Buxoro davlat universiteti jismoniy tarbiya fakulteti sport kafedrasi


  SPORTCHA YURISHDAN MUSOBAQA QOIDALARI



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/21
tarix02.01.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#39814
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
sportcha yurishni rivojlanishi va maxsus mashqlari

 

2.5.  SPORTCHA YURISHDAN MUSOBAQA QOIDALARI 

Sportcha  yurish  –  bu  qadamlarning  shunday  holatda  navbatma  –  navbat 

tashlanishi hisoblanadiki, bunda sportchi er bilan doimiy tegish (kontakt) holatida 

bo’lishi  talab  qilinadi,  ya’ni  bu  holatda  erga  tegishning  butunlay  mavjud 

bo’lmasligi holatini oddiy ko’z bilan ilg’ash mumkin bo’lmasligi belgilanadi.  

Oldinga  ko’tarilgan  (tayanch)  oyoq  er  bilan  birinchi  tegish  lahzasidan 

boshlab, vertikal holatga keltirilgunga qadar to’liq holatda rostlanishi talab qilinadi 

(ya’ni, tizzadan bukilmasligi kerak). 

Agar,  sportchining  yurish  texnikasida  belgilangan  tegishli  qoidalarda 

buzilishlar qayd qilinsa, u holda sportchiga tanbeh beriladi.  

Har  bir  hakam  o’z  funksiyasini  yakka  tartibda  (individual  holatda)  amalga 

oshiradi  va  ularning  hakamlik  faoliyati  ko’z  yordamida  kuzatish  (vizual) 

natijalariga asoslaniladi. Hakam sportchida qayd qilingan bitta qoidaning buzilishi 

bo’yicha  ikki  marta  tanbeh  berish  huquqiga  ega  emas.  Musobaqa  tugaganidan 

keyin  hakam  katta  hakamga  musobaqa  ishtirokchisiga  u  tomonidan  berilgan 

tanbehlar haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilishi talab qilinadi. Ishtirokchining uchta 

har  hil  hakamlar  tomonidan  ogohlantirish  olishidan  keyin  u  musobaqadan 

chetlashtirilishi (diskvalifikatsiya) talab qilinadi, bu haqda unga ma’lumot beriladi.  

Sportchini  ogohlantirishda  hakam  sportchiga  har  ikkala  tomoniga  yo’l 

qo’yilgan xatolik simvoli aks ettirilgan oq rangli traferat ko’rsatishi talab qilinadi. 



Qizil  rangli  traferatni  faqat  katta  hakam  ko’rsatish  huquqiga  ega  bo’lib,  bu 

ishtirokchining diskvalifikatsiya qilinishini anglatadi. 




Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin