75
bolalarda sotuvchilik kasbiga oid ko’nikma va malaka hosil bo’la
boradi.
“Kadi pishdi” o’yini dehqon bilan xaridor dialogi asosida tashkil
etiladi. Unda dehqon obrazini haqiqiy dehqonlardek tutishga harakat
qiladi. Buning uchun u taqliddan dehqon kabi yer hadayotgandek,
hosil ekayotgandek, hosil parvarish qilayotgandek
va nihoyat hosilni
avaylab yig’ishtirib olayotgandek harakatlarni bajarib ko’rsatadi.
Kasb-hunar egalarining faoliyatiga taqlid qilib ko’rsatishga
molik yana juda ko’p o’yinlarni bolalar katta qiqish bilan o’ynaydilar.
“Bog’bon va gullar”, “Cho’pon va shog’ol”, “Milissioner”,
“Samolyotlar”, “Ot ustida sakrash” va boshqa o’yinlar kasb-hunar
egalari faoliyatini taqlid qilib ko’rsatishga molik o’yin turlariga misol
bo’ladi.
Maktablarda sahna ko’rinishidagi turli-tuman tadbirlar, jismoniy
mehnat, bayram tadbirlari, kasbga bag’ishlangan kechalar muntazam
o’tkazib kelinadi. Shu tariqa o’quvchilar
zamonaviy ishlab chiqarish
turlari va kasblari, xo’jalik turlari, kasbning rivojlanishi, kasblarni
o’zlashtirishning
shakllari va shartlari, mehnat faoliyati jarayonida
kasbiy malaka usullari bilan tanishib, o’rganib boradilar.
Dostları ilə paylaş: