2.2. TEZYURAR SPORTCHI TAKTIKASI
Har bir musobaqadan oldin, tezyurar sportchi murabbiy bilan birgalikda
masofani bosib o’tishning taktik rejasini tuzishi kerak. Bu reja sportchiga masofada
o’zini dadil xis etishiga hamda musobaqaning boshqa ishtirokchilari bilan
murakkab kurashda bor kuchini safarbar etishga imkon beradi.
Rejani tuzayotganida, ishtirokchilar tartibi sportchi tayyorgarligi, raqiblariga
nisbatan kuchli va zaif tomonlarini, masofa relefini, xavoni va boshqa omillarni
xisobga olinadi.
Tezyurar sportchining distanstiyadagi-masofadagi taktik harakatlari shu
sportchi o’z oldiga qo’ygan vazifalar tomonidan belgilanadi. Bu vazifalar
quyidagilar: a) sportchi musobaqada qanday o’rinni egallashidan qat’iy nazar,
shaxsiy rekord yoki muayyan natijaga erishishi kerak; b) musobaqa g’olibi bo’lish
yoki muayyan o’rinni egallash.
Agar birinchi vazifa qo’yilgan bo’lsa masofani optimal tezlikda bir maromda
bosib o’tish to’g’ri bo’ladi. Bu tezlik mashq qilish mashg’ulotlarida va nazorat
yurishi o’tkazilganda belgilanadi.
Agar sportchi o’z oldiga ikkinchi vazifani qo’ygan bo’lsa, u xolda masofani
bosib o’tishning variantlari ko’p bo’ladi, masalan:
1) Boshqa ishtirokchilardan oldinga o’zib ketish maqsadida startdan kuchli
tarzda boshlash; xosil bo’lgan uzilish masofani masofa oxirigacha saqlab qolish.
2) Distanstiya o’rtasida tezlikni oshirish va g’alaba qozonish, distanstiya
oxirida uzilish masofani sezilarli darajada qisqarishi sababli, distanstiya o’rtasida
yuzaga kelgan ustunlik katta bo’lishi kerak.
3) Distanstiyani birinchi yarmini nisbatan sust xolda bosib o’tilganda,
distanstiyaning ikkinchi yarmini yoki uni oxirgi qismini tezroq bosib o’tish
xisobiga g’alabaga erishishni ko’zlash kerak.
4) Doimiy tezlanish va turli uzunlikni siltinishlarni qo’llash (yirtilgan
yurish). Ayrim tezyurar sportchilar taktika rejasiga rioya qilgan xolda, shu
harakatlarni raqibi uchun noqulay sharoitlar yaratish uchun qo’llaydilar (agar
raqiblar, albatta shu harakatlarni qabul qilishsa).
5) Oldindan rejalashtirilgan o’rtacha tezlikka muvofiq xolda, butun
distanstiyani bir maromda rivok tarzda bosib o’tish. Bu variant ikkinchi vazifani
bajarishda shu xolda qo’llanilishi mumkinki, agar sportchi o’z raqiblariga nisbatan
ancha yaxshi tayyorlangan bo’lsa.
Sportchini distanstiyadagi harakat tarzi xaqida quyidagilarni aytish mumkin.
Ba’zan bellashayotgan sportchilar guruxi ichida ketish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Ayni vaqtda shuni xisobga olish kerakki, bunda o’zgacha harakat maromiga
tushish mumkin. Bu bilan esa sportchi o’zini imkoniyatlarni pasaytirib
rejalashtirilgan natijani ko’rsata olmaydi.
Aksari xollarda, musobaqaning qolgan barcha ishtirokchilari bilan kurashni
ikki sportchi olib boradi. Tezyurar sportchilar aytishidek: “ikkovlashib yurish
oson”, galma-gal ildamlashib, ular yaxshi natijalarga erishadilar (Solomin A. va
Yakovlev B., Barch O.V. va Fursov V. 1978 y.).
O’yingoxdan tashqaridan (shossedan) o’tkaziladigan musobaqalaridan har bir
sportchi yuqoriga ko’tarilganda yoki pastga tushayotganida yaxshi yuradi. Shu
tariqa, boshqa ishtirokchilardan uzoqlashishga urinishni sportchi trassaning aynan
ana shu qismlarida amalga oshirishi kerak.
Taktik fikrlash, taktik maxorat asta-sekin takomillashib boradi. Taktik
tayyorgarlikni takomillashtirish uchun quyidagilar tavsiya etiladi:
1) Sportchilar taktikasiga e’tibor bergan xolda engil atletika, chang’i sporti, velo
sporti bo’yicha maxsus adabiyotlarni mutoala qilish.
2) Sport faxriylari va tajribali murabbiylar bilan suxbatlar o’tkazish.
3) U yoki bu distanstiyani bosib o’tish grafiklarini taxlil etish.
4) Masofa bo’lagi bo’ylab yurish vaqtini sub’ektiv xis etish bilan sekundomer
ko’rsatkichlarini o’zaro taqqoslagan xolda tezlik tuyg’usini tarbiyalash.
5) Marra tezligini takomillashtirish.
6) Sportchi yurishning og’ir sharoitlariga tayyorlanish maqsadida uzoq yurish
vaqtida turli uzunlikdagi siltanishli harakatlar va tezlanishlarni bajarish.
7) Mashq qilish jarayonida optimal tezlikni aniqlash va uni butun distanstiya
davomida saqlab qolish. Sportchi bu tezlikni yaxshi bilishi zarur. U xavoga mazkur
davrdagi sportchining funkstional xolatiga bog’liq bo’ladi.
8) Xozirgi vaqtda sportchi yurishda xakamlik vizual tarzda o’tkazilishi sababli,
distanstiyaning aloxida bo’laklarida sportchi o’z texnikasini ko’rsata olishi kerak.
9) Musobaqalarda muvaffaqiyat bilan qo’llash uchun, mashq qilish jarayonida
taktika yangiliklari va usullarini sinab ko’rish.
Dostları ilə paylaş: |