45
Ilmiy-texnik tafakkurning borgan sari o’sishi va yoshlarning fan-
texnikaning jo’shqin rivojlanishida faol ishtirok etishlari faqat ta’lim
mazmunini emas, balki o’qitish jarayonining usul va shaklini to’g’ri
tashkil
etilishini, o’qishga qiziqishni, ijodiy qobiliyatni, egallangan
bilimlarni amalda ijodiy qo’llay bilishni rivojlantirish maqsadlarida
yanada takomillashtirishni ham talab qiladi. “Bu
esa maktab
zimmasiga yoshlarda ijodga ehtiyoj uyg`otish, ijodiy qobiliyatlar, har
qanday faoliyatga ijodiy yondashish asoslarini tarkib toptirish, ijodiy
masalalarni mustaqil hal etishga o’rgatish vazifasini yuklaydi”.
Boshlang`ich sinfda mehnat shakli turli-tuman bo’lib, ularni
shartli ravishda boshlang’ich mehnat shaklining quyidagi shakllariga
ajratish mumkin:
turli mаtеriаllarni to`plаsh, ularga
ishlov berish vа sаqlаshga oid
mehnat
qog’oz, karton,
tolali materiallar
plastik massa, lentalar
Tеvаrak-аtrоfni
muhоfаzа
qilishga oid mehnat
sinf burchagida “jonli tabiat”
yaratish, ekinzor tashkil etish,
sabzavotlar
o’stirish, gulxona
yaratish
turli tаbiiy mаtеriаllargа аsbоblar
va ish qurollari bilan ishlоv
bеrishga oid mehnat
daraxt
barglari, novda, qamish,
poxol, g’o’za chanoqlari, yong’oq
qumni to’plash.
mustаqil
ravishda
ijоdkоrlik
qоbiliyatlarini o`stirishga oid
mehnat
o’z uyida gullar parvarishlash,
mevali
daraxtlar
ekish,
turli
hunarmandchilik
sirlarini
o’zlashtirish.
obrаzlar,
pеrsоnаjlar,
o`yinchоqlarni yarаtishga oid
mehnat.
tabiiy
va
sun’iy
tolalarda
o’yinchoqlar tikish, “pape
mashe”
qog’ozlar
vositasida
yasash.
Mazkur shakllar o’quvchilarda mehnatning :
1. Qоg`оz vа kаrtоn bilаn ishlаsh;
2. Gаzlаmа bilаn ishlаsh;
3. Turli mаtеriаllar bilаn ishlаsh;
4. Tехnik mоdеllаshtirish;
46
5. Qishlоq хo`jаligi mеhnаti turlari bo’yicha bilim, malaka va
ko’nikma hosil qilishga da’vat etadi
Boshlang’ich sinflarda texnologiya fanini amalga oshirib borishda
boshqa predmetlarni o’rgatishda bo’lganidek, o’qitishning xilma-xil
metodlari qo’llanilib, o’qitishning xilma-xil metodlari qo’llanilib,
o’quvchilarning texnologiyaga bo’lgan qiziquvchanligini va
ziyrakligini oshirib boradi. Ma’lum mavzu
doirasadagi bilimlarini
amalga qo’llay olish usullarini o’rgatadi. O’qitish metodi qisqa vaqt
mobaynida o’quvchilarga ko’proq bilim berishni o’ziga maqsad qilib
oladi.
O’qitish metodlari bilimlarning shunday darajada egallanishiga
xizmat qiishi kerakki, unda o’quvchilar o’qituvchining
berayotgan
ko’rsatmalari asosida o’zlarining ijodkorliklari, fantaziyalarini ishlata
olish, olingan bilimlarini shu ko’rsatmalar asosida amalda ochib bera
olishi kerak. Albattaki, har bir metodni o’z o’rnida qo’llash kerak,
oddiy chizma chizishni butun sinfga barobar o’rgatishda frontal,
amaliy ish bajarishda yakka shakldan foydalaniladi.
Bitta darsning o’zida o’qitishning turli usullari qo’llanishi
mumkin.
O`qituvchining
intilishi,
xatti-harakati
darsda
o’quvchilarning
diqqat-e’tiborlari
susaymasligiga,
fikrlarining
jamlangan bo’lishiga, ularning charchamasliklari va zerikmasliklariga
yo’llangan bo’lishi kerak.
Didaktik jarayon tuzilmasiga ko’ra ta’lim metodlari 3 guruhga
bo’linadi:
1.
O’quv-bilish faoliyatini tashkil etish va bajarish metodlari;
2.
O’quv- bilish faoliyatini rag’batlantirish va motivlash
metodlari;
3.
Nazorat va o’z-o’zini nazorat (boshqarish) qilish metodlari.
Dostları ilə paylaş: