Mavzu yuzasidan savol va topshirilar:
1. O’quvchilarni kasb-hunarga qiziqtirishda mutafakkirlar
ta’limotining ahamiyati qanday rol o’ynaydi? Misollarda izohlang.
2. Kasb-hunar haqida ma’lumot bering.
3. Mutafakkirlarning kasb-hunarga oid qarashlari, fikrlarini
misollarda tushuntirib bering.
4. Kasb-hunar haqida qanday tadbirlar mavjud?
5. An’anaviy kasb-hunarlar deganda nimalar nazarda tutiladi?
6. Kasb-hunar haqidagi o’yinlar va ularni o’ynash usullarini
izolab bering
76
9-MAVZU: BOSHLA
NG‘ICH
TA‘LIMDA
MEHNAT
TARBIYASI VA KASB-HUNAR TURLARI
Reja:
1.O‘quvchilarni mehnatga tarbiyalsh.
2.Kasb-hunarlar haqida tushuncha.
3.Kasb-hunar turlari va mazmuni.
4. Texnologiya darslarida kasb-hunarga yo‘naltirish.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Kasb,hunar,mehnat
tarbiyasi,kasb tiplari,kasb guruhlari,kasb turkumlari,mezonlar
Mehnat tarbiyasi o‘quvchilarga mehnatning mohiyatini chuqur
anglatish, ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan
ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy ko‘nikma va malakalarini
shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo‘lib,
ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.
Mehnat tarbiyasini shunday tashkil etish kerakki, inson mehnat
jarayoni va uning natijasidan qanoatlanishini tarkib toptirishga
ko‘maklashsin. Mehnat tarbiyasining pirovard maqsadi shaxs
xarakterining asosiy xislati sifatida uning mehnatga bo‘lgan ehtiyojini
shakllantirishdir.
Maktab ta'limining hozirgi bosqichida o'quvchilarni mehnatga
tayyorlash, o'sib kelayotgan avlodning ta'lim va tarbiyasidagi eng
zarur vazifalardan biri hisoblanadi, chunki mehnat har qanday
rivojlanish va taraqqiyot jarayonining asosidir.
Mehnat tarbiyasining maqsadi o‘quvchilarda mehnatga ongli
munosabatni shakllantirishdir. Mazkur maqsadga erishish yo‘lida
quyidagi vazifalarni ijobiy hal etish maqsadga muvofiq:
•yosh avlodda mehnat qilish istagini qaror toptirish va ularni
zamonaviy ishlab chiqarishning turli sohalarida faoliyat yuritishga
tayyorlash;
•o‘quvchilarda umumjamiyat manfaati yo‘lida mehnat qilish
ehtiyojini hosil qilish;
•ularning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish;
•o‘quvchilarning
mavjud
bilimlarini
uzluksiz
ravishda
takomillashtirib borishlari uchun zarur shart-sharoitni yaratish;
•ularda mehnat ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish;
77
•o‘quvchilar faoliyatida yuqori madaniyat, maqsadga intilish,
tashkilotchilik, mehnat intizomi, tadbirkorlik, tejamkorlik, ishni sifatli
bajarish, moddiy boyliklarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish,
hayotiy faoliyat yo‘nalishini belgilash malakalarini shakllantirish;
•o‘quvchilarda davlat iqtisodiy siyosati mazmuniga tayangan
holda ular yashab turgan hududlar ishlab chiqarish xususiyatlariga
muvofiq kasblarni egallashga bo‘lgan qiziqishni oshirish;
•o‘quvchilarni kasbga yo‘llash, ularni mehnat faoliyatining barcha
turlari, shuningdek, ular yashayotgan hududda ehtiyoj mavjud bo‘lgan
mutaxassisliklar bilan tanishtirish.
Boshlang'ich sinflarda o'quvchilarni mehnatga tayyorlash ularning
qiziqishlari, moyilliklari va imkoniyatlariga asoslangan qo'l mehnati
hisoblanadi.
Qo'l mehnati jarayonida bolalar asosan ishlab chiqarish
texnologiya chiqindilari qog'oz, karton, sim, yog'och, gazmol va
boshqalar bilan: tabiiy va sun’iy xom-ashyolar maxsus loy, yog'och va
plastmassalar, plastilin, yelim va boshqalar bilan keng iste'mol mollari
va xalq hunarmandchiligi mahsulotlari, tayyorlash uchun mahalliy
xom-ashyolar bilan elektr, radiotexnika to'plamlari va hokazolar bilan
ishlashga o'rganadilar.
Mazkur vazifalar tizimida o‘quvchilarni mehnatga psixologik va
amaliy jihatdan tayyorlash ularning qiziqish va qobiliyatlarini aniqlash
orqali amalga oshiriladi.
Bolani mehnatga psixologik tayyorlash – unda mehnatga nisbatan
uning yoshiga mos keluvchi ongli vaq ijobiy (musbatlar)
munosabatlarni tarkib toptirish, unda amaliy malaka va ko'nikmalarini
egallashga qiziqishlarni shakllantirishdan iboratdir.
Mehnat tarbiyasi o‘quvchilarning aqliy, ma'naviy-axloqiy,
jismoniy va estetik tarbiyasi bilan o‘zaro bog‘lik holda yaxlit tizimda
amalga oshiriladi. Chunonchi:
1.Aqliy tarbiya o‘quvchilar mehnat tarbiyasi, ularni kasbga
tayyorlashning asosi sanaladi. Zero, mehnat – nazariy va amaliy
bilimlarni egallashga yordam beradi, bilim esa o‘z navbatida shaxsni
mehnatga tayyorlashni takomillashtiradi. Mehnat tarbiyasining
samaradorligi o‘quvchilarni mehnat faoliyatiga tayyorlash jarayonida
har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalash vazifasi bilan
belgilanadi.
78
2.Mehnat
tarbiyasi
axloqiy
tarbiyaning
asosiy
vositasi
hisoblanadi. Chunki mehnat faoliyati yordamida o‘quvchida
mehnatsevarlik, intizomlilik, irodalilik, tashabbuskorlik, mustaqil
harakat qilish kabi axloqiy xislatlar ham shakllanadi.
3.Mehnat tarbiyasi estetik tarbiya bilan mustahkam aloqada olib
boriladi. Mehnat tarbiyasi mazmuniga estetik elementlarni singdirish
asosida uni amalga oshirish o‘quvchilar mehnat tarbiyasida katta
ahamiyat kasb etadi. Mehnatda go‘zallik va o‘z mehnatidan
zavqlanish uning yanada samarali kechishiga yordam beradi.
Yuqoridagilarga asoslanib, o‘quvchilar mehnat tarbiyasida quyidagi
mezonlarni asos qilib olish maqsadga muvoifq. Bular:
•o‘quvchilar tomonidan mehnatning ijtimoiy ahamiyatini
tushunilishi;
•ularning ixtiyoriy ravishda mehnat qilishlari;
•ularda mehnat qilmay hayot kechiruvchilarga nisbatan nafrat
uyg‘otish;
•o‘quvchilarda mehnat va mehnat ahliga hurmat tuyg‘ularini
qaror toptirish;
•ularda mehnatda javobgarlikni his etish tuyg‘usini tarbiyalash;
•ularning mehnatga ongli munosabatda bo‘lishlariga erishish;
•mehnatda ijodkorlikni qo‘llab-quvvatlash;
•o‘quvchilarda jamiyat va umumxalq mulkini ko‘z qorachig‘iday
asrash tuyg‘ularini shakllantirish;
•mehnatda do‘stlik, o‘rtoqlik va hamkorlikka erishish;
•o‘quvchilarning
mehnatni
go‘zallik
manbai
sifatida
tushunishlariga erishish va boshqalar.
Mehnat eng muhim iroda va ahloqiy sifatlarning rivojlanishiga
yordam beradi. Mehnat ta'limida mehnatga psixologik tayyorgarlik,
mehnat faoliyatining to'g'ri motivlaritarbiyalanadi, shaxsning har bir
ongli mehnatkash uchun zarur bo'lgan sifatlari shakllanadi.
Kasb - (Lotincha: professio — rasmiy koʻrsatilgan mashgʻulot,
ixtisoslik) — maxsus nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalar
majmuyiga ega tajribali shaxsning mehnat faoliyati turi hisoblanadi.
Kasb - kishining mehnat faoliyati, doimiy mashg'ulot turi.
Hunar - oʻzbek tiliga tojik tilidagi shakli olingan; asli “layoqat”,
“sanʼat” maʼnolarini anglatadi; keyinchalik “kasb” maʼnosini ham
anglata boshlagan. Dunyoda 10000 dan ortiq kasb va mutaxassisliklar
79
mavjud.
Ushbu
kasblarning
birini
qobiliyatlarimizga,
dunyoqarashimizga eng asosiysi qiziqish va moyilliklarimizga qarab
tanlashimiz kerak. Inson ishlayotgan vaqtda uning diqqat-e`tibori
sohaga emas (bu soha qanchalik yaxshi, obro’-e`tiborli va boshqa
ko’pgina afzalliklarga ega bo’lishiga qaramay), balki mehnat predmeti
(ob`yekti)ga qaratilgan bo’ladi. Mana shu predmetni ishlatib, nimadir
qilish kerak (bu endi mehnatning maqsadi bo’ladi). Har qanday
mehnatda qurollar, vositalar mavjuddir. Nihoyat, odam uchun uning
qanday sharoitda ishlashi muhim ahamiyatga egadir. Kasb tanlashni
o’ylayotgan kishi uchun qulay bo’lgan kasblar klassifikatsiyasi mana
shu belgiga qarab tuziladi.
Dostları ilə paylaş: |