Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1. Boshlang`ich sinfda mehnatga o`rgatish metodlari qaysilar?
2.Metod va uning turlari haqida ma’lumot bering.
3. O`quv bilish faoliyatini tashkil qilish metodilari orasidagi
bog`liqlikni izohlang.
4. Ta’lim maqsadi va mazmunining o`zaro mutanosibligi
ta’minlashda ta’lim vositalarining roli nimalardan iborat?
5. Ta’lim vositalarining texnologiya fani maqsadi bilan
aloqadorligini isbotlang.
6-MAVZU.TEXNOLOGIYA FANI DARSLARIGA
INTEGRATSION YONDASHUV
Reja:
1.Integratsiyalashgan ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari.
2.Boshlang‘ich sinf texnologiya darslarida integratsiyalashgan
ta’limdan foydalanishning metodik xususiyatlari.
3.Integratsiyalashgan
darslarning
samaradorligini
oshirish
omillari.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Integratsiyalashgan ta’lim,
integratsiyalashgan
ta’limdan foydalanish, integratsiyalashgan
darslar samaradorligi
Ta'lim amaliyoti ko'rsatishicha, maktab ta'limida fanlararo
aloqadorlikni yo'lga qo'yish fan va jamiyat hayotida bugungi kunda
sodir bo'layotgan integratsion jarayonlarning yorqin ifodasidir. Ushbu
aloqadorlik o'quvchilarning bilimlarni ongli o'zlashtirishi, dunyo
haqidagi yaxlit tasavvurlarni rivojlantirish va amaliy, ilmiy-metodik
53
tayyorgarligini oshirishda muhim o'rin egallaydi. Bunday tayyorgarlik
umumiy o'rta ta'lim o'quvchilarini darsda va darsdan tashqari
mashg'ulotlarda, ishlab chiqarishda va umuman har qanday faoliyatda
o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalarini erkin qo’llash imkonini
beradi. Hozirgi vaqtda pedagogik amaliyotda fanlararo bog’lanish
asosida ta’lim jarayoni integratsiya yo’llarida izlanishlar davom
etmoqda.
Fanlararo
bog’lanish, ya'ni integratsiya negizida
o’quvchilarda fikrlash qobiliyatining har xil turlarini shakllantirish
nazarda tutiladi, bu esa o’z navbatida bilim(anglash) jarayoni bilan
chambarchas bo’g’liqdir. Professor R. Mavlonova fikriga ko’ra
integratsiya(fanlararo bog’lanish):
- tabiatda mavjud bo’lgan obyektlar orqali o’quvchilarning
shaxsiyatini shakllantirish;
- “tabiat - inson” tizimida aniq bilimlarga ega bo’lishi uchun
fikrlash qobiliyatini shakllantirish;
- materiallarni anglab yetish va didaktik moslashishni
shakllantirish uchun o’rganuvchi materialni bilimning har xil
tarmoqlaridan olish;
- bilim, ko’nikma, malaka tizimini ishlab chiqish;
- maktab o’quvchilarida har xil turdagi fikrlash qobiliyatini
shakllantirish, buning uchun ruhiy mashqlardan foydalanish,
materialni tez o’zlashtirishga yordam beradi, uni eslab qolish va hissiy
anglash qobiliyatini shakllantiradi.
Integratsiya ( lot. Integratio – tiklash,to'ldirish, integer – butun
so'zidan ) – o'zida bir qancha ma'nolarni birlashtiruvchi so'z bo'lib, shu
ma'nolardan biri " ikki va undan ortiq fanlarning yaqinlashishi va
o'zaro aloqa jarayoni" dir. Fanlararo bog’lanish ko’rgazmali ta’lim
tizimi bo’lib, integrativ bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish
asosida ko’rgazmali, mahoratni vujudga keltirish sirlarini o’rganadi.
Ko’rgazmali ta’lim tizimi esa turli xildagi turlar, shakllar, usullar,
ob’yektlar
asosida
quriladi.
Boshlang’ich
texnologiya
fani
integratsiyasi asosan, maktabda o’qitiladigan chegaradosh fanlararo
tuziladi. Odobnoma, musiqa madaniyati, tasviriy san’at, mehnat,
jismoniy tarbiya fanlari bir-biri bilan o’zaro bog’liq va bu fanlarning
maqsadi axloqiy, estetik tarbiya berishdir. Bu fanlar bir-biriga yaqin
chegaradosh fanlar hisoblanib ular takibiga kiritilgam materiallar bir-
biriga juda yaqin. Masalan, tabiat manzaralari rang-barang tasvirlar,
54
xilma-xil ko’rinishlar, o’lchamlarda ifodalangan. Bular kichik maktab
yoshidagi bolalarga mos bo’lib bir tizimga tegishli bo’lgan
tasavvurlarni boyitish imkonini hosil qiladi.
Bir-biriga yaqin, chegaradosh fanlar mazmuni o’quvchilarni
har tomonlama ruhiy rivojlanishiga, ularda turli xil tafakkurni
rivojlantirishga qaratilgan. Har bir o’quv predmetini o’rganish
bolaning materialni anglash jarayonini, unda eslab qolishni,
ta’sirchanlikni faollashtiruvchi, tafakkurni, nutq va tasavvurni
rivojlantiruvchi ruhiy diqqatni yaratishga imkon beradi. Ayniqsa,
chegaradosh fanlardan egallangan bilim bir-biri bilan uzviy bog’liq
bo’lgan tafakkurning turlarini rivojlantirishda, fanlardagi mavzular
mazmunining farqli va o’xshashlik tomonlarini bilib olishda, bir
fandan olgan bilim, malaka va ko’nikmani boshqa fanlarda qo’llash
uchun imkoniyatlarni hosil qiladi.
Har bir fandan shakllangan tafakkur bolalar tomonidan fikrlarni
umumlashtirish, xulosalar chiqarish, ma’lumotlar to’plash vazifasini
bajaradi. Uning xususiyatli tomonlaridan yana biri shundaki, u
bolalarni fanlardan, jumladan, texnologiya fanidan real voqeliklarni,
shakl va usullarni o’rganib ularni amaliy ishlarda qo’llashga o’rgatadi.
Fanlar aloqadorligida texnologiya fanini tashkil etish uchun
o’qituvchi maktabda o’rganiladigan o’quv predmetlari bilan uzviy
bog’lasa yaxshi natijalarga erishadi. Buning uchun mehnatning o’quv-
ijodiy xususiyati hamda ilmiy bilimlardan foydalanishi kerak. Asosiy
maqsad - o’quvchilar boshqa fanlar hamda mehnatdan olgan
bilimlarini ijtimoiy foydali mehnat jarayonida qo’llash vazifasi
bo’ladi.
Fanlar integratsiyasi bolalar mehnatining mazmuni va tashkil
etishini aniq mahalliy ishlab chiqarish, xalq xo’jaligi ehtiyojlariga
tayangan holda, zamonaviy ta’lim talablari asosida tuzish lozimligini
taqazo etadi. Texnologiya fanining bu xildagi shakli o’quvchilarni
umumiy mehnat va aniq kasbiy ko’nikmalar bilan tanishtiradi.
Fanlararo bog'liqlikni o'z o'rnida tashkil etish bilan bir qatorda
integratsion o'quv topshiriqlarni tuzish va o'quvchilarni bir jarayonga
jalb etish ularning dunyoqarashi kengayishi, tafakkur olamining boyib
borishida, bundan tashqari ta'limsamaradorligini oshirishda muhim
omillardan biri bo'lib hisoblanadi. Boshlang’ich sinflardagi “Tevarak
atrofimizdagi olam”, “Texnologiya fani”, “Tasviriy san’at” darslari
55
insoniyat tomonidan foydalaniladigan mehnat vositalarini turli
tomondan tabiiy materiallar sifatida, uning xossalari, amaliy ahamiyati
jihatdan ochib beradi. Bu bilan texnologiya fanining nufuzi yanada
oshadi
va
bolalarda
iqtisodiy
tafakkurni
har
tomonlama
rivojlantirishga,
uning
ijobiy
tomonlarga
yo’nalganligini
shakllantirishga imkon beradi. Fanlar aloqadorligida amalga
oshiriladigan texnologiya fani va tarbiyasida har bir o’quv
predmetining o’ziga xos xususiyatga ega ekanligini unutmaslik kerak.
Masalan, jismoniy tarbiya darslari o’quvchilarning ijtimoiy foydali
mehnat qilishda muhim bo’lgan sog’lig'ini yaxshilashga, ularning
jismoniy va ruhiy kamchiligini bartaraf qilishga, chaqqonlik va
ishchanligini oshirishga qaratilgan. Musiqa darslarida mehnat
tarbiyasining muhim xususiyati, predmeti o’rganilibgina qolmay, balki
mehnatga hissiy-ma’naviy tayyorgarlik ham ko’riladi.
Ona tili, matematika, tevarak-atrofimizdagi olam, odobnoma
darslarida mehnat tarbiyasi alohida ahamiyatga ega. O’quvchilar atrof
-muhitni o’rganish asosida og’zaki nutqni o’stirish bilan birga maktab
ishchi xodimlarining kundalik mehnati bilan tanishadilar, o’z oila
a’zolarining mehnati haqida, uy o’simliklari, ekologiya va salomatlik
haqida, oyoq kiyimi va ustki kiyimlarni tozalash haqida tasavvurga
ega bo’ladilar. Shuningdek, o’quvchilarga mehnat tarbiyasini
singdirishda quyidagilar ham muhim ahamiyatga ega:
- Alifbe, musiqa, tasviriy san’at kitoblarining rasmlariga qarab
o’quvchilar turli kasblar haqida tasavvurga ega bo’ladilar, ularda
mehnatga nisbatan ijobiy munosabat shakllantiriladi;
- o’qish darsida boshlang’ich sinf o’quvchilari ko’pgina kasblar
haqida ma’lumotlar oladilar;
- matematika darsida o’rgatiladigan hisob-kitob, o’lchovga oid
bilimlar texnologiya fani darslarida buyumlar tayyorlash uchun zarur
bo’lgan amaliy bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantiriladi;
- odobnoma darsida o’quvchilar mehnat qilish, mehnatsevarlik va
kasb-hunar tanlashga oid o’zbek va Sharq mutafakkirlarining fikrlari
bilan tanishadilar.
Yuqoridagilardan
shunday
xulosani
aytish
mumkinki,
integratsiyalashgan texnologiya fani natijalari o’quvchilarning ijodiy
fikrlari, amaliy ishlarida namoyon bo’ladi. U texnologiya fanidan
o’qish-bilish faoliyatini nafaqat jadallashtirish, tizimlashtirish va
56
optimallashtirishga, balki turli soha madaniyatini egallashga ham
imkon beradi.
Texnologiya fani bilan o’qish, odobnoma, ona tili, matematika,
tevarak atrofimizdagi olam, jismoniy tarbiya va boshqa fanlari
mazmunini
integratsiyalash
bu
o’quv fanlarining turdoshlik
xususiyatlaridan kelib chiquvchi ahamiyati shundaki darsning yanada
mazmunli, qiziqarli va samarali bo’lishini ta’minlaydi.
Texnologiya darslarida bolalar ovqatlanish odobi, mehmon kutish
odobi, kiyinish, dasturxon tuzatish odobi kabi axloqiy tarbiya
me’yorlarini o’rganadilar. Bu ko’rinishdagi mavzularni odobnoma,
o’qish, tasviriy san’at materiallarida ham ko’rish mumkin. 4-sinf
o’qish fanining “Buzilmagan uya” mavzusida mehnat tarbiyasiga oid
materiallar izohlangan. Unda: bir bola bog’da ishlayotgan bobosiga
ovqat olib borishi, daraxtlarni payvand qilishda bobosiga yordam
berganligi ifodalangan. Yana bir misol – matematika darsida
o’rganiladigan o’lchov birliklari mehnat darsida gazmollar o’lchamini
olishda, tabiatshunoslikda daraxtlarga ishlov berish, gullarni
parvarishlash, yer ag’darish, ekin ekishlar haqida berilgan
materiallarda texnologiya faniga oid materiallarni ko’ramiz.
Predmetlararo asosda tuzilgan integratsiya didaktik tizimga ega
bo’lib, u o’qituvchi(ta’lim beruvchi) va o'quvchi(ta’lim oluvchi)
harakatlarining mos kelishini ko’zda tutadi. Ikkala faoliyat ham
umumiy tuzilish, ya’ni: maqsad, sabab, mazmun, vosita, natija va
nazoratlarga ega. Biroq, o'qituvchi va o’quvchi faoliyatlari
mazmunida quyidagi farqlar bo’ladi:
1.Maqsadli bosqichda o’qituvchi umumiy maqsadni qo’yadi,
o’quvchilar esa o’qituvchi boshchiligida turli predmetlararo
bog’liqliklarni tushunishlari, kerakli va turli predmetlararo bilimlarni
tanlab olishlari kerak bo’ladi.
2. Isbotlash bosqichida o’qituvchi o’quvchilarning turli
predmetlardan tushunchalarini umumlashtiradi, o’quvchilar esa o’z
bilimlarini
kehgaytirishga
bo’lgan
qiziqishga
irodalarini
yo’naltirishlari kerak.
3. Faoliyat mazmuni bosqichida o’qituvchi yangi material asosida
integratsion dalillar, tushunchalar, muammolar majmuyi darajasida
predmetlardan olingan tayanch bilimlarni jalb qiladi.
|