Fanning qisqacha bayoni : Iqtisodiyotda yangi mahsulotlarga bo‘lgan talab va taklifni hamda
olinadigan daromadga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, korxonani rivojlantirishda innovatsiyalar
muhimligini ko‘rsatib berish, korxona boshqaruvi sohasida innovatsiya faoliyatini yuritish
qonuniyatlarini o‘rgatish.
Fanning maqsadi: Iqtisodiy geografiyaning nazariy asoslari va ilmiy uslublari, ishlab chiqarish
kuchlarini joylashtirish qonuniyatlari, omillari va tamoyillari, dunyo siyosiy kartasida yuz berayotgan
o‘zgarishlari, jaxon xo‘jaligining rivojlanishi, ayrim guruh mamlakatlarining rivojlanish
xususiyatlari, xalqaro mehnat taqsimoti, iqtisodiy aloqalar va integratsiya jarayonlarini haqida
nazariy-amaliy bilimlarni o‘rgatishdan iborat.
Fan yakunida talabalar quyidagi malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishadi: -
Mamlakatning xalqaro maydondagi raqobatbardoshliligi darajasini va innovatsion jihatdan
taraqqiy etganini belgilovchi asosiy omil sifatida inson kapitalini rivojlantirish to’g’risida tasavvurga
ega bo’lishi;
-
Sanoat majmuasiga kiruvchi tarmoqlar va korxonalarda innovatsion faoliyatni tashkil etish va
boshqarishning samarali usullarini, tarmoqlar o’rtasidagi uzviy aloqalarning rivojlanish
tendensiyalarini; ilm fanga oid iqtisodiy kategoriyalarning mohiyatini; mamlakat sanoat tarmoqlaridagi
innovatsion jarayonlaridagi mavjud muammolar va ularni yechimini aniqlashni, O’zbekiston
Respublikasining sanoat innovatsion siyosatining mohiyatini bilishi va ulardan foydalana olishi;
-
Talaba innovatsion iqtisodiyotga oid iqtisodiy statistic va hisobot ma’lumotlarni yig’ish, qayta
ishlash va tahlil qilish, milliy tarmoqlar, hududiy va korxona iqtisodiyotini o’zaro aloqadorligini
tushunish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;
-
Talaba sanoat integratsiyasi, mamlakat sanoatining tarkibi, uning innovatsion rivojlanib
borishi, sanoatining tarkibiga kiruvchi tarmoqlar innovatsion rivojlanishining hozirgi holati, ilmiy-
innovatsion faoliyatning qonuniy va normative huquqiy asosini bilish va qo’llash bo’yicha yechimlar
qabul qilish malakalariga ega bo’lishi kerak.