Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/114
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#196914
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   114
12695 2 1F78141C8FE347CF075407B8659ABEF4B14CF9DE

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 
1. Boshlang’ich texnologiya fani DTS mazmunini yoritib bering. 
2. O’quv fani dasturi qanday hujjat va u qanday mazmunga ega?
3. O’quv dasturi mazmunini yoritishda qanday talablar 
qo’yilgan? 
4. Mеhnatning o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish turi qanday tashkil 
qilinadi?
5. Tabiat quchog’idagi mеhnat turlari va ularni qanday tashkil 
qilish mumkin?
6. Qo’l mеhnatining turlarini aytib bеring. 
4-MAVZU. BOSHLANG

ICH SINF TEXNOLOGIYA 
DARSLARIGA KOMPETENSION YONDASHUV 
Reja: 
1.Boshlang‘ich 
sinflarda 
texnologiya 
darsi 
mavzulariga 
qo‘yilgan talablar.
2. Boshlang‘ich sinflarda texnologiya ta’limi tuzilishi o‘ziga xos 
xususiyatlari va mazmuni. 


38 
3. Barcha materiallarni o‘rganishdagi uzviylik va uzluksizlik.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: 
Boshlang`ich sinfda texnologiya darsi, texnologiya kursining 
tuzilishi, o`ziga xos
xususiyatlari, mazmuni, mavzulararo uzviylik va uzluksizlik, 
ko`rgazmalilik, nazariy bilim,texnologiya darsida kompetension 
yondashuv  
Boshlang`ich sinfda o’tiladigan har bir texnologiya darsi ta’limiy 
va tarbiyaviy xarakterga egadir. Ta’lim jarayoni o’z navbatida 
o’quvchilarga axloqiy, ma’naviy, g`oyaviy-siyosiy, texnologiya,
estetik, iqtisodiy, ekologik va jismoniy tarbiyani ham berib boradi.
Tajribalardan ma’lumki, pedagogik talablar asosida tashkil topgan har 
qanday yaxshi dars o’quvchilarni mazmunli va samarali bilimga ega 
bo’lishlarini, e’tiqod va amaliy harakatlar birikmasi sifatida esa 
vatanparvarlik g`oyalarini, ularning hayotiy nuqtayi nazarini, ishiga 
cheksiz sadoqatini shakllantiradi. Pedagogik talablar asosida 
o’qitiladigan texnologiya darslarining ahamiyati yana shundaki, dars 
davomida o’quvchilarda puxta bilim hosil bo’ladi, texnologiyaga 
ijobiy munosabat tarbiyalanadi va ularga texnologiya ko’nikmalari 
hamda malakalari singdiriladi. O’quvchilar tomonidan egallangan 
bilimlar, shakllangan malakalar va hosil bo’lgan ko’nikmamalar ularni 
moddiy ishlab chiqarish sohasidagi amaliy faoliyatga va kasbni ongli 
tanlashga tayyorlaydi. 
Texnologiya darsining xususiyatli tomonlaridan biri shundaki, 
o’qitish vazifasi faqat uyg’un birlikdan tashkil topgan ta’limni emas, 
balki mazkur sinfni, umuman har bir o’quvchining alohida 
xususiyatlarini nazarda tutuvchi eng yuqori aniqlilik ham bo’lishi 
kerak. Ma’lumki, boshlang`ich sinfda ta’lim oluvchi o’quvchilar yosh 
xususiyati, idrok etish qobiliyati, xotiralashi, texnologiya sohasida 
tayyorgarliklari, tengdoshlari bilan munosabati, qiziqishlarining har 
xilligi, xatti-harakatidagi madaniyat shakllari, tartib-intizomiga ko’ra 
bir-birlaridan farqlanadilar. Shu bois, har bir dars tuzilishi o’quv 
materialining maqsadi va mazmuni, o’quv faoliyatining tashkil 
etilishiga qarab aniqlanadi. Zamonaviy texnologiya darslari mazmuni, 
o’quv faoliyatini tashkil etish usul va shakllari qanday talablarga 
javob berishi kerak? 


39 
Bu borada ta’kidlash joiz, texnologiya darslari mazmuniga 
qo’yiladigan eng muhim talab - o`quvchilar faolligini oshirish 
maqsadiga qaratilgan bo’lishi kerak. Talabning bunday qo’yilishi 
o’quv jarayoni davomida o’quvchilarning bilish imkoniyatlarini 
rivojlantirish imkonini beradi. Bu o’z navbatida, o’quvchilarda 
kundalik xatti-harakatning asosi sifatida keng dunyoqarash va axloq 
asoslarini shakllantirish uchun eng qulay sharoitlarni ta’minlash 
zarurligidan dalolat beradi. 
Texnologiya dars mazmunining ilmiy asosda bo’lishi eng muhim 
talablardan hisoblanadi. 
Zamonaviy boshlang`ich sinf texnologiya ta’limi boshqa 
predmetlar ta’limi singari o’quvchilarni nafaqat nazariy ma’lumotlar 
bilan qurollantirish va bunday bilimlardan faqat hodisalar o’rtasidagi 
mavjud aloqalarni tushuntirishda doimo foydalanib qolishgina emas, 
balki texnologiya turlari bo’yicha puxta bilim berib o’quvchilarda 
texnologiya qilish malakalarini shakllantirib borish xarakterli bo’lib 
borshi kerak. 
Texnologiya darsi mazmuniga qo’yiladigan muhim talablardan 
biri - darsning hayot, o’quvchilarning shaxsiy tajribasi, texnologiya 
bilan chambarchas aloqador bo’lmog`idir. Ilg’or o’qituvchilar 
o’quvchilarga nazariy materialni o’rgatishda ularning shaxsiy tajribasi 
va kuzatishlari bilan uzviy bog`lab dars o’tadilar.
 
Berilyotgan yangi 
ma’lumot va shu ma’lumot bilan bog’liq boshqa materiallar aloqalari 
o’quvchilarning boshlang`ich tasavvurlar tiziniga mantiqan qo’shiladi. 
Bu usul pedagogika va psixologiya ta’limi talabiga ko’ra, predmet 
nazariyasini ongli o’zlashtirish shart ekanligini bildiradi. 
Mehat darslarida o’rgatiladigan o`quv materialining o’quvchilarga 
tushunarliligi va ularga nisbatan ko’nikma va malaka hosil qilinishi 
dars mazmunining asosiy yutug`idir. Amaliyotlarda buning aksi ham 
tez-tez ko’zga tashlanib qoladi. O’qituvchining o’quv materialini 
tushunarsiz tarzda bayon etishi, aniq misollarda tushuntira olmasligi 
natijasida o’quvchilarni mexanik xotirlab qolishga, qiziqishining 
pasayishiga, ularning umumiy rivojlanishining sustlashuviga olib 
keladi. 
Ma’lunki, o’quvchining o’quv faoliyati undan faol fikr yuritib 
ishlashni talab qiladigan etib tashkil etilishi maqsadga muvofiq 
hisoblanadi. Texnologiya ta’limida ham shunday yo’l tutulishi zarur. 


40 
Zero, bunday ta’lim o’quvchining texnologiya haqida, texnologiyaga 
nisbatan to’g’ri munosabatda bo’lishga oid aqliy qobiliyatlarini har 
kuni mashq qildiradigan, texnologiya bilan muntazam shug’ullanib 
turish jarayoniga aylanadi. Texnologiya bolalarni mantiqiy 
fikrlarning xilma-xil shakllari, xulosalar va isbotlar bilan ta’minlab 
turadi. Texnologiyani to’g’ri anglatish aqlan faol faoliyatga 
asoslangan har ishdan bolalar katta qoniqish hissiyotga ega 
bo’lishlariga olib keladi, albatta. Ular texnologiyalari evaziga o’zlari 
yaratgan «kashfiyot»lardan quvonadilar va faxrlanadilar, o’zlarining 
ijodiy tashabbus va fantaziyasini namoyon qilishga harakat qiladilar. 
Bundan zamonaviy darsga qo’yiladigan muhim talab o’quvchilarning 
bilish va ijodiy faoliyatlarini faollashtirishdir degan xulosa kelib 
chiqadi. 
Pedagogika o’quvchilarning bilish va ijodiy faoliyatlarini 
quyidagi usullar vositasida faollashtirisni nazarda tutadi:
1. Butun sinfga taklif etilgan muayyan ijodiy ishda har bir 
o’quvchining iloji boricha mustaqil ishlash hissasini maksimal 
ta’minlash; 
2. Bu maqsadda o’qitishning alohida va umumiy shakllarini
biriktirish usullari bilan birga maxsus didaktik tarqatma
materiallardan foydalanish; 
3. Faoliyat turlarining o’rganilayotgan material bilan to’g`ri 
munosabatini ta’minlash; 
4. Dastur materiallari asosida darsda zehnlilik, diqqat, tasavvur va 
shu kabilarni tekshirish hamda shakllantirish maqsadida o’ziga xos 
konkurslar o’tkazish. 
Bu usullarni texnologiya darslari jarayonida ham tatbiq qilish 
maqsadga muvofiq. Bolalar darslar davomida texnologiya va 
politexnik bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lsin. Xilma-xil 
amaliy ishlarni bajarish, o’zlariga kerak bo’lgan va odatda ijtimoiy 
foydali ahamiyatga ega bo’lgan predmetlar yasashni o’rganib 
borsinlar. 
O’qituvchining asosiy vazifasi o’quv yili davomida darslar 
mazmuni, o’quvchilarga tushuntirish shakl va usullari, amaliy ishlarni 
bajarish yo’llarini aniq reja asosida ishlab chiqishidir.
O’qituvchi ish rejasida bo’lishi kerak: 


41 
- bolalarning predmetlarni yasash va bolalar kundalik hayoti 
uchun zarur bo’lgan ishlarni bajarish; 
- jamoa birligini, sinfdagi tartib va tozalikni yo’lga qo’yish;
- tabiatdagi mashg’ulotlar, matematika, ona tili darslaridagi o’quv 
ishlari;
- bayramlar o’tkazish, bolalarning texnik ijodiy konstruksiyalash, 
qo’l texnologiyasining har xil turlariga bo’lgan qiziqishlarini 
qondirish va rivojlantirishda egallagan bilim, ko’nikma, malakalarini 
kengaytirish va takomillashtirishni izchil biriktirishni ta’minlasin. 
O`qituvchi har qanday, hatto eng oddiy predmetni yasash 
jarayonida ham o’quvchilarga qiyin va politexnik bilim hamda 
ko’nikmalarning butun bir majmuasini berishni nazarda tutishi lozim. 
I. Detallarni belgilab olish va tayyor qilishga kirishishdan oldin 
bolalarga narsalarni yasash yoki biror ishni bajarish bo’yicha o’z 
texnologiya faoliyatlarini oldindan rejalashtirishni o’rgatish va 
singdirish lozim. Bu:
a) darsda hal etilishi lozim bo’lgan vazifani va uning ahamiyatini 
yaxshi tushunish; 
b) 
ishning xarakterini, mahsulot konstrukstiyasini-qism yoki 
detallar sonini, ularni mahsulotga biriktirish usullarini, kerakli 
materiallar, o’lchamlar, shakl, mahsulot va detallar proporsiyasini aniq 
tasavvur qilish; 
v) 
detallarni yasash va ularga ishlov berish usullari; o’lchash 
va hisoblash, materialda razmetka qilish tartibi, ishlov berish, 
detallarni yig`ish, yakuniy bezak berish va ishni umumiy baholash 
tartibini aniqlash; 
g) texnologiyani qanday tashkil etishni, ish joyini tayyorlashni, 
ishni kichik jamoa o’rtasida taqsimlashni aniqlash demakdir. 
Oldindan 
rejalashtirish 
bosqichi 
texnologiya 
jarayonida 
bolalarning 
bilish 
faolliklarini 
rivojlantirish, 
ularning 
aqliy 
ko’nikmalari va qobiliyatlarini rivojlantirish manbayiga aylanishi 
uchun juda muhimdir. Oldindan rejalashtirish texnologiya ta’limi 
dasturuning asosiy talablaridan biri hisoblanadi. 
II. Texnologiya darslarida bolalar detallarni belgilab olish 
bo’yicha tayyor qilish, namuna, chizma, berilgan texnik shart va 
o’lchamlar asosida to’gri hamda aniqligini tekshirishni, detallarni bir-


42 
biri bilan va mustahkamlash usuli turlicha bo’lgan mahsulotda 
biriktirishni, tayyor mahsulotni bezashni mustaqil bajaradilar. 
III. Texnologiya faoliyatining barcha bosqichlarida ham bolalar 
oldiga ijodiy, hatto eng oddiy bo’lsa-da, xarakterli topshiriqlar 
qo’yilishiga alohida e’tibor berish zarur. Ba’zi hollarda bu mavjud 
tajriba, bilim, ko’nikmalarni yangi sharoitlarda qo’llashni talab 
qiluvchi topshiriq bo’lishi mumkin. Boshqa hollarda esa, bolalarga 
ular uchun yangi, ilgarigi tajribalarida uchramagan topshiriq, ya’ni 
predmet ayrim elementlarining yechimini topishni talab etuvchi 
topshiriq beriladi. Bolalarga oddiy konstrukstiyaga ega bo’lgan 
predmetlarning texnik shartlarini tuzishni, o’lchamlarini aniqlashni, 
chizma yoki belgilab olingan(razmetkas)ini bajarishni ham topshiriq 
qilib bersa bo’ladi. 
IV. O`quvchilar: 
-ish joyini to’g`ri tayyorlashlari va ish vaqtida uni tartibli 
saqlashlari;
- to’g`ri ish qomatini egallab, uni ish davomida saqlashlari;

asboblar, 
detallarni 
tayyorlash 
va 
mustahkamlashda 
ishlatiladigan materiallardan turli, tartibli, ehtiyotkorlik bilan 
foydalanish usullarini egallashlari;
- materiallarni tejamkorlik bilan sarflab, shaxsiy gigiyena hamda 
xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya qilishlari kerak. 
V. Texnologiya darslarida bajarilgan har bir ish va predmetdan 
bolalarning politexnik bilim doiralarini kengaytirishda foydalanish 
zarur. Bu: 
- bolalarni umumta’lim predmetlari darslarida egallagan bilim va 
ko’nikmalarini texnologiya jarayonida qo’llashga o’rgatish; 
- turli materiallarning xususiyatlari, ularning kelib chiqishi, 
nimalarga mo’ljallanganligi hayotda qo’llanishi haqidagi bilimlarni 
egallashlariga yordam berish;
- oddiy asboblarning ish prinsiplari bilan tanishtirish;
- texnologiyada egallangan bilim, ko’nikmalarni umumta’lim 
predmetlari darslarida qo’llashga o’rgatish demakdir. 
Boshlang`ich sinf o`quvchilarining texnologiya darslarida 
bajaradigan ishlarning to’g’ri, sifatli va mazmunli bo’lishi ko’p 
jihatdan ular tomonidan egallangan nazariy bilimlar natijalariga
bog’liq. Nazariy bilimi yaxshi bo’lgan o`quvchilar amaliy 


43 
masalalarni hal etish uchun muhim bo`lgan turli materiallarning 
xususiyati va sifati (yumshoq-qattiq; yengil-og`ir; zich-g`ovak; 
mustahkam-nozik; tiniq, oq, rangli va hokazo), shuningdek, har bir 
materialning ishlov berishdagi qarshilik xususiyatlarini to`g`ri tushunb 
ishni sifatli va mazmunli bajaradi.
Texnologiya darslarida o`quvchilar faoliyatining muhim natijasi – 
ularning o`rganilayotgan obyekt va hodisalarning yangi belgi va 
xususiyatlarini avvalo, nazariy jihatdan tushunib olishi, ularni 
mustaqil aniqlash malakasiga ega bo’lishi, darsdan darsga yanada 
aniqroq va kengroq nazariy bilimlarga ega bo’lishi kerak. Masalan, 
darsda o`qituvchi o`quvchilar qog`oz turlari va ularni bir-biridan 
farqlash haqida, qog`ozning ko`pgina vazifaga ega material ekanligini, 
qog’ozning 
umumiy 
xususiyatlari, 
qo`llanish 
va 
undan 
foydalanilishining cheksiz imkoniyatlarini ta’riflab, tushuntirib beradi. 
Amaliy ishlarda qog’ozdan foydalanish texnologiyalarini o’rgatadi. 
O`quvchilar shu tariqa qog’oz xususiyatlarini farqlash, boshqa 
materiallarga o`xshash xususiyatlarni izlash va topish, ularning aniq 
amaliy maqsadlar uchun tanlanishini asta-sekin o`rganib boradilar. 
Bularning barchasi bolalarda buyumni konstruksiyalashtirish va uni 
to`g`ri bajara olish ko`nikmalarini rivojlantirish uchun muhim 
ahamiyatga ega. Mеhnat darslarida o’quvchilarga nazariy bilim 
berishda 
buyum, 
material, 
ulardan 
foydalanish, 
tayorlash 
texnologiyalarini ko’rsatib izohlanishi amaliy ishlarni bajarishda 
yaxshi natija beradi. Bu buyum-narsani xuddi namunadagidеk yasash 
uchun namuna bo’ladi. Bolalar o’qituvchining nazariy ta’riflashini 
tinglaydi va amaliy ko’rsatib borishini sinchiklab qarab, buyumni 
yasash yo’llarini qunt bilan izlaydilar. Masalan, birinchi sinf mеhnat 
darslarida, odatda tayyorlanishi kеrak bo’lgan buyum-narsaning 
namunasi ko’rsatiladi. Bunda birinchi sinf o’quvchilari uchun rеal, 
buyum-narsa, buyumning namunasi zarurligi nazarda tutiladi, bolalar 
unga qarab, mazkur buyum-narsa qanday qilinganligini, qanday qilib 
xuddi 
mana 
shunday 
qilinganligini, 
qanday 
qilib 
xuddi 
namunadagidek tayyorlash mumkinligi o’ylaydilar. 
Mеhnat mahsuloti muayyan buyum-narsalar tayyorlangandan 
kеyin u qanday bo’lishi, tayyor buyum holidagina еmas, balki 
qismlarga bo’lingan holda qanday qismlardan iboratligini, qanday 


44 
birikkanligini ham, tasavvur еta olish malakasini tarkib toptirish 
muhimdir 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin