81
Odamning o’zgartiruvchi faoliyati faqat buyumlargagina qaratilib
qolmay, shu bilan birga energiya turlariga, axborotlarga, jarayonlarga,
ijtimoiy hayotning tuzilishiga qaratilgan bo’lishi ham mumkin. Mana,
bunga faqat birgina misol keltiramiz. Yetakchi o’quvchilarni
uyushtirdi va ular ko’chat o’tqazishda faol ishtirok etdilar. Mana shu
misolda faqat tabiatning o’zgarganligi to’g’risida
gapirish kifoya
qilmaydi. Bu yerda eng muhimi bolalarning mehnatga, bir-birlariga
bo’lgan munosabatlari o’zgaradi va hokazo.
3. Tadqiqotchilik kasblari (I). Mazkur turkumning nomi izoh
berishni talab qiladi. Bu nomga qarab, mazkur kasb qidiruv ishlari
bilan (masalan, geologik qidiruv ishlari bilan)
yoki ilmiy tadkiqotlar
bilan, albatta, bog’liq kasb bo’lsa kerak, deb o’ylamaslik kerak. Bu
yerda o’zgartiruvchi turkumga yaqin bo’lgan kasblar to’g’risida gap
boradi.
Mazkur turkumdagi kasbda qilinadigan mehnatning maqsadi-
qandaydir bir noma`lum narsani, buning ustiga ko’pincha cheklangan
bir vaqt sharoitida qidirishdan iborat bo’ladi.
Kasblarning bo’limlari va guruhlari
Kasblarning bo’limlari. Mehnat vositalariga qarab kasblar
bo’limlarga bo’linadi.
1. Qo’l mehnatidan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan kasblar (Q).
Mazkur
kasbda
ishlovchi
kishilar
qo’l
mehnatidan
va
mexanizatsiyalashtirilgan
mehnat
qurollaridan
foydalanadilar.
Masalan, otvyortka, skalpel (jarrohlik pichog’i), shtixel (yog’ochga
yoki metallga oyib gul solish asbobi), reysfeder, tortsovka
(boyoqchilar cho’tkasining bir xili),
elektr drel, bo’yoq purkagich,
pnevmatik otboyka bolg’asi va hokazolar ana shunday ish quroli
hisoblanadi.
2. Qo’lda boshqariladigan mashinalardan foydalanish bilan
bog’liq bo’lgan kasblar (M). Boshqacha qilib aytganda, ularni ham
mashinada, ham qo’lda ish bajariladigan kasblar deyish mumkin —
tokar, frezerchi, kran mashinisti, keng profildagi traktorchi-mashinist,
elektrovoz mashinisti va boshqalar ana shunday ham qo’l mehnati,
ham mashinadan foydalaniladigan kasblar qatoriga kiradi.
Bunday
kasblarda ishlaydigan kishilardan faqat texnologik bilimlarga ega
bo’lish talab qilinmasdan, shu bilan birga ulardan qo’l mehnati
malakasiga ega bo’lish ham talab qilinadi.
82
3. Avtomatlashtirilgan va avtomatik sistemalardan, apparatlardan
foydalanish bilan bog’liq bo’lgan kasblar (A). Avtomatlashtirish
darajasiga qarab ishlayotgan kishining
zimmasiga har xil vazifa
tushishi mumkin. Bu vazifa umuman agregatni va uning ta`miri bilan
bog’liq bo’lgan ishlarni boshqarishdan tortib o’sha agregat ishini
kuzatib turish va agar zarurat tug’ilsa, kerakli mutaxassisni
chaqirishgacha bo’lgan ishlarni o’z ichiga oladi. Mazkur kasb
bo’limining vakillari prokat stanining operatori, energosistema
dispetcheri, kimyo
ishlab chiqarishi apparatchisi, avtomatik liniyalar
operatori, po’lat quyuvchi va boshqalardir.
4. Funksional vositalar, mehnat qurollari ko’proq talab
qilinadigan kasblar (F). Bu yerda odam xulq-atvoridagi funksional
vositalar va uning nutqidagi ana shunday vositalar, ya`ni imo-
ishoralar,
tovushlar, so’zlar, jumlalarning talaffuz qilinishi, ma`no
tashuvchi va emotsional intonatsiyalar, pauzalar, yuz mimikasi
mehnat quroli rolini bajaradi. Bu bo’limga: o’qituvchi, tarbiyachi,
san`atkor, aktyor, xor yoki orkestr dirijori singari kasblar kiradi.
Mehnat malakalari madaniyati
u yoki bu mehnat jarayonida
belgilangan tartibga va harakatlat izchilligiga rioya qilish kerakligini
muntazam tushuntirib borish bilan birga bo'ladigan ko'p marta mashq
qilishlar
natijasida
tarkib
topadi,
o'quvchilarda
ana
shular
takomillashib boradi.
Odam organizmi ham funksional vosita rolini bajarishi mumkin
(balet artisti; sport pedagog-murabbiyi, ashulachi, sirk akrobati).
Mana shu kasblarni egallagan kishilar uchun o’z xotirasida juda
ko’p qoidalarni, ma`lumotlarni saqlab qolish qobiliyati, o’z-o’zini
nazorat qilish va o’z-o’zini boshqarish qobiliyati xarakterli bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: