Yarimo’tkazgichli lazerlar
Ma’lumki yorug’likning difraksiyasi, dispersiyasi, interferensiyasi, qutblanishi yorug’likning elektromagnit to’lqin ekanligini ifodalaydi. Bu o’zaro perpendikulyar elektr va magnit to’lqinlar majmuidan iborat.
Issiqlikdan nurlanish, fotoeffekt hodisalari, Kompton effekti yorug’likning zarra tabiatini ifodalaydi. Ya’ni yorug’likning tarqalishini elektromagnit to’lqin nazariyasi izohlasa, yutilishi yoki kuchayishini kvant nazariyasi izohlaydi.
Lazer qurilmalardagi ishchi materiallar faol moddalar deyiladi. Oddiy moddalardan yorug’lik o’tsa u yutiladi va intensivligi kamayadi. Faol muhitdan yorug’lik o’tganda esa u kuchayadi va intensivligi ortadi. Bu faol muhit energetic sathlar bo’yicha inversli (teskeri) muhit bo’ladi. Sathlarda invers bandlik holatini keltirib chiqarish damlash deyiladi. Lazerlarning ishlash jarayonini uch yoki to’rt sathli modelda ko’rsatish munkin. Uch sarhli modelga rubin lazeri misol bo’la oladi
Yarimo’tkazgich moddalarda faol muhit p-n o’tishli yarimo’tkazgich hisoblanadi. Uning ish jarayonini 4 sathli modelda ko’rsatish mumkin.
Yarimo’tkazgichli lazerlar qattiq jismli lazerlarning o’ziga hos turiga kiradi. Bu turdagi lazerlarda invers bandlik hosil qilishi va kogarent nurlanish olishni energetic sathlar hamda energetiksohalar asosida tushuntirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |