Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti


Jamoat arboblari haqidagi esselar



Yüklə 233,93 Kb.
səhifə16/28
tarix01.05.2023
ölçüsü233,93 Kb.
#105400
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28
YOZUVCHI ESSESIDA MAHORAT MASALASI (SH.XOLMIRZAEV IJODI MISOLIDA) (ZOYIROVA G)

Jamoat arboblari haqidagi esselar: "Arbob armoni" turkumidagi "O`ldirsa mard o`ldirsin", "Vasvasa", "Mahalliy patriot", "Saboqlardan biri", "Bu yo`llar-ko`p qadim yo`llar"; "Haqiqat bor ekanku!", "Vatanga xizmat beminnat bo`ladi";

  • Tarixiy-ijtimoiy mavzudagi esselar: "So`nmas o`t", "Oldi ortingga qara";

    4). Publitsistik esselar: "Jamiyatning maqsadi ya`ni mafkura bobida o`ylar", "Adabiyot o`ladimi?" va h.k.
    "Binafsha hidlang, amaki" muallifning eng yirik esselaridan sanaladi. Mazkur esse dastlab yozuvchi O`lmas Umarbekov haqida yozilgan. Bu ijodiy jarayon haqida SH. Xolmirzaev shunday yozadi: "Do`stimiz («marhum» deyishga til bormaydi), ajoyib yozuvchi, dilkash-dilrabo inosn, 60-yillarda adabiyotimizga kirib kelgan bir guruh iste`dodlarning jo`raboshisi bo`lgan, mehribon O`lmas Umarbekov haqida (o`zim ko`rgan-kechirgan-bilgan voqealar, uchrashuvlar, gurunglar asosida) bir kattagina esse yozgan edim.
    Tabiiy, Umarbekov bahonasida o`sha iste`dodlar haqida ham, umuman, 60-yillar avlodi to`g’risida, aniqrog’i, ularning shakllanish jarayoniga doir bildigimni-da, essega singdirganimni bilmay qolgandim"1. Adib e`tirof etganidek, 60-yillarda adabiyot maydoniga kirib kelgan bir guruh iste`dodli shaxslar haqida esse-xotira yozish g’oyasi yozuvchi ijdodida daf`atan yuz berdi. Darhaqiqat, "Binafsha hidlang, amaki" turkum esselari o`z-o`zidan davomiylikni taqozo etdi. Bu to`rtta esse — "Bi­nafsha hidlang, amaki" (O`.Umarbekov haqidagi), "Farg’ona yo`llarida" (U.Nazarov haqidagi), "Issiq jon" (SH.Xolmirzaev va A.Oripov haqidagi), "Binafsha hidlang, amaki" (B.Zokirov haqidagi) esselari birlashib, ularning barchasida O`lmas Umarbekov obrazi markaziy o`rinda turadi. Xotiralarning "Binafsha hidlang, amaki" deb atalishining ham o`ziga yarasha tarixi bor. Birinchi turkumda O`.Umarbekov bilan SH.Xolmirzaev o`rtasida "Gulchi qiz" hikoyasi xususida tanqidiy suhbat bo`lib o`tadi. Aynan shu suhbatdagi O`.Umarbekov qahramoni nutqidan olingan "Binafsha hidlang, amaki" jumlasi esse sarlavhasiga asos bo`lgan. SH.Xolmirzaev muallifga hikoyadagi lavhaning ishonarsiz chiqqanligini aytganida yozuvchi o`zining badiiy-estetik idealini yaratmoqchi bo`lganligini bildiradi. Darvoqe, binafsha ramziy ma`no tashigan. Hikoyada binafsha g’aflatda yotgan millatni uyg’otish, hushiga keltirish uchun bir vosita ramziy obraz hisoblanadi. Xuddi shu shartli simvolik obrazli jumladan SH.Xolmirzaev unumli foydalanib, 60-70-yillar avlodi haqida bitilgan xotiralarini "Binafsha hidlang, amaki" deb nomlaydi. Dastlab O`.Umarbekovning insoniy ijodkor sifatidagi qiyofasini kashf etishga bel bog’lagan hikoyanavis keyinroq Uchqun Nazarov, Botir Zokirov, O`tkir Hoshimov, Abdulla Oripov, Nizom Komilov, Turg’un Azizov, Mutal Burhonovlarning o`ziga xos tabiatini, xarakterini voqealar zamirida yanada tinikroq aks ettirdi.
    "Binafsha hidlang, amaki" turkum esselarida qahramonlarning o`zaro suhbati ma`lum bir soha doirasida, ya`ni ijod haqida kechadi. Aynan san`atning turfa turlari: kino, qo`shiqchilik, teatr san`ati xususida qahramonlar o`zaro bahslashadi. Ayrim kitobxonlar uchun asarda kechayotgan jarayonlar, voqealar zerikarli, tushunarsiz bo`lishi tabiiy. Biroq essenavis xotira-esseda millat g’ururini ko`tarishga bel bog’lagan ijod axdining nafaqat oddiy insoniy qiyofasini, shu bilan birga san`atkorona iztirobi, faqatgina o`sha shaxsga tegishli bo`lgan fojea va yuksalish- larni ochib bergan.
    essening kompozitsion kurilishiga e`tiborimizni qaratadigan bo`lsak, yozuvchining o`ziga xos uslubi ochiladi. O`lmas Umarbekovga bag’ishlangan esse­da voqealar Uchqun Nazarov hovlisida bir osh pishgunga qadar bo`lgan vaqt, yangi kitob nashri munosabati bilan tashkillashtirilgan ziyofat asarga asos qilib olingan.
    "Farg’ona yo`llarida" qismida vodiyga safar chog’idagi to`rtta ijodkor do`st: Uchqun Nazarov, O`tkir Hoshimov, Nizom Komilov va muallifning kechinmalari hikoya kilinadi. essega Uchqun Nazarov bilan SHukur Xolmirzaevning konflikten munosabatlari asos qilib olin­gan. SH.Xolmirzaev hikoyalaridagi singari xarakter yaratish uslubiga sodik qolib, "Farg’ona yo`llarida" essesida Uchqun Nazarovning injiq, kibrli, o`jar qiyofasini chizib bersa; o`zining tog’liklarga xos magrur, qat`iyatli, kuchli oriyatkashlik jihatlarini namoyon qiladi. "Farg’ona yo`llarida" essesida ilk bor uchrashganda o`z-o`zidan ikkita inson o`rtasida paydo bo`ladigan ichki antipatiya ta`sirida yuzaga keladigan dilxiraliklar Uchqun Nazarov va ijodkorlarni kutib oluvchi shaxe timsolida ishonarli hayotiy misollarda ko`rsatilgan. esseda bunday holat orqali Uchqun Nazarovning ran ko`tarmaydigan tabiatidagi o`jarlik aks ettiriladi. SHu bobda bugungi kunda mohir ustoz tarjimon Nizom Komilovning xarakter va dunyoqarashiga boshqa qismlardagiga qaraganda kengroq to`xtalgan. Birinchi bobda u kichik bir per­sonaj obraz sifatida ishtirok etadi. essening turkum sahifalarida Nizom Komilovning yuzaga chiqmay qolgan ijodiy iste`dodidan voqif bo`lamiz. Tug’ma iste`dodning o`rtamiyona darajada rivojlanmay qotib qolib ketganidan afsuslanasan kishi. "Farg’ona yo`llarida" qismida Nizom Komilovning kuvnoq tabiat ekanligi, hazil-mutoyibaga o`chligi namoyon bo`ladi va bu kitobxonni zavqlantiradi.
    Sh. Xolmirzayevning “Taqdir bashorati” essesining boshqalaridan farqi shuki, unda adibning o’zi bilan bog’liq biror bir epizod yo’q. Ya’ni esseda Sh. Xolmirzayev umuman ishtirok etmaydi. Ammo bu esse ham yozuvchi xayolini band etgan voqea-hodisalar haqida bo’lib, muallif ularni shoshmasdan, teran bayon etadi. Esseda Shukur Burhonovning teatr sahnasiga kirib kelishi, ijodiy izlanishlari va muvaffaqiyatlari yetarlicha yoritib berilgan. Essening bir necha o’rinlarida ramziylik ko’zga tashlanadi. Xususan, Sh. Xolmirzayev Shukur Burhonovning katta teatrga kirib kelishiga otasi qarshilik qilayotganini, uning o’zini esa teatr yoki o’qishni tanlashi kerakligini ramziy voqeylik bilan ifodalaydi. Ya’ni laylakning “tap-tap” qanot qoqib uchishni o’rganayotgani, shamolga qarshi chiqib bo’lsa-da, parvoz qilishga harakat qilayotganlik tasvirini chizadi. Siltanib tepaga ko’tarilib borayotgan laylak uchish qiyin bo’lsa-da, ortga qaytmaydi. Buni ko’rgach esa, Sh. Burhonov bir qarorga keladi. Xuddi laylak kabi qarshiliklarga qaramay qilishi kerak bo’lgan ishni qiladi. Adib Sh.Burhonovning ijodiy yo’li haqida gapirar ekan, taqdiriga san’at osmonida parvoz etish yozilganligini yana bir ramziy voqeylik bilan ta’kidlaydi. Buni Sh. Burhonov ijro etgan “Shoh Edip” asaridagi bosh obraz va shu xususida uning muxlislari bilan suhbat chog’ida aytgan so’zlari orqali ifodalaydi: “Bilmasdim, artistlik ham mening peshonamga yozilgan ekanmi…”
    Ushbu essening o’ziga xos jihatlaridan yana biri unda ota va farzand o’rtasidagi munosabat ham mohirona tasvirlangan. Agar Sh.Burhonov teatrni tanlasa, “oq qilaman” degan ota, u ijro etgan polni ko’rib, do’sti orqali o’g’lini uyga taklif qiladi. Esseda ota-o’g’il bilan bog’liq tafsilotlarni o’qir ekansiz, ko’z o’nggingizda o’ylovli, qattiqqo’l, salobatli, mehribon ota gavdalanadi. Uning o’g’liga “siz”lab murojaat etishi esa, qahramonimizning kelajagiga to’sqinlik qilgan esa-da, otaga nisbatan yomonroq xulosaga kelishimizga yo’l qo’ymaydi. Hatto bir o’rinda otasi o’g’li haqida uning o’z oldida “ Endi darbadar yurmasinlar, uylariga qaytsinlar”, - deydi. Muallif ota-o’g’il o’rtasidagi holatning yaxshilanganligini bildirish uchun boshqa hech qanday so’z keltirmaydi. Otasining shu so’zlaridan keyon Sh. Burhonov uyiga qaytib keladi.
    Sh.Xolmirzayev kasbdoshi Abror Hidoyatov bilan tengma-teng ijodiy kurashga bel bog’lagan Sh.Burhonovning o’ynagan rollarini shunchaki sanab o’tmaydi, balki, ularning har biriga daxldor sabab va oqibatlarigacha ko’rsatib beradi. Ya’ni Sh.Xolmirzayev Sh.Burhonovning hammaga ma’lum faoliyati ma’lumotlari bilan cheklanmay, uning oilasi, atrofidagi oliyjanob odamlar va qahramonining shaxsiy kechinmalari bilan ham o’rtoqlashadi. Bu esa essening badiiy quvvatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

    Birinchi bobga xulosa qilib aytganda, o`zbek adabiyotida yozuvchi essenavisligi taraqqiyot yo`liga kirganligi kuzatiladi. YOzuvchi essesi turli shakllarda rivojlanib bormoqda. SHu bilan birga o`zbek adabiyotshunosligida esse janriga oid ilmiy-nazariy qarashlar, tadqiqogtlar sharhi janrning nazariyasi ham shakllanib borayotganligini ko`rsatadi. esse yaratayotgan ijodkorlar orasida SH.Xolmirzaevning alohida o`rni borligi yaqqol ko`rinadi. essening turli xil shakllari orasida SH.Xolmirzaev ijodida sof belleteristik ijod namunalari ko`p uchraydi. Adibning hayot va ijod olamiga nazar tashlash orqali uning keng qirrali yozuvchi ekanligi yaqqol namoyon bo`ladi. Uning esselari turli mavzularda, turli insonlarga bag’ishlab yozilganligi bilan ajralib turadi.





    Yüklə 233,93 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin