Klavishatugmasini bosish kerak muloqot oynasi paydo
bo’ladi, uning qo’yi chap burchagida joriy belgining o’nlik kodi (bizning
hol uchun 192) hosil bo’ladi.
Belgini sonlikodiga ko’ra aniqlash
Windows-Office plotformasidagi ixtiyoriy ilovani, masalan,
Bloknotni ishga tushirish kerak. Altklavishini bosib turib, sonli kod,
masalan, 0224kiritiladi, so’ngra Altklavishi qo’yib yuboriladi. Hujjatda
Windows (SR 1251) kodirovkasidagi a belgi paydo bo’ladi. MS-DOS
(SR866) kodirovkasida belgini aniqlash uchun Alt klavishini bosib turib,
224 ni qo’shimcha raqamlar klaviaturasidan kiritish kerak. Hujjatda R
harfi paydo bo’ladi.
Grafikaxborotniikkilikdakodlash
80-yillardan boshlab kompyuterda grafik axborotni qayta ishlash
texnologiyasi rivojlanib ketdi. Kompyuter grafikasi rasmlarni,
sxemalarni, chizmalarni yaratishga va tahrirlashga, tasvirlarni
(fotorasmlar, slaydlar va h.k.) o’zgartirishga, statistik ma`lumotlarni ish
garfikasi ko’rinishida ifodalashga, animatcion (namoyishli) modellar
yaratishga, ”jonli video” ni qayta ishlashga imkon beradi.
Monitorekranida grafik axborot nuqtalar “piksel”lardan tuzilgan
tasvir ko’rinishida ifodalanadi. Eng oddiy holda (oq-qora tasvirda) har
bir nuqta faqat ikkita holatda - “qora” yoki “oq” holatda bo’lishi
mumkin, ya`ni uning holatini saqlash uchun 1 bit zarur.
Rangli tasvirlar rangning har xil chuqurligiga ega bo’lishi mumkin
(nuqtaga 4, 8, 16, 24 bit). Har bir rangga nuqtaning mumkin bo’lgan holati deb qarash mumkin. Unda N 2 formula bilan monitor ekranida
i tasvirlanayotgan ranglar sonini hisoblash mumkin.