Elektronlarni energetic sohalar bo’yicha taqsimoti.
Qattiq jism atomining electron qobiqdagi soni bilan bog’langanligi uchun ularni valent elektronlar deyiladi va ularda joylashgan energetic sathlar to’plamiga valent zona deyiladi.
Qattiq jism tashkil etgan atomning yadrosi bilan bog’lanishdan uzilgan qattiq jism ichida erkin harakat qiladilar va elektr tokini hosil qilishlari mumkin bo’lganliklari uchun ular joylashgan energetic sathlar to’plamiga o’tkazuvchanlik soha deb qaraladi.
Valent zonaning eng yuqorisida joylashgan elektronlarning yadro bilan bog’lanish energiyasiga teng energetic oraliqni taqiqlangan soha deb qabul qilingan. Bu soha valent soha bilan o’tkazuvchanlik sohalari oraligida joylashgan va ta’qiqlangan sohaning energiya kengligi o’tkazuvchanlik sohasining quyi chegarasi energiyasidan valent sohasining eng yuqori sohasidagi energiyasining ayirmasiga teng. elektronlarning energetic sathlarining va sohalarining sistematik diagrammasi keltirilgan
Bu rasmda metallarning electron energiya sathlari keltirilgan.
Yarimo’tkazgich moddalarning energetic sathlari quyidagi rasmdagidek bo’ladi. Faqat ta’qiqlangan sohakengligi dielektriklardan kamroq, qiymati 1 eV atrofida bo’ladi.
Yarimo’tkazgich modda (masalan germaniy va kremniy) tashqi electron qobig’ida 4 ta valent elektronga ega. Ushbu moddalarning fazoviy Kristal panjarasi o’zaro valent elektronlar orqali bog’langan atomlardan tashkil topgan. Atomlarning bunday bog’lanishi kovalent bog’lanish deyiladi
Yarimo’tkazgichning (sof aralashmasiz) elektr o’tkazuvchanligi yoki unda invers bandlik hosil bo’lishini 24 rasmda keltirilgan
Energetik struktura orqali tushuntirish qulayroq. Xarorat mutloq 0 da yarimo’tkazgichda barcha elektronlar yadro bilan bog’langan bo’lib va ular valent sohada joylashgan bo’ladi va bu holatda yarimo’tkazgich dielektrikdan farq qilmaydi. Harorat ortishi bilan valent zonadagi elektronlar energiyasi ortib yadro bilan bog’lanishda uzilib o’tkazuvchanlik sohasiga o’ta boshlaydi. Ushbu o’tishlardan biri rasmda ko’rsatilgan.
Shunday qilib o’tkazuvchanlik sohasida erkin electron tok tshuvchilar, valent sohada kovak tok tashuvchilar hosil bo’ladi.
Bir vaqtning o’zida sof YO’ moddada elektronli va kovakli o’tkazuvchanlik hosil bo’ladi. Issiqlik ta’sirida ushbu elektronlar va kovaklar tartibsiz harakatda
bo’ladi hamda uchrashib rekonbinatsiyalashadi. Bu jarayob 24 rasmda o’tkazuvchanlik sohadan valent sohaga yo’nalgan chiziq bilan ko’rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: |