Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/179
tarix28.11.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#166798
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

Bimetallizm 
Bimetallizm - pul tizimida umumiy ekvivalent rolini metall 
(ko’pincha oltin va kumush) bajargan, bu tizimda ikkala metalldan 
ham tangalarning erkin muomalaga chiqarilishi va ularning cheksiz 
almashishiga amal qilingan. Parallel valyuta tizimida ikki metall 
qiymati stixiyali, metallning bozor bahosiga munosib tarzda 
belgilangan. Bu pul tizimida davlat metallar orasidagi mutanosiblikni 


87 
o’rnatib qo’ygan. Oltin va kumush tangalarning chiqarilishi va 
ularning aholi tomonidan qabul qilinishi ana shu mutanosiblikka 
muvofiq amalga oshirilgan. 
Bimetallizm XVI-XVII asrlarda keng tarqalgan bo’lib G’arbiy 
Yevropaning qator mamlakatlariga esa XIX asrgacha yetib kelgan. 
1865 yili Fratsiya, Belgiya, Shveytsariya va Italiya mamlakatlari 
bimetallizmni xalqaro sulh - Lotin tanga Ittifoqi yordamida saqlab 
qolishga urinishgan. Tuzilgan konvensiyada ikkala metalldan ham 5 
frank va undan yuqori qiymatli tangalarni chiqarish, oltin va kumush 
o’rtasida 1:15,5 qiymat mutanosibligini o’rnatish shartlari ko’zda 
tutilgan. 
Biroq, bimetallik pul tizimining qo’llanilishi rivojlangan 
kapitalistik xo’jalik ehtiyojlariga mos kelmasdi, chunki qiymat 
o’lchovi sifatida bir vaqtning o’zida ikki metall - oltin va kumushning 
qo`llanilishi pulning ushbu funksiyasi tabiatiga to`g’ri kelmagan. 
Umumiy qiymat o`lchovi bo’lib faqat birgina tovar xizmat qilishi 
mumkin. Bundan tashqari ikki metall orasidagi davlat tomonidan 
o`rnatiladigan nisbat ularning bozor narxiga to`g’ri kelmas edi. XIX 
asr oxirida kumush ishlab chiqarishning arzonlashishi va uning qadrini 
yo`kotishi natijasida oltin tangalar muomaladan xazinaga keta 
boshladi. Bunda Kopernik-Greshemning qonuni yuzaga chiqqan, ya`ni 
yomon pullar muomaladan yaxshilarini chiqarib tashlagan. Kapitalizm 
taraqqiyoti mustahkam pul, yagona umumiy ekvivalent bo`lishni talab 
qildi, shuning uchun bimetallizm o`z o`rnini monometallizmga 
bo`shatib berdi.
Metall pul belgilarining muomalasi tizimida bimetallizm davri va 
monometallizm davri farqlanadi. Bunday holda bimetallizm iqtisodiy 
jarayonlarda ikkita asl metallarning bir vaqtda foydalanishi bilan 
tavsiflanadi, monometallizm esa umumiy ekvivalent sifatida bir 
metallga o`tishni anglatadi. Bunda bimetallizm holatida quyidagicha 
xillar ajratib ko`rsatiladi: 
1) parallel valyuta tizimi – oltin bilan kumush o`rtasidagi o`zaro 
nisbat bozorda stixiyali ravishda belgilanadi; 
2) qo`shaloq valyuta tizimi – ikki metall o`rtasidagi o`zaro nisbat 
davlat tomonidan ushbu metallarga bo`lgan talabga, shuningdek, 
ushbu davlatdagi iqtisodiy va siyosiy vaziyatga qarab belgilanadi; 
3) nuqsonli valyuta tizimi – metallar iqtisodiy tizimda mavjud 
bo`ladiyu, lekin teng huquqlarga ega bo`lmaydi. Odatda, davlat 


88 
kumush valyutaning zarb qilinishi va foydalanishiga cheklashlar 
kiritadi. 
Faqat 
bir 
metallning 
amal 
qilishi 
tizimi 
sifatidagi 
monometallizmda ham ayrim o`zgarishlar yuz berdi: 
1) oltin tangali standart – to`laqonli oltin valyutaning amal qilishi, 
unda tovarlarning qiymati ham ushbu valyuta bilan hisoblanadi; 
2) oltin yombili standart – oltin muomalada bulmaydi, lekin unga 
katta miqdorlardagi (yombi miqdorida) almashinish amalga oshiriladi; 
3) oltin valyutali (oltin devizli) standart – pullarning almashinishi 
faqat oltin yombili standartli mamlakatlarning valyutalariga amalga 
oshiriladi. 
Monometalizm - bu pul tizimida yagona metall (oltin yoki 
kumush) umumiy ekvivalent va pul muomalasining asosi bo`lib 
xizmat qiladi. Amal qilayotgan tanga va boshqa qiymat belgilari 
qimmatbaxo metallar almashiniladi. 
Kumush monometalizmi Rossiyada 1843-1852 yillarda, 
Gollandiyada 1847-1875 yy. da mavjud bulgan. 
Chor Rossiyada kumush monometallizmi tizimi 1839-1843 
yillarda o`tkazilgan pul islohoti natijasida qabul qilingan. Pul birligi 
kumush rubli bo`lgan. Keyinchalik muomalaga kredit biletlari ham 
chiqarilgan, ular kumush tanga bilan teng muomalada qatnashgan va 
erkin tarzda metallga almashtirilgan. Lekin bu islohot so’nayotgan 
krepostnoylik tizimi davlat byudjeti va tashqi savdo balansi taqchiligi 
sharoitida pul muomalasini uzoqroq muddatga tartibga sola olmagan. 
1853-1856 yillardagi Krim urushi ko`p miqdorda qo`shimcha kredit 
pullar emissiyasini talab qildi va natijada ular qog’oz pulga aylanib 
qoldi. 
Ilk bor oltin monometalizmi (standart) pul tizimi sifatida Buyuk 
Britaniyada XVIII asr oxirida qaror topgan va qonun bilan 1816 yilda 
tasdiqlangan. Ko`pchilik boshqa davlatlarda u XIX asrning oxirlarida 
joriy qilingan: germaniyada - 1871-1873 yilda, Shvetsiya, Norvegiya, 
Daniyada - 1873 yilda, Frantsiyada - 1876-1878 yilda, Avstriyada - 
1892 yilda, Rossiyada Yaponiyada - 1897 yilda, AQSHda - 1900 
yilda. 
Oltin tanga standarti kapitalizmning erkin raqobatiga juda mos 
kelgan, ishlab chiqarish, kredit tizimi, jahon savdo kapitali kelib 
chiqishining rivojlanishiga yordam bergan.


89 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin