|
|
səhifə | 4/4 | tarix | 02.01.2022 | ölçüsü | 184,16 Kb. | | #42866 |
| Optika kurs ishim
ABERRATSIYA-lotincha aberration-og’ish, chetga chiqish-optik tizimning ideal
holatdan og’ishi natijasida tasvirning buzilishi.
AJRATA OLISH QOBILIYATI-optik tizimning buyumning bir-biriga yaqin
ikki nuqtasini ayrim-ayrim tasvirlay olish qobiliyatini tavsiflovchi kattalik; ajrata
olish limitiga teskari kattalik.
DISPERSIYA- lot dispersio-sochilish-tarkibiy qismlarga ajralish
INTERFERENSIYA-lotincha inter-o’zaro va fer-urilish aralasish-to’lqinlar
(tovush, yorug’lik, elektr va h.k.)ning ustma-ust tushib, bir-birini kuchaytirishi
yoki susaytirishi.
YORUG'LIK- inson ko’zi sezasigan takroriyliklar oralig’idagi elektromagnetik
to’lqinlar
YORUG’LIK OQIMI -yorug’lik jadalligining ko’rish hissi hosil qilish
qobiliyatini hisobga oluvchi tavsifi
O’Z-O’ZIDAN NURLANISH-tashqi elektromagnit maydonning ta’sirisiz
yorug’lik chiqarilishi hodisasi.
SHAFFOFLIK-muhitda yo’nalishini o’zgartirmasdan birlik yo’lni o’tgan
nurlanish oqimini shu muhitga parallel dasta tarzida kirgan oqimga nisbati.
CHERENKOV NURLANISHI-muhitdagi yorug’lining fazaviy tezligidan kata
tezlikdagi zaryadlangan zarra harakatidan paydo bo’ladigan optik nurlanish.
CHIQISH TIRQISHI-ketida optik tizimning qismlari yoki keyin joylashgan bitta
tizim qismlari hosil qilgan aperturaviy diafragma tasviri bo’lmagan holdagi
aperturaviy diafragma.
TABIIY YORUG’LIK-qutblanish tekisliklari mumkin bo’lgan barcha
vaziyatlarni egallovchi, shu bilan birga, bu tekisliklarning istalganida o’rtacha
birday tebranish jadalligida bo’ladigan nokogerent yorug’lik to’lqinlari majmui.
SPEKTROMETR-spektr va yunoncha metreo-o’lchayman- 1) biror fizik
kattalikning qandaydir parametr bo’yicha taqsimot funksiyasini o’lchash asbobi; 2)
optik spektrlarni nurlanishning fotoelektrik qabul qilgichlari yordamida o’lchash
asbobi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|