YOZUVCHI ESSESIDA MAHORAT MASALASI (SH.XOLMIRZAEV IJODI MISOLIDA) (ZOYIROVA G)
O`lmas Umarbekov obrazi. Xotiralarning markaziy qahramoni O`lmas Umarbekov essening dastlabki sahifalaridan to oxirigacha 60-yillar avlodining boshini biriktiruvchi, do`stlari o`rtasida juda katta hurmat va e`tiborga ega muloyim tabiatli. o`ta madaniyatli shaxe sifatida tasvirlanadiYOzuvchi "Binafsha hidlang, amaki" essesida ko`shimcha izohlar, tafsilotlar, kuzatuv asosidagi mulohazalarga berilib ketmaydi. esseni yakunlaydi. U o`zining real turmush va ijodiy gurunglari tafeiloti va xarakterlarini uyushtirib beruvchi markaziy kahramoniga urg’u berib boradi: "Umarbekov oshni damlab, yuvinib-artinib keldi"(167-bet). Ziyofat tugagach, ijodkor do`stlar mashinalarga bo`linib ketishadi. SH.Xolmirzaev O`.Umarbekov mashinasida ketar ekan, o`zaro suhbat davom etadi. essenavis hikoyalariga xos sodda va jo`n jumla tuzish uslubini esselarida xam kuzatish mumkin. Xususan, yozuvchi O`.Umarbekov bilan mashinada ketishini bitta jumla bilan ifodalaydn: "Jo`nadik." SHu bilan birga muallif o`zining mashinadagi o`ylarini ham beradi. Bunday ruhny kechinmalar bayoni, erkin fikr-mulohazalar tavsifi 60-yillar avlo- dining millat uchun chekkan iztirobi yagona ekanligiga urg’u beruvchi vosita bo`lib xizmat etadi.
"Binafsha hidlang, amaki" essesining davomi "Avlod safida" qismida U.Nazarovning SH.Xolmirzaev uyiga tashrifi, uning mashinasida er-xotin Saida va SH.Xolmirzaevni radioga olib borishi, u erda asosiy qahramon O`.Umarbekov bilan uchrashuvi, yana ijodkor do`stlarning choyxonadagi gurung-suhbatlari xotiralar mag’zini tashkil qiladi. SH.Xolmirzaev qahramonini kashf etishda ayovsiz davom etadi, goh mulohaza. o`y-kechinmalar, xotira, kuzatuvlarini uzundan-uzoq bayonlarda beradi. Jumladan, xotira-mulohaza: "Bu mulohazaga tagin bir xotira - U.Nazarovning uyida O`.Umarbekovning osh pishirgani, hamda keyinchalik ham guvoh bo`ldimki, bunday o`tirishmalarda uning hech qachon qo`l qovushtirib turmasligini ilova qilishim mumkin"(174-bet). YOki O`.Umarbekov haqida yozuvchining kuzatuv-mulohazalari ham syujet chizigini tashkil qilgan: "Bu mulohazalarga tag’in bir - muhim kuzatishimni qo`shmasam bo`lmas: Umarbekov biznikidan boshqa, kazo- kazolarning davralarida ham qandoq o`tirishni yaxshi bilardi: lof emas, kezi kelganda, naq bek bo`lib ketardi". essenavis xotira-mulohaza, kuzatuv-mulohazalarini yakunlab, O`.Umarbekov haqida umumiy xulosa ham chiqaradi: '"Ana endi bu kuzatishu mulohazalarni yakunlasam shu bo`ladi: bu inson, bu adib, bu arbob - chin ma`noda o`zbekona, ayni chogda ovropacha madaniyatni o`ziniki kilib yuborgan va uning har bir xatti-harakati ana shu madaniyatlar omuxtasiga bo`ysunar edi'"(175-bet).