustaqil pul
mablag’lari miqdoridagi o`zgarishlar siyosiy omillar hisoblanadi.
Texnik omillar pul aylanishi tuzilishi va hajmiga faqat bilvosita
ta`sir ko`rsatadi, lekin shunga qaramasdan, ularni hisobga olish zarur.
Bunday omillarga u yoki boshqa hisob-kitobni o`tkazish uchun talab
etiladigan vaqtni kamaytirish yoki hisob-kitobning o`zini amalga
oshirishga imkon beradigan hisob-kitoblarning texnik vositalari kiradi.
Masalan, bank plastik kartalariga xizmat ko`rsatuvchi texnik
vositalarning keng ommalashganligi aholi o`rtasida ushbu to`lov
vositasining ommalashuviga va, binobarin, naqd pulsiz pul
mablag’larining qo`llanilishining oshishiga olib keladi. Naqd pulsiz
pul
mablag’lari qo`llanilishi chastotasining ko`payishi pul
muomalasining umumiy tarkibida naqd pullarning kamayishiga va
davlatning pul aylanishini tartibga solish asosiy uslublarining
o`zgarishiga olib keladi.
76
Pul muomalasi – bu pullarning mamlakatning ichki iqtisodiy
aylanishi,
tashqi
iqtisodiy
aloqalar
tizimidagi,
tovarlar
va
xizmatlarning sotilishiga, shuningdek, uy xo`jaligidagi tovarsiz
to`lovlarga xizmat ko`rsatadigan naqd pullik va naqd pulsiz
shakllardagi harakatidir. Tovar ishlab chiqarish pul muomalasining
ob`ektiv negizi bo`lib, undagi tovar olami tovarlarning ikki turiga:
tovarlarning o`ziga va tovar-pullarga bo`linadi. Naqd pullik va naqd
pulsiz shakllardagi pullar yordamida tovarlar, shuningdek, ssuda va
fiktiv kapitallarning muomalasi jarayoni amalga oshiriladi.
Shunday qilib, pul muomalasi jarayonlaridan pul aylanishi
tushunchasini ajratib olish mumkin.
Pul aylanishi - naqd pullik va naqd pulsiz shakllardagi pul
belgilarining uzluksiz harakat jarayonidir. Qiymatning o`zidan
ajralganlik hozirgi pul aylanishining o`ziga xos xususiyati hisoblanadi.
Boshqacha aytganda, hozirgi pul aylanishi metall pullar muomalasi
sharoitidagi kabi qiymatli emas, chunki pul belgisining qiymati
nominaldan ancha kam va uning ahamiyati bo`lmasligi mumkin.
Pul aylanishi pul mablag’lari harakatining muayyan yo`llaridan
tarkib topadi:
1. Mablag’larning markaziy bank bilan tijorat banklari o`rtasidagi
harakati. Bunday harakat pul mablag’lari emissiyasi jarayonlari va
tijorat banklari mablag’larining ¤zbekiston Respublikasi Markaziy
bankining majburiy zaxiralash fondiga ko`chirilishi bilan bog’liq.
Tijorat banklarining kreditlash jarayonlari munosabati bilan pul
mablag’larining ko`chirilishini ham shunga kiritish mumkin;
2. Pul mablag’larining tijorat banklari o`rtasidagi harakati. Bu
holda ushbu banklarning mijozlariga xizmat ko`rsatish bilan bog’liq
pul ko`chirishlar yoki tijorat banklarining o`zaro kreditlashlari nazarda
tutiladi;
3. Firmalar va tashkilotlar o`rtasidagi harakat. Pul mablag’larining
ushbu iqtisodiy sub`ektlar o`rtasidagi harakati tovarlar aylanishi va
bunday tovarlar aylanishidagi, shuningdek, o`zaro talablarni hisobga
olishdagi haq to`lash jarayonlari bilan bog’liq;
4. Banklar, firmalar va tashkilotlar o`rtasidagi harakat. Pul
mablag’larining ushbu sub`ektlar o`rtasidagi harakati asosan
kreditlash va qarz majburiyatlarini hisobga olish operatsiyalari,
shuningdek, pul mablag’larini saqlash va ko`chirishga doir
operatsiyalar bilan bog’liq;
77
5. Banklar va aholi o`rtasidagi harakat. Pul mablag’lari
iste`molchilik kreditini berish va pul mablag’larining aholining
daromadlarini saqlash va ko`paytirish maqsadlaridagi harakatiga doir
faol jarayon sababli ko`chiriladi;
6. Firmalar, tashkilotlar va aholi o`rtasidagi harakat. Pullar
harakatining bu yo`li mablag’larning tovar aylanishi operatsiyalariga
haq to`lash va uy xo`jaliklarining xodimlar mehnatiga haq to`lashi
munosabati bilan ko`chib yurishidan iborat bo`ladi;
7. Banklar va moliya institutlari o`rtasidagi harakat. Pul
mablag’larining ushbu iqtisodiy munosabatlar sub`ektlari o`rtasidagi
harakati o`zaro kreditlash operatsiyalari va iqtisodiy foyda olishga
yoki
uchinchi
sub`ektlarning
muayyan
operatsiyalarini
rasmiylashtirishga yordam beruvchi boshqa moliyaviy harakatlar
doirasida amalga oshiriladi;
8. Moliya institutlari va aholi o`rtasidagi harakat. Pul
mablag’larining bu holdagi harakati aholining, odatda, o`z
daromadlarini
ko`paytirish
maqsadida
muayyan
moliya
operatsiyalarini bajarishi bilan bog’liq;
9. Jismoniy shaxslar o`rtasidagi harakat. Pul mablag’lari
harakatining bu yo`li eng sezilmaydigan, lekin pul mablag’larining
qayta taqsimlanishi tizimidagi eng muhim yo`llardan biri hisoblanadi,
chunki u mablag’larning aholi o`rtasida ko`chib yurishidan iborat.
Odatda, bunday ko`chib yurishning maqsadi maishiy masalalarni hal
etish va o`z oilasi a`zolari farovonligining muayyan darajasini tutib
turishdir.
Dostları ilə paylaş: |