Buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti



Yüklə 142,39 Kb.
səhifə4/8
tarix25.09.2023
ölçüsü142,39 Kb.
#148504
1   2   3   4   5   6   7   8
Bahronov Muxriddin hisobot

Agrotexnologiya – dehqonchilik texnologiyasi, qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish usullari tizimi. Agrotexnologiyaning nazariy asosi – agronomiya. Agrotexnologiya quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi: almashlab ekish, tuproqqa ishlov berish, o‘g‘itlar solish; urug‘likni ekishga tayyor-lash, ekish, ekinlarni parvarishlash, be-gona o‘tlar, kasalliklar va hasharotlarga qarshi kurash, hosilni yig‘ib olish. Yerni haydash, tekislash, boronalash va ekishga tayyorlashning boshqa usullari, o‘g‘itlash, sug‘orish, urug‘ni ekishga tayyorlash (sa-ralash, dorilash, ivitish va boshqalar), ekish va hosil yig‘ib-terib olinguncha o‘simlikni parvarish qilish ishlari Agrotexnologiya usullariga kiradi. Agrotexnologiyaga almashlab ekishni joriy qilish, o‘simlik qoldiqlarini daladan yig‘ishtirib olish, kuzgi shudgorlash, yaxob berish, sifatli urug‘lik tanlash, ekish sxemalarini to‘g‘ri qo‘llash, normal ko‘chat qalinligiga erishish, o‘g‘itlardan to‘g‘ri foydalanish; ekinni qat’iy tar-tib bo‘yicha sug‘orish, o‘simlikning ildizini zararlantirmaslik, ekinzorlarni begona o‘tlardan toza tutish, zararkunanda va kasalliklarga chidamli navlarni ekish va hokazo ham kiradi. Bunga har bir mintaqaning tuproq-iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga fan yutuqlari va ilg‘or taj-ribaning yangi, yanada samarali usullarini joriy qilish yo‘li bilan erishiladi.Agrotexnogiya jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari rivoji bilan uzviy bog‘langan. Ibtidoiy jamoa va undan keyingi davrlarda Agrotexnologiya sodda qurollar hamda qo‘l kuchiga asoslangan edi. Yerlar omoch, mola kabi qurollar yordamida ish-lanardi. Agrotexnologiyaning takomillashgan usullari jahonda 18-asr oxiri – 19-asr boshlarida shakllandi, natijada qishloq xoʻjaligi o‘simliklari mashinalardan foydalanish, tabiat-shunoslik va agronomiya fanlarining ko‘rsatma va tavsiyalari asosida yetishtiriladigan bo‘ldi. Ayniqsa, 19-asrda mashinasozlik sanoatining rivojlanishi mu-rakkab qishloq xoʻjaligi texnikasini dehqonchilikda qo‘llash imkoniyatini tug‘dirdi. 20-asrda esa qishloq xoʻjaligi uchun traktor, kombayn, kulti-vator, o‘g‘itlagichlar va boshqa mexanizmlar ko‘plab ishlab chiqariladigan bo‘ldi, mineral o‘g‘itlardan foydalanish ko‘paydi. Bularning hammasi va agronomiya fanining rivojlanishi Agrotexnologiyning takomillashuviga qulay sharoit tug‘dirdi.Hozirgi zamon Agrotexnologiya ekologik sharoitlar, qishloq xoʻjaligi texnikasining ishlash qoidalarini o‘rganuvchi tabiiy hamda texnika fanlari yutuqlariga asoslanadi. Agrotexnologiyani to‘g‘ri qo‘llashning zaruriy sharti uning kompleksligi va tuproq-iqlim sharoitlari, ekinning biologik xususiyati, navlari va ularning qaysi maqsadlarda ishlatilishiga e’tibor berishdir. O‘simlik hayot omillarining muddatlari, almashtirib bo‘lmasligi hamda teng ahamiyatdorligi va boshqa qonunlar Agrotexnologiya usullarini birgalikda qo‘llashning ilmiy asosi hisoblanadi (qarang Dehqonchilikning asosiy qonunlari). Mac, o‘g‘it solishda belgilangan muddat va miqdorni o‘zgartirish (ayniqsa sug‘oriladigan sharoitda) yoki vegetasiya davriga qarab o‘simlikka beriladigan azotni fosfor bilan almashtirish mumkin emas. Ekinlardan yuqori hosil olish uchun ularni muayyan nisbatlarda barcha zaruriy hayot omillari (yorug‘lik, issiqlik, havo, namlik, oziq moddalar) bilan ta’minlash zarur.Agrotexnologiya tadbirlari har bir mintaqa, zona, xo‘jalikning tuproq-iqlim sharoitiga hamda ekinlarning turiga qarab ishlab chiqiladi va o‘tkaziladi. Mas, tuprog‘i sho‘rlangan hududlarda sho‘r yuvish asosiy ahamiyatga ega. Shu sababli bunday joylarda ekinlar uchun zararli bo‘lgan, 168ekinning ildiz qismi joylashadigan tuproq qatlamidagi erigan tuzlarni yo‘qotadigan Agrotexnologiya usullariga asosiy e’tibor beriladi. Namgarchilik kam bo‘ladigan rayonlarda, shuningdek yengil tuproqli yerlarda tuproqda nam to‘plashga imkon beradigan Agrotexnologiya usullariga e’tibor qilinadi.

Yüklə 142,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin