XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI.
KIRISH:
Xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog’liq. Farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish- ta’lim –tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo’lishi lozim.
Bizlarni o’rab turgan borliq Yer, osmon, yulduzlar va ongimizga ta‘sir etib sezgi uyg’otadigan barcha narsalar materiya bo’lib xisoblanadi. Tabiatdagi jismlar va bu jismlar tarkibidagi moddalar moddiy borliq bo’lib, sezgilarimizga har xil ta‘sirlar ko’rsatib o’zini borligini namoyon etadi.Materiya har doim o’zgarib turib o’z xususiyatlarini namoyon etib turadi, moddiy dunyoda yuz berayotgan materiyaning xilma–xil o’zgarishlari tabiat hodisalari deb ataladi.Fizika – tabiat to’g’risidagi fanlaridan biri bo’lib, u tabiat hodisalarini ya‘ni materiyaning xossalarini, shu o’zgarishlarni ifodalay oladigan qonun va qoidalarni o’rganadi.Fizika fanining boshqa fanlardan farqi shuki, u tabiat qonunlarini jismlar harakatini o’rganish usuli bilan tavsiflab beradi. Fizika tabiat hodisalarini o’rganishda, moddiy olamni idrok etishda asosan matematika, ximiya, biologiya, astranomiya fanlarining qonunlaridan foydalanadi.Tabiat qonunlarining ko’p qismi, moddiy olamni idrok qilish mumkin bo’lmagan tabiat hodisalarining qator qismi hali ochilmagan. Moddiy olamni bilishga boshqa fanlar bilan bog’langan ravishda intilish fizika fanining asosiy xususiyatidir.Fizika fanini o’rganish insoniyat madaniyatining muhim bir qismi bo’lib hisoblanadi. Fizika qonunlarini bilish kelajakni oldindan bilishgina emas, balki o’tmishda bo’lib o’tgan tabiat hodisalarning sabablarini ochib berishga ham imkon beradi. Fizika fani ma‘lumotlariga asoslanib tabiatda sodir bo’ladigan har bir jarayonning sabablari tahlil etiladi. Hozirgi zamon texnikasining yaratilishi, zamonaviy texnalogik mashinalarning ishlash harakteristikalari fizika faning qonunlariga asoslanib oldindan loyihalashtirilgan.Moddiy olamni idrok etish, Dunyo manzarasini tasavvur eta bilish, tabiat hodisalaridan foydalana bilish uchun fizika qonunlarini chuqur bilmoh kerak.Moddiy olam bo’linmas bir butun bo’lib, undagi hamma narsa bir–biriga bog’liq Fizika kursini o’rganishda uni alohida qismlarga ajratib har bir qismga tegishli hodisa va qonunlarni sinflarga ajratib o’zlashtirish qulay bo’ladi. Bunday hodisalardan biri bu mexanik harakatdir. Fizikaning mexanika bo’limida mexanik harakatlarning umumiy tavsiflari va ularning sodir bo’lish sabablari o’rganiladi va harakatdagi jismlarning fazodagi vaziyatini aniqlash masalasi o’rganiladi.
Fizika faning asosiy bo'limlaridan bo'lmish optika haqida kurs ishi rejamizga to'xtalib o'tsak. Ma’lumki, jismlarga Yorug’lik nuri tushganda ular ko’zga ko’rinadilar. Bu Yorug’lik nurlarini Yorug’lik manbalari sochadi. Qizigan metall va ko’mir, gaz alangalarini Yorug’lik manbalari sifatida qarash mumkin. Yorug’lik elektr razryadlar jarayonida ham sochiladi, shuningdek ko’p moddalar Yorug’lik, rentgen va boshqa nurlar ta’sirida lyuminessensiya sababli nurlanadilar.
Yorug’lik chiqarish jarayonini o’rganish shuni ko’rsatdiki, Yorug’likni elementar manbalari - atomlar, molekulalar va elektronlardir. Agar atom yoki molekulaga ma’lum energiya berilsa, u uyg’ongan holatga o’tadi va bunday atom yoki molekula ma’lum chastotali Yorug’lik to’lqinini chiqarish qobiliyatiga ega bo’lib qoladi. Atom yoki molekulani uyg’onish darajasiga qarab u har xil chastotali Yorug’lik to’lqinini chiqaradi. SHu sababli atom va molekulaning nur sochish sohasi infraqizil, ko’zga ko’rinadigan va ultrabinafsha sohada yotadi. SHuninng uchun keng ma’noda Yorug’lik infraqizil, ko’zga ko’rinadigan va ultrabinafsha nurlar to’plamidir. Bu nurlanishlarning tabiatini o’rganadigan fanga optika deyiladi va nurlanishlar spektriga optik spektr deyiladi. Optikaning rivojlanish jarayonida Yorug’lik tabiati haqida ikki qarama-qarshi nazariya vujudga kelgan. Birinchi nazariyaga ko’ra, Yorug’lik tabiati to’lqin xarakterga ega. Bu sohada birinchi bo’lib Robert Guk, Xristian Gyuygens, Tomas YUng, Arago, Koshi, Frenel kabi olimlar ko’plab ish qildilar. Keyinchalik ularning ishlari ingliz olimi Maksvell tomonidan ishlab chikilgan elektromagnit nazariyaga asos bo’ldi va Yorug’likning elektromagnit nazariyasi yaratildi. Bu nazariyaga ko’ra Yorug’lik to’lqinlari ko’ndalang to’lqinlar bo’lib, elektr vektori va Yorug’likning tarqalish tezligi s o’zaro perpendikulyardir. Yorug’likning to’lqin nazariyasi asosida Yorug’lik interferensiyasi, Yorug’lik difraksiyasi, Yorug’likning qutblanishi bilan bog’langan barcha hodisalar to’g’ri tushuntiriladi.
Yorug’likning to’lqin nazariyasi bilan bir qatorda Yorug’likning kvant nazariyasi ham rivojlandi. Bu sohada I.Nyutonning g’oyalari va ishlari katta ahamiyatga ega. I.Nyuton o’zi kuzatgan Yorug’lik dispersiyasi va boshqa hodisalarni tushuntirishda Yorug’lik juda kichik zarralar — korpuskulalar oqimidan iborat degan g’oya asosida tushuntirgan edi. Bu nazariya keyinchalik yanada rivojlantirildi va u asosda XX asrda Yorug’likning foton yoki kvant nazariyasi yaratildi. Bu nazariyaga ko’ra Yorug’lik elementar zarralar — fotonlar oqimidan iborat deb qaraldi, absolyut qopa jism qonunlari fotoeffekt, Kompton effekti shu nazariya asosida tushuntirildi. Yorug’likning foton nazariyasi kvant mexanikasi asosida vujudga keldi. SHu sababli Yorug’likni foton nazariyasi yana Yorug’likning kvant nazariyasi deb ham ataladi.
Dostları ilə paylaş: |