YOZUVCHI ESSESIDA MAHORAT MASALASI (SH.XOLMIRZAEV IJODI MISOLIDA) (ZOYIROVA G)
2.2. esselardagi obrazlar olami, muallifning obraz yaratish mahorati Adib qissalaridagi singari aksariyat hollarda esse qahramonlari ham Surxon kishilaridir. Jumladan, Oysha momo, Xayrulla ("Bir vujudda ikki jon"), Zoyir Mamajanov ("SHimol yog’dusi"), Mengziyo Safarov ("Oldi ortingga kara") singari esselarida tog’lik kishilarga xos qaysarfe`llik, jaydarilik, mardlik fazilatlari mujassam.
"Binafsha hidlang, amaki" turkum esselarida ilgari surilgan umumiy mushtarak g’oya - bu samimiy do`stlik mavzusining o`q chiziq singari o`tishidir. Bu turkumga kirgan xotira-esselarda bir-biriga yaqin Uchqun Nazarov, SHukur Xolmirzaev, O`tkir Hoshimov, Nizom Komilov, Turgun Azizov, Anvar Maqsudov, Abdulla Oripovlarning o`zaro do`stona munosabatlari haqida turli xil hayotiy, maishiy voqealar, ijodiy safar va gurunglar hikoya qilingan. Ammo ularning boshini biriktiruvchi, ularga bosh-qosh bo`lib turgan shaxs, shubhasiz, O`lmas Umarbekov edi. Bu obraz barcha turkum esselarda faol ishtirok etmasa-da, bu qahramon, albatta, essening echimida yoki tugunida ko`zga tashlanadi, muallif xotiralarida eslanadi. SHuning uchun ham SH.Xolmirzaev bu xotira-esselarni "O`.Umarbekov haqidagi esselar" deb ataydi. Bu esse-xotiralarda insonning yaxshi-yomon kunlarida "haqiqiy do`st, albatta, bir-biriga suyanchiq bo`lishi kerak" degan juda katta tarbiyaviy-ma`rifiy g’oyaga urgu beriladi.
SH.Xolmirzaev xotiralarida o`nga yaqin shaxslar harakati, holatini baravar ravishda kuzatib, har birining qilig’i, odati va holatini batafsil tasvirlash orkali takrorlanmas memuaristika iamunalarini yaratdi. YAna shuni ta`kidlash joizki, SH.Xolmirzaev fakat A.Qahhor, O`.Umarbekov, U.Nazarov, O`.Hoshimov, A.Oripov, M.Burhonov, B.Zokirov, M.Qo`shjonov, Ro`zi CHoriev, M.Safarovlar kabi mashhur kishilari haqidagiia emas; fermer, millioner o`zbek dexqoni (Qurbon Amirkulov), tadbirkorlar, jamoatchi shaxs (Alp Jamol), onasi (Oysha momo) haqida ham betakror esselar yaratdi. "SHukur aka ana shu shaxslar haqida maroq bilan, ehtiros bilan, yayrab-suyib yozdi. Ayni chog’da barcha esselarda yozuvchining "men"i - shaxsi ham "mana men" deb bo`y ko`rsatib turibdi. Tilga olingan har bir voqea-hodisada adibning sinchkov nigohi yaqqol seziladi. SHu ma’noda yozuvchi o`zining mukammal tarjimai holini ham yaratdiki, bu adabiyotimiz tarixida bir yangilik bo`ldi"1.
“San`atkorlarimizning ijodkorlar haqidagi esdalik-esselari keyingi paytlarda alohida bir yo`nalish kasb etdi. Qush tilini qush bilganidek, san`atkor tabiatini, ijodning ko`z ilg’amas o`ziga xos qirralarini hamkasblaridan bo`lak kimsa shunchalik nozik ilg’ashi va obrazli ifodalab berishi qiyin. SHu boisdan ham san`atkorlar haqida san`atkorlar bitgan sahifalar qalbiimizni nurli yog’dulari ila isitadi”2. SHu jihatdan qaraydigan bo`lsak, esse-xotirada U.Nazarov, O`.Umarbekov, F.Musajonov, A.Oripov, O`.Hoshimov singari shoir va yozuvchilar, kompozitor M.Burhonov, aktyor T. Azizov, milliy estrada asoschisi B.Zokirovlar ziyoli qatlam - yozuvchi, shoir, kompozitor, telemuhandis, rejissyor, aktyor singari san`at ahllari qahramon sifatida ishtirok etadi. Ularning ahvoli-ruhiyasi, adabiy hamkorligi, kechagi kunga va kelajakka munosabati batafsil hikoya qilinadi. Voqealar ishtirokchisi bevosita yozuvchining o`zi, u voqealarni ko`r-ko`rona hikoya kilmaydi. Har bir qahramonning botiniy va zohiriy olamini yozuvchi yangidan kashf etishga harakat qiladi. YOzuvchi ijodkor do`stlariiing bir-biriga munosabatini, jamiyat va adabiy hayot haqidagi fikrlarini xolis hikoya qiladi. O`lmas Umarbekovga bag’ishlangan esseda yozuvchining badiiy niyati 60-yillar avlodining fikri-zikri o`z millatini dunyoga tanitish, xalqining an`ana-qadriyatlarini e`zozlash, garchand mustamlaka sharoitida bo`lsa-da, millat g’ururi, or-nomusini himoya qilishga chog’langan avlodning sa`y-harakatlarini ko`rsatishdan iborat edi. essenavis shu niyatda ziyoli qatlamning uchrashuvlarini, suhbat- yigilishlarini, ijodiy safarlarini hikoya qiladi. Ularning o`zaro suhbatida mavjud jamiyatga nisbatan norozilik kayfiyati seziladi. Bu xususan, A.Oripovning "Bulbul" she`ri bilan bog’liq lavhada yanayam yaqqol ko`zga tashlanadi: ''Qarasam, bu ramziy (ayni chog’da realistik) she’r davra ishtirokchilarining lablariga istehzoli tabassum hadya etib, ularni bir-biriga ancha yaqinlashtirib qo`yibdi: go`yoki davrada "bulbullar" o`tirishibdi-yu, bir-birlarining ko`nglini izohsiz anglab turishibdi". SH.Xolmirzaev zamonaviy o`zbek ziyolisini diqqat bilan kuzatadi, ulardan kichkina bo`lsa-da, milliy fazilat izlaydi. CHunki sir emas, o`tgan asrning ikkinchi yarmiga kelib xalqimiz vakillari orasida yurish-turish va kiyinish, so`zlash va muomala madaniyatida ruslashish boshlangan, 60-70-yillarda esa bu "madaniylashish" avj pallasiga chiqqan edi.
Adib esselarida muallifning yillar davomida to`plagan tajribasi, badiiy adabiyotni qalbdan his etishi, intellektual darajasi, asarlari kabi samimiy qiyofasi ham aks etadi. Xarakteridagi uyatchanlik, oriyatlilik, to`porilik, andishalilik, qo`rslik kabi jihatlarni ham yashirib o`tirmay, kitobxonga bayon etadi. Bu “Farg’ona yo`llarida” essesida yorqinroq ko`zga tashlanadi. Unda ijodkor do`stlarning Farg’onaga dam olgani borgani va sayohat voqealari hikoya qilinadi. Do`stlarining ra`yini qaytarmaslik uchun pulsiz bo`lsa ham ular bilan yo`lga chiqqan SHukur Xolmirzaev safar chog’ida do`stlar o`rtasida bilinar-bilinmas nomutanosibliklar borligini sezadi va bu do`stlikni “samimiy emas” degan xulosaga keladi. Bu borada o`zining xayoliy kechinmalarini ham bayon etadi: “Nega bu odamning ra`yiga bunchalik qarash kerak? YOshi ulug’ligi uchunmi? Puli ko`pligidanmi? YO do`stlikning taomili shunday bo`ladimi, o`zi?.. “Do`stlik qandaydir tenglikni ham taqozo etmaydimi?”
Muallif qahramonlarning xarakterini o`rganishda ob`ektiv kuzatuvchi, ayrim o`rinlarda personaj obraz, keyingi so`nggi sahifalarda essenavisning o`zi bosh qahramon sifatida ko`rinish beradi. CHunonchi asar boshlanishida ob`ektiv kuzatuvchi Uchkun Nazarovga bag’ishlangan qismda anchagina faol qahramon darajasiga ko`tarilgan. SHartli ma`noda yozuvchining bevosita esseda ishtirokini quyidagicha formulada berishimiz mumkin: sof muallif -> muallif-hikoyachi -> muallif-personaj obraz -> muallif-bosh qahramon. Bu formula "Binafsha hidlang, amaki" essesida turli o`rinlarda turfa shaklda almashinib turadi.