142
-milliy iqtisodiyotni sog’lomlashtirish, investitsiya faoliyatining
tushib ketishini bartaraf etish va iqtisodiy rivojlanishning oqilona
darajasini ta`minlash;
-
raqobatbardosh, yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil
etish va uni rivojlantirish maqsadida davlat strategiyasini ishlab
chiqish hamda uni amalga oshirish;
- xalq iste`mol tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda
ishlab chiqarish fondlarining tarkibini o`zgartirish va unda zamonaviy
texnika hamda texnologiyalarni
joriy etish;
-tijorat
banklarining
investitsiya
va
kredit
faoliyatini
rag’batlantirish;
- soliq tizimini takomillashtirish va ushbu yo`nalishda asosiy
e`tiborni soliqlarning rag’batlantiruvchi funktsiyasiga qaratish;
- davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
qo`llab-quvvatlash;
- mamlakat ichida mahsulotlar, valyuta, kredit er, ko`chmas
mulk, mehnat va qimmatli qog’ozlarining
yagona bozorini
shakllantirish hamda uni rivojlantirish;
- pul-kredit siyosatini iqtisodiyotnign rivojlanishi holatiga
asosan o`zgartirib turish;
- tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va mahsulotlar,
ishlar, xizmatlarni eksport qilishni rag’batlantirish;
- erkin bozor baholarini saqlagan holda daromadlar,
xarajatlar
va narx-navoni davlat tomonidan tartibga solish va uni nazorat qilish;
- davlat byudjet taqchilligini noinflyatsion yo`llar bilan
qisqartirish;
- davlatning strategik oltin-valyuta zahiralarini chuqur tahlil
etish va ulardan oqilona foydalanishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: