2.1. Invers bandlik hosil qilishning aniq usullari
2.2. Invers bandlik va kogerent nurlanish hosil qilish.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Hozirgi kunda xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida lazerlar va lazerli
texnologiyalari ishlatilmoqda. Xususan, sanoatda turli-tuman materiallarni
kesishda, payvandlashda va mexanizmlarni mustahkam-ligini oshirishda, tibbiyot
sohasida lazer nuridan tashxis qo‘yishda, davolash va jarrohlik jarayonida aloqa
tizimida ma‘lumot elituvchi sifatida, fan va texnika sohasida o‘lchash va tashxis
qo‘yish vositalari sifatida hamda o‘quv jarayonida kogerent nurlanishning to‘lqin
va zarracha xususiyatlarni namoyon etishda keng foydalanilmoqda.
Lazer - yorug‘lik nuri yo‘nalganlik yuqori darajada bo‘lgan monoxromatik
kogerent yorug‘lik manbaidir. «Lazer» so‘zining o‘zi «majburiy nurlanish tufayli
yorug‘likning kuchayishi» ma‘nosini anglatadigan inglizcha so‘z birikmalarinning bosh harflaridan tuzilgan.Haqiqatan ham, lazerning ta‘sirini belgilaydigan asosiy fizik protsess bu nurlanishning majburiy chiqishidir. U foton energiyasi atom (yoki molekula) ning uyg‘onish energiyasi bilan aniq mos tushganda, foton uyg‘ongan atom bilan o‘zaro ta‘sirlashganda yuz beradi.Invers joylashgan muhitda majburiy chiqish hisobiga yorug‘lik bosimi bo‘lishi mumkinligini 1939 yilda fizik V.A.Fabrikant ko‘rsatib bergan. U gazdagi elektr razryadda invers joylashish yaratishni ham taklif qilgan.1955 yilda bir vaqtda va bir-biridan mustaqil ravishda sobiq ittifoqda
N.G.Basov va A.M.Proxorov, AQShda Ch.Tauns dunyoda birinchi invers
joylashgan muhitda elektromagnit nurlanish kvantlari generatorini taklif qilishdi.
Unda teskari bog‘lanishdan foydalanish natijasida majburiy nurlanish o‘ta
monoxromatik nurlanishni generatsiyalashga olib keldi.
Lazerda nurlanish chizig‘ini toraytirishdan tashqari, nurning yoyilishini 10-4
radiandan kichikroq, ya‘ni burchak sekundlari darajasida olishga erishiladi.
Ma‘lumki, yo‘nalgan ensiz yorug‘lik nurini amalda istalgan manbadan olish
mumkin, Buning uchun yorug‘lik oqimi yo‘liga bir to‘g‘ri chiziqda joylashgan
mayda teshikli bir necha ekran qo‘yish kerak. Faraz qilaylik, biz qizdirilgan qora
jismni oldik va diafragmalar yordamida yorug‘lik nurini hosil qildik, prizma yoki
boshqa spektral asbob vositasida undan spektrning eni lazer nurlanish spektrining
eniga mos nurini ajratdik. Lazer nurlanish quvvatini, uning spektri enini va nurning
burchak yoyilishini bilgan holda, Plank formulasi yordamida faraz qilinayotgan
o‘sha qora jism temperaturasini hisoblash mumkin. Qora jismdan lazer nuriga
ekvivalent yorug‘lik nuri manbai sifatida foydalaniladi. Bu hisob bizga ulkan
raqamni beradi: qora jism temperaturasi o‘nlarcha million gradus bo‘lishi kerak
ekan! Lazer nurining ajoyib xossasi - uning yuqori effektiv temperaturasi
tadqiqotchilar oldida lazerdan foydalanmay turib, mutlaqo bajarish mumkin
bo‘lmagan katta imkoniyatlarni ochadi. Hozirgi vaqtda turli-tuman muhitlar -
gazlar, suyuqliklar, shishalar, kristallardagi lazerlar yaratilgan.Shuning uchun
Lazerlarning ishlash prinsiplari va xossalarini, shuningdek, ularning zamonaviy
elektronikada qo‘llanilishini chuqur tahlil qilish orqali ularning qo‘llanish
samaradorligini oshirish dolzarb muammolardan biridir.