Buxoro davlat universiteti jismoniy tarbiya fakulteti sport kafedrasi


-bob. MAS’ULIYATLI MUSOBAQALARGA TAYYORLANISHNING



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/21
tarix02.01.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#39814
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
sportcha yurishni rivojlanishi va maxsus mashqlari

2-bob. MAS’ULIYATLI MUSOBAQALARGA TAYYORLANISHNING 

O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA ULARDA ISHTIROK ETISH 

         Agar mas’uliyatli musobaqa yakshanba kuniga rejalashtirilgan bo’lsa, bundan 

oldingi  3–4  yakshanba  kunlarida  mashq  qilish  yuklamasi  musobaqadagi 

yuklamaga 

yaqinroq 

bo’ladi. 

Mashg’ulotlarni 

musobaqa 

sharoitlarga 

yaqinlashtirilgan sharoitda (shosse, stadion) o’tkazish tavsiya etiladi. 

       Asosiy  musobaqalarda  ishtirok  etish  vaqtiga  kelib  tezyurar  sportchi  startga 

tayyor  xolatda  bo’lishi  kerak.  Bunga,  mashq  qilish  bilan  dam  olishni  o’zaro 

muvofiq ravishda olib borish natijasida erishish mumkin.  

         Sportchida  musobaqada  ishtirok  etishni  boshlash  uchun  bevosita 

musobaqadan oldin dam olish nixoyatda muhimdir. 

         Etakchi  sport  ustalari  musobaqa  oldidan  juda  katta  tezlikda  qisqa  masofa 

bo’laklarida  takroriy  yurish  mashg’ulotlarini  o’tkazadilar.  Ushbu  tajriba  maxsus 

tarzda  o’rganilgan.  Olingan  ma’lumotlarga  ko’ra,  shuni  ta’kidlash  mumkinki, 

musobaqa  oldidan  juda  yuqori  tezlikda  qisqa  masofalarda  (400,  800,  1000  m) 

sportcha  yurish  maqsadga  muvofiq  bo’ladi.  Bunda  shu  masofa  bo’laklarining 

takrorlanish miqdori katta bo’lmasligi kerak. 

         Musobaqa kuni tartibi imkoni boricha, oldingi kunlardagi kun tartibidan farq 

qilmasligi  kerak.  Musobaqa  kunida  yangi  poyafzal,  ichki  kiyim  kiymaslik  kerak, 

chunki bunda teri qatlami shilinib sportchi musobaqani davom ettira olmay qolishi 

mumkin.  Tezyurar  sportchi  poyafzali  oyoqqa  mos  bo’lib,  mashq  qilish 

mashg’ulotlarida ko’p martaba tekshirilgan bo’lishi lozim. 

         Aniqlanishicha,  50  km.li  musobaqalar  uchun  tezyurar  sportchi  mashq  qilish 

mashg’ulotlarida 150 km.dan kam bo’lmagan masofani bosib o’tgan poyafzal mos 

keladi. 

         Gavdaning  o’zaro  ishqalanuvchi  yuzalariga  (qo’ltiq  soxalari,  sonning  ichki 

yuzalari)  vazelin  surtiladi.  Oyoqlar  toza,  tirnoqlar  tekislangan,  qadoqlar  esa  olib 

tashlangan  bo’lishi  kerak.  Toza  paypoqlar  oyoqqa  mos  kelishi  kerak.  Jazirama 

quyoshli xavoda boshqa engil oq rangdagi bosh kiyimi kiyish tavsiya etiladi. 



         Musobaqa kuni ovqat startdan 3,5 – 4 soat oldin qabul qilinadi. Ovqat engil 

xazm bo’ladigan bo’lishi, xajmi katta bo’lmagan va yuqori kalloriyaga ega bo’lishi 

kerak.  Tovuq  go’shtidan  pishirilgan  sho’rva,  pishgan  tovuq  go’shti,  sulidan 

tayyorlangan shakarli bo’tqa, shirin choy-tezyurar sportchining musobaqa oldidan 

tanovul qiladigan taomlari xisoblanadi. 

         Musobaqaga ertaroq (startga 1,5 soat qolganda) kelish kerak. Kayfiyat tetik, 

ko’tarinki  ruxda  bo’lishi  kerak.  Tezyurar  sportchi  o’z  kuchiga  ishonishi  lozim. 

Raqiblardan qo’rqmaslik va ularni xurmat qilish kerak. 

         Startga  1  soat  qolganda  razminkani  boshlash  kerak.  Bunda  mashqlar 

shoshilmasdan bajariladi. Razminkadan so’ng dam olish va kiyimlarni almashtirish 

uchun vaqt ajratish lozim (10-15 min.). Razminka sekin yugurish (1600-2000 m), 

umumrivojlantiruvchi  va  maxsus  tayyorgarlik  mashqlaridan  iborat  bo’ladi.  Bu 

mashqlar sekin yurish va yugurish bilan galma-gal bajariladi. Razminkani mazkur 

musobaqada  birinchi  doirada  (stadionda)  yoki  birinchi  kilometrda  (shosseda) 

qo’llanilishi  extimol  qilingan  tezlikda  300-400  m.ga  sportcha  yurish  bilan 

yakunlash tavsiya etiladi. 

         Sovuq  xavoda  mushaklarga  qon  oqib  kelishini  kuchaytiradigan  surtmalar 

oyoqlarga  surtiladi.  Bevosita  startdan  oldin  3-4  marta  chuqur  nafas  olib,  nafas 

chiqariladi va og’iz bo’shlig’i chayiladi. 

         50  km  masofani  musobaqalarda  sportchilarga  distanstiya  davomida 

ovqatlanish  ruxsat  etiladi  (ovqatlanish  punktlarida).  Taomlar  umumiy  va 

individual,  ya’ni  sportchi  tomonidan  tayyorlangan  bo’lishi  mumkin.  Individual 

taomlar  startgacha  musobaqa  shifokori  tomonidan  tekshirilgan  bo’lishi  lozim. 

Tezyurar sportchi muayyan taomga o’rganishi kerak, har qabulda qancha miqdorda 

va  necha  marta  tayyorlangan  eritmani  (odatda  taom  suyuq  xolda  bo’ladi)  ichishi 

kerakligini  bilishi  lozim.  Ko’p  щollarda,  eritma  shakar  va  glyukoza  (20-25%) 

qo’shilgan  choydan  iborat  bo’ladi.  Bu  eritmaga  limon  sharbati  (ba’zi  sportchilar 

qora smorodina sharbatini xush ko’radi) yoki bir oz osh tuzi ham qo’shiladi. Limon 

sharbati  bo’lmaganda,  ozuqa  eritmasiga  bir  oz  limon  yoki  askordin  kislotasini 

qo’shish mumkin. 




         Musobaqadan  oldingi  bir  necha  kun  davomida  ovqat  tartibi  uglevodga  boy 

bo’lishi  kerak.  Shuningdek  darmon-dorilarga  boy  meva  va  sabzavotlar  ham 

etarlicha  bo’lishi  lozim.  Oxirgi  vaqtda,  sportchilar  glyukoza  va  ular  uchun 

nixoyatda zarur bo’lgan tuzlardan iborat maxsus sharbat tanovul qilishadi.  

         Ba’zan  musobaqalardan  so’ng,  sportchilar  oyoq  mushaklarida  og’riq 

sezadilar.  Og’riq  щissini  kamaytirish  uchun  bevosita  musobaqadan  so’ng  5-10 

min. davomida juda sekin maromda yugurish tavsiya etiladi. Oyoq mushaklaridagi 

og’riqlarni  va  shishlarni  bartaraf  etish  uchun  qayta  tiklovchi  uqalash  juda  katta 

samara  beradi  va  musobaqadan  so’ng  30  min.-2  soat  o’tgach  bajariladi.  Uqalash 

vaqtida zarbali harakatlar bo’lmasligi kerak. Iliq dush qabul qilish ham foydalidir. 

         Musobaqadan  keyingi  kunda  engil  mashq  qilish  mashg’uloti  (yumshoq 

gruntda o’rmon bo’ylab yugurish) o’tkaziladi yoki yana uqalash bajariladi. 




Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin