II BOB.SH.XOLMIRZAEV – eSSENAVIS ADIB SIFATIDA
2.1.SH.Xolmirzaev esselarining mavzular olami.
Shukur Xolmirzaev ijodga munosabat borasida ham o’ziga xos yo’lni tutdi. Uning talqinicha, ijodkorlik - qismat, hayot kechirish vositasi emas, aksincha, yashashning shakli. “Yozuvchi kim?” degan savolga shunday javob yozadi: “ Rub`i maskundagi ming turfa qiliqli, ming bir tashvishli, ming-ming qiyofali odamlar orasida yana bir qurum bandai mo’minlar borki, ularning har biri ham o’zicha ayri shaxs bo’lsalar-da, mushtarak bir jihatlari bilan bir-birlariga o’xshaydilar va umumlashtirib aytganda, bitta vazifani bajaradilar: “bajaradi” deyish iddaoga, bahoga, hatto buyruqqa mengzab ketadi, yo’q: ular shu vazifani ado etishga mahkumlar, ularning qalbi-shuuri shuni hargiz talab etadi va bu vazifani ado etish - nafas olishdek bir holdirki, ular bu yo’ldan bir santim orqaga qaytolmaydilar”. Boshqa bir suhbatida u yozuvchilikni bulbulning sayrashiga o’xshatadi: “Bulbul nega sayraydi? “Biz uchun” deb o’rgatishgan bizga. Holbuki, u o’zi uchun - ya`ni sayrashi kerakligi uchun sayraydi: illo, sayramasa - o’ladi. Yozuvchilik ham - shu!”.
Faqat badiiy ijod doirasida qolib ketmasdan, adabiyotshunoslikka doir tadqiqotlarni ham tanqidiy ko’z bilan o’rgangan Sh.Xolmirzaevning bu boradagi qarashlari ham o’ziga xos. U o’rni kelganda adabiyotshunoslik, tanqidchi va olimlar, ularning adabiyotdagi maqomi xususida ham to’xtalib o’tadi. Adib fikricha, qo’liga qalam tutgan kishi ijod haqidagi ilmiy asoslardan xabardor bo’lishi shart. “SHofyor olam mashinaning mashinadan farqini, chavandoz yigit otning otdan farqini bilganidek, adib degani ham adabiyot ilmidan baholi qudrat xabardor bo’lishi kerak. Bu - aksioma” deb ta`kidlaydi u suhbatlardan birida. Masalan, adib Usmon Azim hikoyalarida yozgan so’zboshisida san`at asarlariga qo’yiladigan talablarga quyidagilarni kiritadi: mukammallik, tugallik, ruh birligi va xarakter. Xuddi shu o’rinda SHukur Xolmirzaev yana ta`kidlaydi: “Men bu yo’riqdayam o’z qanoatlarimga suyanaman!”.
So’zboshida muallifning ijodiy mehnatiga baho beriladi, asarlarining umrboqiylikka da`vosi sezilsa, bu ham izohlanadi: masalan, dunyoviy adabiyot durdonalari bilan qiyoslanishi mumkin. Qolaversa, muallifning muayyan janrga va u orqali milliy adabiyotga yoki adabiyotshugoslikka olib kirgan yangiligi, asarlarining ma`naviy qiymatini ham ochib berishga harakat qilinadi, shu mavzuda bahs yuritiladi. Shu jihatdan qaraganda, Sh.Xolmirzaev so’zboshilari mukammallik kasb etganini ko’rish mumkin.
Adib asarlarida ham dolzarb mavzuni qalamga olar ekan, bu bilan o’tmishda bo’lganidek, hozirgi ijtimoiy jarayonlarga shunchaki munosabat bildirish, nimanidir tasdiqlash, ulug’lash yoki nimanidir rad etish, qoralashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan emas; balki so’z san`atining asl tabiati, maqsadi, vazifasidan kelib chiqqan holda jamiyatdagi ana shu tub burilishi pallasida yuzaga chiqayotgan inson jumbog’i, aniqrog’i, inson tabiati, ruhiyatining turfa jilvalari, yangi qirralari, turli nag’malari, sir-sinoati bilan qiziqadi.
Butun asarlarida bo’lgani kabi, adabiy tanqidiy qarashlarida ham “jamiyat qitig’i”ga tegadigan o’tkir gaplarni aytish, jiddiy ijtimoiy-axloqiy muammolarni ko’tarish bilan e`tibor qozonish qiyin; inson qalbi, tabiati haqidagi haqiqatning yangi jihatlarini kashf etish yo’li bilangina hozirgi ma`rifatli, didli kitobxon ko’ngliga yo’l topish mumkin deb hisoblaydi.
Ilmiy-badiiy essenavislik taraqqiyotida ikki yo`nalish alohida ko`zga tashlanadi: birinchi yo`nalishdagi esseda san`atkorlarning hayot va voqelik haqidagi ma`naviy-axloqiy, ijtimoiy masalalar xususidagi fikr - o`ylari ustuvor bo`lsa; ikkinchi yo`nalishdagi esseda badiiy ijod masalalari, uning xalq hayotida, shaxsning har tomonlama garmonik rivojlanishida tutgan o`rni va roli, ijodiy biografiya xususidagi fikr-mulohazalar etakchi mavqeni tashkil etadi. Birinchi yo`nalishga, bizningcha, yozuvchi o`ylari, ikkinchi yo`nalishga adabiy-tanqidiy esse mansubdir. SH.Xolmirzaev ijodida ikki yo`nalishga oid esselar mavjudligi ko`rinadi.
SH.Xolmirzaev esselarida hayotiy, adabiy-axloqiy masalalar xususida bahs yuritilar ekan, ularni yagona bir kontseptsiya birlashtirib turadi. Bu – mazkur mavzular, masalalarga hayot va insoniy burch, ijodkor mas`uliyatidan kelib chiqib, yondoshish, falsafiy o`y-mulohazalarga berilish, xotiralar va ulardan muayyan ijtimoiy umumlashmalar chiqarishga intilishdir.
Adib esselarida hayot, tiriklik, zamondoshlarining qalb manzaralari haqidagi mushohadalarida yozuvchilik nigohi, dalillarni, voqea-hodisalarni shoirona idrok etish, estetik baholash etakchilik qiladi. Jamiyat hayotini, voqelikni, odamlar, yaqinlari taqdirini san`atkor “meni” orqali idrok etish va estetik baholash xususiyatlari ustuvorligi ko`rinadi esselarda.
SHuning uchun O`zbekiston xalq yozuvchisi SH.Xolmirzaevning o`zbek adabiyotida esse janrining rivojlanishida muhim o`rni bor. Uning ijodida essening turli xil yo`nalishlarini – badiiy, tarixiy, xotiraviy, publitsistik yo`sindagilarini ko`rish mumkin. Bu esselar turli mavzularda, turli insonlarga bag’ishlangan. “Qo`lingizdagi kitobni varaqlar ekansiz, SH.Burhonovning turli obrazlardagi qiyofasi, R.CHorievning bolalarcha, sodda qah-qah otib turishi, zavqlanib o`zi haqida so`zlashlari, odil akaning shaxs sifatida, adib sifatida haqiqatni himoya qilishlari, shuhrat akaning barvasta, bag’rikeng, g’amxo`r, mehribon chehrasi ko`z oldingizdan ketmay qoladi”1. "Binafsha hidlang, amaki!" essesida XX asr 60-yillar avlodining bir guruh adiblari, ziyolilari – O`.Umarbekov, A.Oripov, U Nazarov, B.Zokirov, T.Azizov, O`.Hoshimov, N.Komilovlarning o`zaro do`stlashuvi, ularning ijodga kirib kelishi, adabiyotga munosabati gavdalanadi. Bu esselarda , ijodkorlarning, xususan, SH.Xolmirzaevning adabiy qarashlari, o`sha davr adabiy jarayoniga munosabatlari ham keng tasvirlanadi. Ayniqsa, ularni birlashtirib turuvchi Adabiyot mavzusi kitobning qat-qatiga singdirib yuborilgani, o`quvchida badiiy adabiyotga, uning yaratuvchisi – yozuvchiga nisbatan mehr uyg’otishi jihatidan katta ahamiyatga ega.
Adib o`zining o`sha vaqtlarda dunyo adabiyoti bilan tanishayotganligini e`tirof etar ekan, o`zi yashagan davr adabiyo jarayoni, adabiyotning ahvoliga ham baho beradi: “ Holbuki, o`sha paytda bizning adabiyotimiz, jumladan, nasrimiz ham, nazmimiz ham sho`ro siyosatiga butkul bo`ysundirilgan, unga chap berib, biron-bir haqiqatni atygan adiblar ham bir kunmas-bir kun qo`lga tushishshar edi. Ikkinchidan, ana shu siyosat- mafkuraning biron joyda “etagini ochib ko`rsatgan” adib, shubhasiz, “qahramon” kabi sanalar, ardoqlanar ediki, uning ushbu asarini chop etgan noshiru muharrirlar ham tegishli mahkamalarda o`zlarini “bilmay qolgan” qilib ko`rsatishsa-da, ichlarida mamnun bo`lib yurishardi...
Bundan tashqari ( Umarbekov Uchqun Nazarovning uyida aytganidek) milliy qadriyatlarni ko`tarish, buning uchun o`tmishga (jumladan, o`tgan yillarda yozilib qolingan asarlarga ham) ochiq-xolis nigoh bilan qarash, pirovardi, o`tmish – o`zimizniki ekani, uning porloq sahifalarini ham teskari ma`noda o`qimoqda ekanimizni asta-sekin oshkor etish – har bir iymonli ziyolining pinhona dardi- vazifasi- burchi bo`lib borayotgan edi” (187-bet).
Qo`shiqchi B.Zokirovga bag’ishlangan esse "Binafsha hidlang, amaki!" turkum esselari orasida Botir Zokirovga bag’ishlangan esse-hikoya eng ta`sirchan yozilgan. Ma`lumki, turkumning birinchi qismida Botir Zokirov personaj obraz sifatida ishtirok etadi. U bir chekkada o`z xayollari bilan parishonxotir o`tiradi. Hatto kitobxon uning esseda ishtirokini ilg’amay ham qolishi mumkin. Faqatgina xayol dunyosidan uni o`zaro suhbatga jalb qilgan qahramonlar luqmasi orqaligina Botir Zokirovning ham borligi esga tushadi. SH.Xolmirzaev uning xayolchan tabiatini quyidagi satrlarda shunday ifodalaydi: "... u kishi qandaydir parishonhol ko`rinar, hamsuhbatining gapini tinglamayotganga o`xshar, illo nuqul nari-beriga qandaydir nuqtalarga qarar-tikilar, ammo aftidan suhbatdoshining deylik, so`roqlariga aniq-aniq javoblar qaytarardi"(153-bet).
Essenavis esse- xotiralarida kuzatganimizdek, aksariyat xotiralar ekspozitsiyasi kutilmagan tashrif, favkulodda tadorik yoki kul’minatsion nuqta bilan boshlanadi. CHunonchi, Botir Zokirov haqidagi esse xonandaning vafoti haqidagi yarim tundagi telefon qo`ngirog’idan boshlanadi. Demak, esse to`g’ridan-to`gri echim bilan boshlangan. Bemahal telefon qo`ng’irogi asarga fojeiy tus, ohang bergan. Xususan: "Telefon jiringlashidan uyg’onib ketdim... soatga karab oldim. To`rt yarim... Tabiiy jahlim chiqqan: kim u - shunday paytda bezovta qilgan? Qishloqdan bo`lsaydi: tiichlik bo`lsin-da...". Albatta, kitobxon bunday favqulodda bir holatga duch kelib, vokeaning davomiga qiziqib koladi. Bu fojianing mashxur xonandaning oila a`zolariga, qolaversa do`stlariga ta`siri- ni bilishga qiziqish paydo bo`ladi. SH.Xolmirzaev esse janrining xolislik va haqqoniylik printsipiga binoan Botir Zokirovning sevgan ayollari haqida ham oshkora hikoya qiladi. Xotira-esseda xonandaning tugma noyob qobiliyati bilan jismoniy dardi ham yozuvchi tomonidan e`tirof etiladi. Og’ir qismatga qaramasdan o`zida yashashga kuch, matonat, iroda topa olgan qahramonning saboq bo`lishga arzigulik hayoti kitobxonni larzaga soladi.
Essening "Issiq jon" qismida esa ikkita voqea hikoya etilgan. Har ikkisi ham kasalxona bilan bog’liq aniq voqealar zamiriga qurilgan. Birinchisi, SH.Xolmirzaevning kasalxonaga tushishi va do`stlar tashrifi, ikkinchisi, Abdulla Oripovning kasalxonaga tushishi va do`stlar tashrifi bilan bog’lik. Ijodkorlar bir-biriga kinoyali, obrazli gap-so`zlar bilan murojaat etishadi. Ayniqsa, quyidagi suhbatda metonimik ko`chim orkali ijodkorlariiig kosa tagiga nimkosa tarzida hazillashishi yorkin ifodalarda berilgan:
- "Odamlar" kutishyapti. "Sevgim-sevgilim" deb kelipti biri. "Yo`lchivoy" adashib qolgan ekan, o`zim boshlab keldim! Pad’yom"(202-bet)
"Odamlar" deyilganda shu asar muallifi Uchqun Nazarov, "Sevgim-sevgilim" deyilganda muallifi O`lmas Umarbekov. "Yo`lchi" deyilganda shu rolni ijro etgan aktyor Turg’un Azizov nazarda tutilgan. Xotiralarda ularning yaqin do`sti bo`lgan tabib-vrach Anvar Maksudov ham ishtirok etadi.
SHukur Xolmirzaevning essechilikdagi izlanishlarida rassom Ro`zi CHoriev haqidagi esse ham alohida o`ringa ega. SHu o`rinda adabiyotshunoslikda rassom va yozuvchi-shoirning do`stona ijodiy munosabatlari va muloqotlariii ilmiy tadqiq etish e`tiborga molik masala ekailigiii aytib o`tish lozim. CHunki adabiyot tarixidan ma`lum, Alisher Navoiy va Behzod, G’.G’ulom va bir talay rassom va haykaltaroshlar, shuningdek SH.Xolmirzaev va R.CHorievlarning ijodiy munosabatlari, badiiy ijod psixologiyasini o`rganishda falsafa, psixologiya, adabiy jarayon fanlari uchun ham kapa manba bo`lib, fikr yuritish uchun keng imkoniyatlar beradi.
SH.Xolmirzaevning "Bir oqshom suhbati yoki do`stim Ro`zi CHoriev" essesi rassomning ellik yoshga to`lishi munosabati bilan yozilgan. esse-xotira kutilmagan tashrif bilan boshlanadi, yozuvchi do`stining tug’ilgan kuni munosabati bilan rassom ustaxonasiga boradi. esse- xotira rassom va adib o`rtasida kechgan muloqotdan iborat. Ifoda tabiatiga ko`ra mazkur esse-xotirani dialog-esse deyish mumkin. SH.Xolmirzaev esselariga xos etakchi uslubiy ko`rinish shundan iboratki, u qahramonlarni so`zlatib ko`yib, ruhiyatini, ichki dunyosini ochishga intiladi. essenavis suhbat jarayonida onda-sonda luqma tashlab turadi, savollar beradi. Ro`zi CHorievning nutqi g’aliz chiqqandek, hiyla to`mtoqdek tuyuladi. Lekin yozuvchi bu bilan suhbatning tabiiyligini saqlab qolish, yana muhimi, rassomning "g’adur-budur" nutqi, gapirish tarzini ko`rsatish bilan barobar fe`l-atvorini — rassomlik nigohini zohir etadi. Suratlari, polotnolari uchun bo`yoqlar, ranglar tanlashdan oldin voqelik ranglarini, qanchalik nozik fasohat bilan tanlashini namoyon etadi. Ana shu to`pori ifoda yo`sini asarning badiiy saviyasiga putur etkazgandek tuyulishi mumkin. Bu zohiriy taassurot aslida, esseda suhbat o`rnining, ustaxonaning tanlanishida ham ramziy ma`no bor. Rassom ustaxonasi, jihozlari, turli xil polotno va kartinalar tasviri asar tabiiyligini ta`minlagan.
SHukur Xolmirzaevning essechilikdagi izlanishlarida rassom Ro`zi CHoriev haqidagi esse ham alohida o`ringa ega. SHu o`rinda adabiyotshunoslikda rassom va yozuvchi-shoirning do`stona ijodiy munosabatlari va muloqotlariii ilmiy tadqiq etish e`tiborga molik masala ekailigiii aytib o`tish lozim. CHunki adabiyot tarixidan ma`lum, Ali- sher Navoiy va Behzod, G’.G’ulom va bir talay rassom va haykaltaroshlar, shuningdek SH.Xolmirzaev va R.CHorievlarning ijodiy munosabatlari, badiiy ijod psixologiyasini o`rganingda falsafa, psixologiya, adabiy jarayon fanlari uchun ham katta manba bo`lib, fikr yuritish uchun keng imkoniyatlar beradi.
SH.Xolmirzaevning "Bir oqshom suhbati yoki do`stim Ro`zi CHoriev" essesi rassomning ellik yoshga to`lishi munosabati bilan yozilgan1. esse-xotira kutilmagan tashrif bilan boshlanadi, yozuvchi do`stining tug’ilgan kuni munosabati bilan rassom ustaxonasiga boradi. esse- xotira rassom va adib o`rtasida kechgan muloqotdan iborat. Ifoda tabiatiga ko`ra mazkur esse-xotirani dialog-esse deyish mumkin. SH.Xolmirzaev esselariga xos etakchi uslubiy ko`rinish shundan iboratki, u qahramonlarni so`zlatib ko`yib, ruhiyatini, ichki dunyosini ochishga intiladi. essenavis suhbat jarayonida onda-sonda luqma tashlab turadi, savollar beradi. Ro`zi CHorievning nutqi g’aliz chiqqandek, hiyla to`mtoqdek tuyuladi. Lekin yozuvchi bu bilan suhbatning tabiiyligini saqlab qolish, yana muhimi, rassomning "g’adur-budur" nutqi, gapirish tarzini ko`rsatish bilan barobar fe`l-atvorini — rassomlik nigohini zohir etadi. Suratlari, polotnolari uchun bo`yoqlar, ranglar tanlashdan oldin voqelik ranglarini, qanchalik nozik fasohat bilan tanlashini namoyon etadi. Ana shu to`pori ifoda yo`sini asarning badiiy saviyasiga putur etkazgandek tuyulishi mumkin. Bu zohiriy taassurot aslida, esseda suhbat o`rnining, ustaxonaning tanlanishida ham ramziy ma`no bor. Rassom ustaxonasi, jihozlari, turli xil polotno va kartinalar tasviri asar tabiiyligini ta`minlagan.
SHukur Xolmirzaev “Saylanma”sining 4-jildi adib esselarining ma’lum qismini o`z ichiga olgan bo`lib ular bir-biri bilan uzviy bog’liqlikda, tadrijiy tartibda berilgan. Uning esselari kitobxonni dastlabki satrlaridanoq o`ziga rom etib qo`yadi. Xususan, “Qadimiy Baqtriya tuprog’ida” nomli esseda muallif o`zining vatan, xalqlar va ularning urf-odatlari haqida o`z bilganlarini bayon etadi. Momosidan eshitgan ertak, cho`pchaklarini bir-bir xotirlaydi. Ularni kitobxon bilan birga mag’zini chaqishga intiladi. Xalqlar, dinlar, ajdodlarimiz haqida aslida har birimizning qon-qonimizga singib ketgan, ammo ko`p-da yodga olavermaydigan tushunchalar to`g’risida so`zlaydi. O`zining yashagan vohasi, aholining etnik kelib chiqishi va shu bilan bog’liq afsonalarni hikoya qilib beradi. Bularni o`qigan kitobxon ham, o`zining atrofidagi odamlar, yashab turgan joyining tarixini bilishga qiziqa boshlaydi, yoshligida xuddi adib kabi biror-bir eshitgani bormi, ularni yodga oladi, sog’inib xotirlaydi. esseda nafaqat afsona, cho`pchaklar, balki, aniq tarixiy dalillarni ham keltiradi.
esseni o`qish jarayonida Surxon xalqi butun ruhiyati bilan o`quvchi ko`z o`ngida gavdalanadi. Bu esa adibning o`ziga xos samimiy bayon etish uslubi va hissiyotlarga boyligidan dalolat beradi. U o`z esselarida so`z san’ati vakillari, adabiyot, san’at ahlining etuk namoyondalari, qalamkash do`stlari, jamoat arboblari, boshqa kasb egalari bo`lsa-da, badiiy adabiyotni chin dildan sevuvchi, uni tushunuvchi insonlar haqida sermazmun voqealarni hikoya qiladi. Bu xususida adib shunday yozadi: “Adabiyotda bo`lsin, hayotda bo`lsin umrim yulida iz qoldirgan shaxslar haqida bir-bir esse yozib qoldirishni o`ylab yurardim”9. SHukur Xolmirzaev o`zining bu niyatini juda yuqori darajada esselarida ifodalay olgan.
Dostları ilə paylaş: |