Buxoro davlat universiteti jismoniy tarbiya fakulteti sport kafedrasi



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/21
tarix02.01.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#39814
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
sportcha yurishni rivojlanishi va maxsus mashqlari

 

17. 

Turgan  joyda  sportcha  yuruvchining  qo’l 

harakatini  taqlid  qilish.  Bunda  gavda  to’g’ri  tutiladi 

va qo’llar jadal harakat qiladi (17-rasm). 



 

18. 

Joyida  turgan  holda  tizza  bo’g’imlarini 

bukmasdan  oyoq  uchiga  ko’tarilib,  tos  sohasini  bir 

tomonga  va  yelka  kamarini  boshqa  tomonga  burish. 

Mashqning  tеz-tеz  va  aniq  bajarilishiga  ahamiyat 

bеrish kеrak (18-rasm). 



 

19. 

Shu  mashqning  o’zi,  faqat  yuqoriga  sakrab 

bajariladi (19-rasm). 

 

 



Xulosa 

Yurish – bu odamning odatdagi harakatlanish usuli bo’lib, barcha yoshdagi 

odamlar  uchun  ajoyib  tarzdagi  jismoniy  mashq  hisoblanadi.  Uzoq  vaqt 

davomiyligidagi  va  ritm  ko’rinishidagi  yurish  davomida  odam  tanasining  deyarli 

barcha muskullari ish bajarishga jalb qilinadi, bu holatda yurak va qon  – tomirlar 

tizimi,  nafas  olish,  asab  va  organizmning  boshqa  organlar  tizimlari  faoliyati 

kuchayadi,  moddalar  almashinuvi  faollashadi.  Odatdagi  yurish  eng  avvalo, 

sog’lomlashtiruvchi  ahamiyatga  ega  hisoblanadi.  Odam  erta  bolalik  davridan 

boshlab  yurishni  boshlaydi.  Biroq,  barcha  odamlarning  to’g’ri,  chiroyli  va 

tejamkor ko’rinishda yurishni o’rganishi zarur hisoblanadi.  

Sportcha  yurish  –  yengil  atletika  turlaridan  biri  bo’lib  hisoblanadi.  Hozirgi 

vaqtda  sportcha  yurish  bo’yicha  bellashuvlar  barcha  yirik  musobaqalarda, 

jumladan,  olimpiya  o’yinlarida  ham  o’tkaziladi.  Musobaqalarda  qabul  qilingan 

masofalardan (5, 10, 15, 20, 25, 30, 50 km) ikkitasi asosiy hisoblanadi: 20 km va 

50 km.  

         Sportcha  yurish  bilan  shug’ullanuvchi  sportchilar  soni  yil  sayin  oshib 

bormoqda. Ayollar orasida ham sportcha yurish ommalashib bormoqda.  

         Sportchilarning  sport  texnikasi  natijalarini  o’sib  borishi  yengil  atletikaning 

bu  turiga  yoshlarning  kirib  kelishi,  musobaqalar  soni,  sportcha  yurishning 

ommalashtirilishi,  mamlakatimiz  va  dunyoning  tez  yuruvchi  sportchilarini  mashq 

qilish  tajribasini  umumlashtirish,  sportcha  yurishda  mashq  qilish  va  o’qitish 

uslubiyatini o’rganish hamda ilmiy tadqiq etishga bog’liqdir. 

Sportcha  yurish  bo’yicha  dastlabki  musobaqa  1986  yilda  Angliyada 

o’tkazilgan.  Keyinchalik,  sportcha  yurish  musobaqalari  boshqa  mamlakatlarda, 

jumladan  –  Germaniya,  Italiya,  Kanada, Shvestiyada  tashkil  qilinishi  boshlangan. 

Olimpiya  o’yinlari  dasturi  tarkibiga  sportcha  yurish  1906  yilda  Afina  shahrida 

o’tkazilgan  navbatdagi  Olimpiya  o’yinlari  davomida  kiritilgan.  XVI  Olimpiya 

o’yinlaridan boshlab (Melburn shahri, 1956 yil), tez yuruvchi sportchilar o’rtasida 

ayollar guruhlarida 20 km  masofada, erkaklar guruhida 20 va 50 km  masofalarda 

yurish musobaqalari tashkil qilinishi belgilangan.  




Hozirgi vaqtda erkakalar o’rtasida  sportcha yurish  bo’yicha dunyo rekordi 

20 km masofaga  Bernardo Segura, shu masofa shosseda Vladimir Kanaykinlarqa 

tegishli  bo’lib,  Bernardo  Segura  1:17:25,6  natija,  (Meksika,  1994  yil),  Vladimir 

Kanaykin 1:17:16,7 (Rossiya, 2007 yil) teng natijalarni qayd qilgan bo’lsa, ayollar 

o’rtasida  sportcha  yurish    bo’yicha  dunyo  rekordi  20  km  masofaga    Olimpiada 

Ivanova, shu masofa shosseda Yelena Lashmanovalarqa tegishli bo’lib, Olimpiada 

Ivanova  1:26:52,3  natija,  (Rossiya,  2001  yil),  Yelena  Lashmanova  1:25:02 

(Rossiya, 2012 yil) teng natijalarni qayd qilgan. 




Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin