Buxoro davlat universiteti psixologiya kafedrasi


-Mavzu: Katta guruhlar va ommaviy ijtimoiy jarayonlar psixologiyasi (2 soat)



Yüklə 3,6 Mb.
səhifə15/54
tarix30.08.2023
ölçüsü3,6 Mb.
#140999
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54
IJTIMOIY VA TADBIQIY PSIXOLOGIYA 2021-2022 (2)

7-Mavzu: Katta guruhlar va ommaviy ijtimoiy jarayonlar psixologiyasi (2 soat).

  1. Katta sotsial guruhlar psixologiyasini tadqiq etishning o‘ziga xosligi

  2. sotsial psixologiya va idiologiyaning o‘zaro munosabati.



Guruh — bu muayyan belgiga, masalan birgalikda faoliyat ko’rsatishning mumkinligiga va uning harakteriga, tashkil topish xususiyatlari va shu kabilar asosida ajralib turadigan insoniy umumiylikdir. Guruhlarning tasniflanishi ham shunga muvofiq tarzda bo’lib, kichik va katta guruhlarga bo’linadi - o’z navbatida ular ham real, shartli, formal hamda noformal, rivojlanish darajasi turlicha bo’lgan, ya`ni, rivojlangan va etarli darajada rivojlanmagan yoki kam rivojlangan guruhlartg. bo’linadi.
Katta guruhlar umumiy makon va zamonda hayot kechirayotgan anchagina odamlarni o’z ta^kibiga olgan social umumiylikni tashkil qiladigan real guruhlar shaklida bo’linishi mumkin. Bu hildagi katta guruhlarga korhonalarning mehnat jamoasi yoki ko’pgina o’qituvchilar bir-birlari bilan bevosita o’zaro aloqada bo’lmasalar ham, lekin ayni chog’da yagona bitta rahbarga buysunadi. Katta guruhlar ba`zi bir belgilari (sinfiy, jinsiy, milliy, yosh va boshqa belgilari) ga binoan ajratiladigan va -birlashtiradigan shartli guruhlar shaklida bo’lishi ham mumkin.
Katta shartli guruhga kiritilgan kishilar hech qachon bir-b1fyari bilan uchrashmagan bo’lsalar ham, lekin bu hildagi guruhga ajratilgani uchun asos bo’lgan belgilariga ko’ra umumiy social va psixologik ta`rifga ega bo’lishlari mumkin. Jumladan, o’spirinlar turli shahar va qishloqlarda istiqomat qilishlariga bog’liq bo’lmagan holda bitta katta shartli guruhga birlashtirilishi, ehtimol, ular turli halqlarning tillarida so’zlashishlari, hech qachon bir joyga yig’ilmagan bo’lishlari mumkin. Ularning umumiy socyal (o’rta maktab o’quvchilari), yosh (12-15 yashar payti), psixologik (shakllanib kelayotgan ulg’ayish tuyg’usi, o’spirinlik paytida o’zligini namoyon etishi va hokazo) ta`riflari asosiy belgilariga ko’ra bir-biriga o’hshash bo’ladi. Katta shartli guruhlarni o’rganish (yosh psixologiyasida, social psixologiyada va boshqalarda) ularning umumiy xususiyatlari farqlanishi natijasida guruhlarda ish olib borishning ilmiy asoslangan strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish imkonini beradi. Shartli guruh sifatidagi o’spirinlar shaxsiyati rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini bilgan holda pedagog maktabda va maktabdan tashqari muassasalarda tarbiyaviy ishni sobitqadamlik bilan va samarali tarzda olib boradi.
Kichik guruhlar - hamisha bog’langan umumiylik bo’lib, unga kiruvchi shaxslarning o’zaro birgalikdagi real harakati va ular o’rtasidagi real o’zaro munosabatlar bilan bog’langandir. Bu guruhlar rasmiy (formal) bo’lishi, ya`ni yuridik jihatdan qayd etilgan huquq va burchlarga, normativ asosida o’rnatilgan strukturaga, tayinlab yoki saylab qo’yilgan rahbarlikka ega bo’lishi mumkin. Ijtimoiy mehnat taqsimoti sharoitlarida bu guruhlar social jihatdan taqozo etilgan faoliyat ko’rsatishi bilan bog’langandir.
Guruhlar rivojlanishining darajasi yoki saviyasi ularni tasniflashning eng muhim negizi hisoblanadi. Guruhiy rivojlanish darajasi - shaxslararo munosabatlar shakllanganligining belgisi, guruhlar shakllanishi jarayoninig natijasidir.
Shaxslararo tanlash. Yahshi o’quvchi bo’lish mumkin va lekin o’rtoqlariga yoqmasligi, sinfdagi eng intizomsiz safida bo’lishi va lekin ko’pchilik uchun aziz bo’lib qolishi ham mumkin. Hush ko’rish - hissiyotga ko’ra afzal ko’rish - guruhdagi
tabaqalanishning yashirin manzarasini tushunib etishda g’oyat muhim omildir.
Amerikalik psixolog J.Moreno guruhlarda shaxslararo afzal ko’rishlarni aniqlash usulini va hissiy afzal ko’rishlarni qayd qilishi tehnikasini taklif etdi. Buni u sociometriya deb atadi. Sociometriya yordamida shaxslararo birgalikdagi harakat jarayonida guruh a`zolarida namoyon bo’ladigan afzal ko’rishning, bu farqlik hush ko’rmaslikning mikdoriy me`yorini aniqlash mumkin. Sociometriya guruh a`zolarining bir-birlarini hush ko’rishi yoki hush ko’rmasligini aniqlashda keng ko’llaniladi. Guruh a`zolarining o’zlari bunday munosabatlarni anglab ola olmasliklari va ularning mavjudligi yoki mavjud emasligi haqida o’zlariga hisob bermasliklari mumkin. Sociometriya metodi juda ham tezkor bo’lib, uning natijalari matematik usul bilan qayta ishlanishi va yozma shaklda ifoda etilishi mumkin.
Sociometrik usulning negizida «Sen kim bilan birga bo’lishni hohlarding?» degan to’g’ridan-to’g’ri savol turadi. O’qishlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning hohlagan jabhasiga tatbiqan qo’yilishi mumkin: sen kim bilan birga bitta partada o’tirishni, dam olishni, vaqtichog’lik qilishni, ishlashni hohlarding va hokazo. Qoida tariqasida tanlashning ikki yo`nalishi - birgalikda mehnat qilish sohasidagi va vaqtichog’lik qilish sohasidagi yo’nalishlari tavsiya qilinadi. Bu o’rinda tanlashning maqbulligi darajasiga aniqlik kiritilishi va tanlash uchun tavsiya qilinadigan shaxslar soni cheklangan bo’lishi ham mumkin. Tanlashlarni tanlash matricasiga tushirish chog’ida yanada tahlil etish o’zaro hush ko’rish va hush ko’rmasliklarning murakkab tarzda chatishib ketganligini, sociometrik «yo’lduzlar», «bahs boylash»larning mavjudligini va bu qarama-qarshi tomonlar o’rtasidagi oraliq bo’g’inlarning butun ierarhiyasini ko’rsatib be^adi. Sociometriya metodining juda ham tezkor ekanligiga shubha yo`q va uning yordami bilan guruh ichidagi hissiy intilishlari manzarasi etarli darajada aniq-ravshan ko’rsatilgan bo’lishi mumkin. Uni kuzatishlar yo`li bilan aniqlash uchun uzoq vaqt sarflashga to’g’ri kelgan bo’lardi.
Har qanday guruhni uning a`zolarining o’zaro birgalikdagi harakati jarayonida hosil bo’ladigan kommunikativ shahobcha sifatida talqin qilish mumkin.
Guruhga sociometrik jihatdan yondashilgan tavdirda hayrihohlik va yoqtirmaslik shaxslararo munosabatlar istamasida tanlashning asosiy omili bo’lishni, munosabat bog’lashni, ishlashni, dam olishni, vaqtichog’lik qilishni hohlagani uchun tanlaydi. Lekin hayrihohlikka bir kishi boshqasini alohida ajratib ko’rsatishiga, guruhni o’zi uchun eng muhim belgilar bo’yicha tabaqalashtirgan holda ko’pchilik orasidan tanlab olishga yagona asos sifatida qaramaslipgkerak.
Kishining o’z guruhi o’zini qurshab turgan voqeilikda mo’ljal olish manbai sifatida munosabatda bo’lishi uning eng muhim xususiyatlaridan biridir. Bu tendenciya mehnat taqsimotining qonuniyatli oqibati hisoblanadi. Birgalikdagi faoliyatning har bir ishtirokchisi ushbu faoliyatning ahamiyatiga molik shart-sharoitlariga, maqsadlari va vazifalariga, umumiy ishga har bir kishining va uning o’zi qo’shgan hissasiga beriladigan bahodan, o’z shaxsining umumiy fikrida aks etgan bahodan manfaatdordir. Bularning hammasi shaxslararo munosabatlar umumiy ish vositasida, uning jamoa oldiga jamiyat tomonidan chiqqan mazmuni va qadriyatlari orqali namoyon bo’ladigan jamoaga ko’proq hos bo’ladi. Individ guruh a`zolari bilan birgalikda o’zaro faol harakat qila borgan va uning oldiga qo’yilgan konkret vazifalarni hal qila borgan holda o’zining qimmatli niyatlariga ega bo’ladi.
Ularning o’zlashtirilishi shaxs faoliyati ustidan guruh tomonidan real amalga oshiriladigan yoki shaxs guruhga mansub deb hisoblaydigan o’ziga hos nazorat olib borishni taqozo etadi.
Guruhning qadriyatlariga, uning fikriga qarab mo’ljal olishi nuqtai nazari va bahosi uning uchun juda ham muhim bo’lgan kishilar doirasini alohida ajratib olishga majbur qiladi.
Bunday odamlar o’ziga hos prizma bo’lib xizmat qiladiki, shu tufayli o’zi uchun ahamiyatga molik ob`ektlarni, maqsadlarni, vazifalarni va boshqa odamlar faoliyatining usullarini ko’rishga va baholashga - social percepciya amallarini bajarishga intiladi. Bular uning uchun bamisoli o’zini ko’ra boshlaydigan
ko’zguga aylanadi. Aftidan, bularning hammasi shaxslararo munosabatlarda
afzal ko’rish va tanlashning sociometrik tadqiqotda uchramaydigan muayyan principlarini taqozo etishi
kerak. Har qanday guruh to’zilishiga ko’ra guruh a`zolari nufo’zi va statusining o’ziga hos darajasini aks ettiradi. Uning yuqori qismidan referentometrik va sociometrik tarzda tanlanadigan shaxslar o’rin oladi, eng orqada esa noreferent va sociometrik jihatdan surib chiqarilgan individlar turishadi. Mazkur ierarhiya zinapoyasining eng yuqori bosqichida guruhning peshqadami (lideri) joylashadi.
Peshqadam - bu shunday shaxsdirki, guruhning qolgan barcha a`zolari uchun o’zlarining manfaatlariga dahldor bo’lgan hamda butun guruh faoliyatining yo’nalishini va harakterini belgilab beradigan eng mas`uliyatli echimlarni qabul qilishga haqli deb hisoblaydilar. Shunday qilib, peshqadam guruhning eng muhim muammolariga qiyosan undagi eng ko’prok darajadagi referentlik egasi bo’lgan shaxsdir. Peshqadam sociometrik «yo’lduz» bo’lishi ham va, aksincha, bunday bo’lmasligi ham mumkin u tevarak-atrofdagilarning shaxsiy hayrihohligiga sazovor bo’lmasligi ham mumkin, lekin agar u peshqadam bo’lsa, u holda uning tevarak-atrofdagilar uchun referentliligi shubhasizdir. Peshqadam rasman guruhning rahbari bo’lishi ham va, aksincha bo’lmasligi ham mumkin. Peshqadam bilan rahbarlikning yagona bitta shaxsga to’g’ri kelishi maqbul hodisa hisoblanadi. Bordi-yu, agar bunday muvofiqlik bo’lmasa, u holda guruh faoliyatining samaradorligi rasmiy rahbar bilan norasmiy peshqadam yoki peshqadamlar o’rtasidagi munosabatlar qay tarzda yuz berishiga bog’liq bo’ladi.
O’spirinlik yoshida o’quvchilarning shaxslararo munosabatlar sistemasi doirasida bir-birlariga nisbatan talablari va orzu-umidlari ayniqsa keskin tusga kiradi. Ana shunday hollarda yuqori sinf o’quvchilari jamoasidagi peshqadam ko’pincha namuna, sinfda yuqori darajadagi referent shaxs bo’lib hisoblanadi, boshqa barcha o’quvchilar o’zlarining va boshqalarning hatti-harakatlarini shularga qarab baholashadi. Ba`zan pedagoglar va ota-onalar a`lochi o’quvchilar sinf jamoasi mavqeini egallaydilar, degan yanglish fikrga tayangan holda ish tutadilar. Agar quyi sinflarda a`lochi o’quvchi bilan jamoaning peshqadami maqomlari o’rtasida bevosita bog’lanish sezilmaydi. Yahshi o’qishning o’zi tahsinga loyiq narsa, lekin a`lochi o’quvchi o’z sinfdoshlari orasida peshqadamlik mavqeiga faol ko’maklashgan taqdirdagina ega bo’lishi mumkin. Bu ayniqsa darsda muntazam jamoa tarzdagi o’quv ishini tashkil etish jarayonida bo’ladi.
Kichik guruhlar muammosi Ijtimoiy psixologiyada eng Yaxshi ishlangan va ko’plab ilmiy tadqiqotlar o’tkazilgan ob’ektlardandir. Bu an’ana Amerikada asrimiz boshida o’tkazilgan ko’plab eksperimental tadqiqotlardan boshlangan bo`lib, ularda olimlar oldiga qo’yilgan asosiy muammo shu ediki, individ yakka holda Yaxshi ishla ydimi yoki guruhda Yaxshirok samara beradimi, boshqa odamlarning yenida bo`lishi uning faoliyatiga qanday ta’sir kursatadi. Shuni ta’kidlash lozimki, bunday sharoitlarda individlarning o’zaro xamkorligi (interaksiya) emas, balki ularning bir vaqtda bir yerda birga bo`lganligi faktining (koaksiya) ta’sinri o’rganildi. Olingan ma’lumotlar shuni kursatadiki, boshqalar bilan xamkorlikda bo`lgan individ faoliyatining tezligi oshadi, lekin harakatlar sifati ancha pasayishi aniqlandi. Bunday ma’lumotlar amerikalik N. Triplett, nemis olimi A. Mayer, rus olimi V. M. Bexterev, yana bir nemis olimi V. Mede va boshqalarning tadqiqotlarida ham qayd etildi. Bu psixologik xodisa Ijtimoiy psixologiyada ijtimoiy fatsilitatsiya nomini oldi, uning moxiyati shundan iborat ediki, individning faoliyat maxsullariga uning yenida bo`lgan boshqa individlarning bevosita ta’siri bo`lib, bu ta’sir avvalo, sensor kuchayishlar hamda ish harakatlarning, fikrlashlarning tezligi namoyon bo`ladi. Lekin ayrim eksperimentlarda teskari effekt ham kuzatiladi, ya’ni boshqalar ta’sirida individ reaksiyalariga tormozlanish faoliyatining susayishi holatlari; bu narsa fanda individsiya nomini oldi. Lekin olgan faktlarning qandayligidan kat’iy nazar, olimlar uchun kichik guruhlar asosiy tadqiqot mavzuiga aylanib qoldi va ular natijasida qator qonuniyatlar ochildi.
Birinchidan, kichik guruhlarning xajmi, uni tashqil etuvchi shaxslar soni xususida shunday fikrga kelindiki, kichik guruh "diada" ikki kishidan tortib, to maktab sharoitida 30-40 kishigacha deb kabo’l qilindi. Ikki kishilik guruh deyilganda, avvalo oila - yangi shakllangan oila ko’prok nazarda tutiladi, lekin samarali o’zaro ta’sir nazarda tutilganda 7-2 kishi nazarda tutiladi. Bunday guruh turli ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar uchun ham, sotsial-psixologik treninglar o’tkazish uchun ham qo’lay hisoblanadi.
Ikkinchidan, guruhning ulchami qanchalik katta bo’lsa, uning alohida olingan shaxslar uchun kadrsizlanib borish xavfi kuchayadi. Ya’ni, shaxsning ko’pchilikdan iborat guruhdan o’zini tortish va uning normalarini bo’zishga moyilligi ortib boradi.
Uchinchidan, guruhning xajmi kichiklashib borgan sari shaxslararo o’zaro munosabatlar taranglashib boradi. Chunki, shaxslarning bir-birlari oldida mas’uliyatlarining oshishi va yaqindan bilishlari uning o’rtasidagi aloqalarga doim aniqlik bo`lishini talab qiladi. Munosabatlardagi har qanday disbalanslar ochik holdagi ziddiyatlarni keltirib chiqaradi.
Turtinchidan, agar guruh a’zolarining soni tok bo’lsa, ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlar juft bo`lgan holdagidan ancha Yaxshi bo`ladi. Shundan bo’lsa kerak, boshqaruv psixologiyasida odamlarni biror nimaga saylashda va umuman rasmiy tanlovlarda guruhdagi odamlar soni tok qilib olinadi.
Beshinchidan, shaxsning guruh taz’yikiga berilishi va buysunishi ham guruh a’zolarining soniga bog’liq. Guruh soni 4-5 kishi bo’lgunga kadar, uning ta’siri kuchaya boradi, lekin undan ortib ketgach ta’sirchanlik kamayib boradi. Masalan, kuchada sodir bo`lgan baxtsiz xodisaning guvoxlari soni ortib borgan sari, jabrlanganga yerdam berishga intilish, mas’uliyat hissi pasayib boradi.
Bu qonuniyatlarni bilish, tabiiy guruhlarni boshqarish ishini ancha yengillashtiradi.



Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin