1.2. Adibning hayot va ijod olamiga bir nazar Zamonaviy o'zbek nasrining zabardast vakillaridan bin Shukur Fayzullo o'g'li Xolmirzayev 1940-yil 24-martda Surxondaryo viloyati Boysun tumanida dunyoga keladi. Otasi asli Bulung'urlik boiib, 1937-1938-yillarda Boysunga ketishga majbur bo'lgan. Shukur Boysundagi o'rta maktabni tugatib, 1957-1962-yillarda ToshDUning filologiya fakultetida o'qiydi. Shundan so'ng u Toshkentdagi bir qator nashriyot, gazeta va jurnallarda mehnat qiladi. Shukur Xolmirzayev buyuk aktyor Shukur Burhonov rahbarligida tashkil etilgan to'garakda Gamlet rolini o'ynagan, Ofeliya rolini o'ynagan Saida ismli qizga uylangan. Adib Shukur Burhonov haqida hujjatli esse, Matyoqub Qo'shjonov haqida "U ustoz — men shogird" nomli hujjatli esse- xotira qissa yozgan. Adibning birinchi qissasi «Oq otli» (1962) deb, birinchi hikoyasi «Xatarli so'qmoqda» deb nomlangan. Uning ilk qissasi «Oq otli» tog’ bolalari hayotidan hikoya qiladi.
Shukur Xolmirzayev yozuvchilar uyushmasining «Oubek» mukofoti, Hamza nomidagi O'zbekiston Davlat mukofoti sovrindori, Termiziy mukofoti laureati, O'zbekiston xalq yozuvchisi, (1991). “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi bo`lgan edi.
Asarlari: "Tog'lar orasida" (uning kitob holidagi nomi "Oq otli", 1962, birinchi qissasi), "To'lqinlar" (uning kitob holidagi nomi "Bukri tol", 1963. Bu qissani Sh.Xolmirzayev talabalik yillari yozgan va u Abdulla Qahhorning tabrigiga sazovor bo'lgan. Unda muallif muhit va sharoit tasviriga yetarlicha e'tibor bermagan), "O'n sakkizga kirmagan kim bor?" (1964, «yoshlar haqida qissa» deb ta'riflangan), "Bulut to'sgan oy" (1997) kabi qissalari, "So'nggi bekat" (1976, adibning roman janridagi dastlabki asari), "Qil ko'prik", "Yo'lovchi" (1987), "Olabo'ji" (1991), "Dinozavr" (1996, asar qahramonlari: Mahkam, Jamoliddin, Shaxlo, Abzal, Toirovva boshq.) kabi romanlari, "Yovvoyi gul", "Bahor o'tdi", "Bitiktosh", "Yashil "Niva"", "Ozodlik", "Hayotabadiy", "Og'ir tosh ko'chsa", "Ustoz", "Ko'k dengiz", "Tabassum" (1984), "Bodom qishda gulladi" (1985), "Shudring tushgan bedazor", "Qadimda bo'lgan ekan", "Quyoshku falakda kezib yuribdi" (bu hikoya ma'lum ma'noda «Dinozavr» asari eskizidir), "Navroz, navro'z" (asar qahramonlari: Sulton, Obid Odiljonovich, Joniqul Jondorov), "Xumor" (hikoyada bir millat, bir mamlakatning ma'lum bir bosqichdagi fojiasi kichik bir qahramon timsolida o'z xarakterini o'zi ochish yo'sinida yoritilgan), "Zov ostida adashuv" («Hayvonlarni, jonivorlarni o'z nomlari bilan atashmaydi, masalan, polvon — ayiq, arg'amchi — ilon, jondor — bo'ri» deyilgan) kabi hikoyalari, "Taqdir bashorati" (1968), "Yo'llar, yo'ldoshlar" (1973), "Yur, tog'larga ketamiz" (1976), "Cho'loq turna" (1978), "Tuproq ko'chalar" (1978), "Qush tili" (1982), "Qahramonning so'nggi kunlari" (1984), "Tog'larga qor tushdi" (1986), "Abdulla Nabi o'g'lining so'nggi kunlari" (1983), "Esiz, Eshniyoz" (1988) kabi hikoya va qissalari, "Qora kema", "0'zbeklar", "Qariya" (bu hikoyada bozor kunlarida jarchilik qilib mol egasidan cho'tal oladigan, sholi yetishtiruvchi koreyslarga qish kunlarida laqqa cho'g' yetkazib beradigan, pishiqchilik mahalida bozordagi qovun-tarvuz po 'choqlarini chelakka yig 'ib yuradigan" Qo 'ziboy chol obrazi berilgan) va boshq.
Shukur Xolmirzayevning ijodi o‘quvchilik yillaridan boshlandi.
Shukur Xolmirzayevning talabalikda yozilgan «To‘lqinlar» (1963) povesti zamondoshlarimizning murakkab taqdirini qalamga olinishi va o‘ziga xos mahorati bilan Abdulla Qahhorning e’tiborini tortgan va ulkan adib student Shukurga maktub bitib, uni qutlagan edi. Bu haqda yana to`xtalamiz.
Shukur Xolmirzaevning hikoyalarini o’qir ekamiz, qalbimizda qandaydir bir tuyg’u hukm suradi. Bu tuyg’u o’z yurtiga, tabiatiga muhabbat, qalbi pok, halol, o’z vijdoniga qilcha bo’lsa ham qarshi ish tutmaydigan odamlarning amal qilgan ishiga tasanno aytish hissidir.
Yozuvchining «O’n sakkizga kirmagan kim bor?» (1965), qissasi avlodlar qismatiga, aniqrogi o‘z avlodi — tengqurlari hayotiga bag‘ishlangan bo‘lib, voqelik ilk muhabbat iztiroblari tarixida tasvirlanadi.
Muallifning keyingi ijodi — «Olis yulduzlar ostida» «Hayot abadiy», «Og‘ir tosh ko‘chsa...» hikoyalar to‘plami, «So‘nggi bekat», «Qil ko‘prik» «Yo‘lovchi», «Olabo‘ji» romanlaridir.
Shukur Xolmirzayev ijodining alohida xususiyati shundaki, bu adib o‘zbek milliy hikoyachilik san’atini ustozi Abdulla Qahhordan keyin yangi, yuqori bosqichga ko‘tardi. Uning povest va romanlari hech qolishga sig‘mas, tesha tegmagan obraz, xarakterlarga boyligi bilan ajralib turadi.
San’atkor dramaturgiyaga qo‘l urib, «Qora kamar» asarida bosmachi tamg‘ali o‘zbek vatanparvarlarini ilk bor ulug‘ ozodlik, mustaqillik g‘oyasi uchun qahramonona kurash olib borgan fidoyi millatparvarlar qiyofasida haqqoniy badiiy aks ettirib berdi. Shukur Xolmirzayev asarlari turli tillarga tarjima qilingan.
Keyingi yillarda adibning «Bodom qishda gulladi» (1968), «So‘nmas olov» (1985)' «Toglarga qor tushdi» (1987) asarlari yaratildi. Yaqinda esa uning «Olabo‘ji» romani nashr etildi. U 1989 yilda Hamza nomidagi Davlat mukofotiga, 1991 yilda O’zbekiston xalq yozuvchisi unvoniga musharraf bo‘lgan.
Shukur Xolmirzayev o‘zbek adabiyoti taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelgan san’atkorlardan biri bo’lib qoladi. Adabiyotshunoslik adib ijodini o`rganishga e`tibor bilan qaradi. Uning hikoyalari, roman va qissalariga o`z vaqtida baho berdi, hozirgacha yozuvchi ijodi o`rganilib kelinmoqda. Masalan, adabiyotshunos olim U.Normatov SH.Xolmirzaev ijodiga to`xtalar ekan, “Dinozavr” romani mavzu-materiali, mazmun–mundarijasi jihatidan o`ta zamonaviy asarligini ochib beradi. Unda shu kunning nafasi ufurib turibdi, mamlakatdagi, jamiyatdagi tub burilish, bozor iqtisodiga o`tish jarayonida odamlar tabiati, ruhiyati, taqdirida, o`zaro munosabatlarida yuz berayotgan o`zgarish, evrilishlar qalamga olinadi, odamlarning shu kungi kayfiyati xuddi ko`zguga solib ko`rsatiladi. SHuni ta`kidlab aytish mumkinki, hozirgi tub burilish asosidagi odamlar ruhiyatidagi o`zgarishlar, ularning kayfiyati o`zbek adabiyotida birinchi marta “Dinozavr” orqali roman ko`zgusida o`z aksini topganligini tanqidchi U Normatov to`g’ri qayd etadi1. Ammo tanqidchi adibning boshqa asarlariga to`xtalmaydi. Adib va adabiyotshunos olim X. Do`stmuhammedovning "Hozirgi o`zbek hikoyachiligida badiiy tafakkurning yangilanishi"deb nomlangan nomzodlik dissertatsiyasida adibning hikoyanavislik mahorati o`rganilgan.
Adibning o`zi ham adabiy jarayonga o`z munosabatini bildirib borgan edi. Atoqli adib SHukur Xolmirzaevning zamonaviy o`zbek nasri, xususan, yoshlar prozasi muammolariga bag’ishlangan dastlabki munozaraga «Kechirasiz, janob Karpenter, vaqtim ziqroq» sarlavhali maqolasi2 turtki berdi. Unda bugungi nasrimizdagi etakchi an`anaviy realistik uslub bilan birga modern uslubida ham asarlar yaratilayotgani qayd etiladi. Muallif yosh yozuvchilarning qissa va hikoyalariga e`tiborini qaratadi. Realistik uslub imkoniyatlarini yuqori baholagan holda, «modern» uslubida yaratilayotgan asarlarga ham xolis baho berishga harakat qiladi. Jumladan, u yozuvchi SH.Hamroevning qissa va hikoyalari haqida gapirib, ular «...mening realistik usulimdan ming chaqirim narida, ko`proq xayolga, xayolning ham pinhoniy o`yinlariga qurilgan va daf`atan kishiga beo`xshov bo`lib tuyilsa-da, siz unga ishonasiz», – deb yozadi.
SH.Xolmirzaevning katta bahs-munozaraga turtki bergan maqolasi adabiy tanqid oldiga bir talay dolzarb masalalarni qo`ydi. YOshlar nasridagi «g’alati» tajribalarning ildizlari qaerda; nasrdagi yangilanishlarda adabiy ta`sir, taqlidning qanchalik «xizmati» bor; yangi nasr namunalariga qanday mezonlardan kelib chiqib yondashmoq lozim; modern uslubidagi asarlarda usul, til masalalariga yangicha yondashishning yo`llari qanday; ushbu yo`nalishdagi asarlar milliy voqelikka qanchalik mos yoki bu asarlar modernizmga xos universallik bilan uyg’unmi va hokazo. Ko`rinadiki, SH.Xolmirzaev nafaqat yozuvchi, balki adabiy jarayonni sergaklik bilan kuzatib, unga munosabat bildiradigan tanqidchi sifatida ham o`zining munosib o`rniga ega.