6-Mavzu: Katta ijtimoiy guruhlar psixologiyasini tadqiq etish tomoyillari (2 soat).
Katta guruhlar psixologiyasi muammosi. Katta guruhlarni sinflarga bo‘lish zaruriyati.
Noformal birlashmalar va stixiyali tashkil etilmagan guruhlar psixologiyasi.
Har bir shaxs o`z faoliyatini turli guruhlar sharoitida yoki turli guruhlar ta’sirida amalga oshiriladi. Chunki, jamiyatdan chetda qolgan yoki insonlar guruhiga umuman qo’shilmaydigan individning o’zi yo’q, kishi jamiyatda yashar ekan, u doimo turli insonlar bilan muloqotda, o’zaro ta’sirda bo`ladi, bu muloqot jarayonlari esa doimo kishilar guruhida ro’y beradi. Shuning uchun ham guruhlar muammosi, uni o’rganish va guruhlarning shakllanishiga oid ilmiy xulosalar chiqarish Ijtimoiy psixologiyaning asosiy mavzularidan va muammolaridan biridir.
Psixologik ma’noda guruh - bu umumiy belgilar, umumiy faoliyat, muloqot hamda umumiy maqsad asosida birlashgan kishilar uyushmasidir. Demak, olimlar guruhi tashqil topishi uchun albatta qandaydir umumiy maqsad yoki tilaklar, umumiy belgilar bo`lishi shart. Masalan, talabalar guruhi uchun umumiy narsalar ko’p (o`quv faoliyati, bilim olish, yeshlarga xos birliklar (o’spirin yeshlar), ma’lum o`quv yurtida ta’lim olish istagi va xoka’zo. Kuchada biror tasodif ro’y berganligi uchun to’plangan kishilar uchun ham umumiy bo`lgan narsa bor - bu qiziquvchanlik bo`lib utgan xodisaga guvoxlik, unga umumiy munosabatdir.
Guruhni alohida shaxslar tashqil etadi, lekin har bir guruh psixologiyasi uni tashqil etuvchi alohida shaxslar psixologiyasidan fark qiladi va o’ziga xos qonuniyatlarga buysunadi. Ayni shu qonuniyatlarni bilish esa turli tipli guruhlarni boshqarish va ana shu guruhlarni tashqil etuvchilarni tarbiyalashning asosiy mezonidir.
Guruhlarning turlari ko’p, shuning uchun ham ularni turli olimlar turlicha klassifikatsiya qiladilar. Bizning nazarimizda, G. M. Andreevaning"Ijtimoiy psixologiya"darsligida klassifikatsiya guruhlarining asosiy turlarini o`z ichiga kamrab olgan. U har qanday kishilar guruhini avvalo shartli va real guruhlarga bo`ladi. Real guruhlar aniq tadqiqot maqsadlarda to’plangan laboratoriya tipidagi hamda tabiiy guruhlarga bo’linadi. Konkret faoliyat odamlarning tabiiiy extiejlari asosida tashqil bo`ladigan bunday tabiiy guruhlarning o’zi kishilarning soniga qarab katta, kichik guruhlarga bo’linadi. Katta guruhlar uni tashqil etuvchilarning maqsadlari fa’zoviy joylashishlari, psixologik xususiyatlariga qarab, uyushgan va uyushmagan turlarga, kichiklari esa o`z navbatida endi shakllanayotgan - diffuz hamda taraqqiyotning yo’qsak pogonasida ko’tarila olgan jamoa turlariga bo’linadi. Guruhlarning Ijtimoiy psixologiya uchun ayniqsa muhim hisoblangan turlariga ta’rif berish va ularning psixologik qonuniyatlarini o’rganishni maqsad qilib kuygan holda, bevosita katta guruhlarning ijtimoiy psixologik qonuniyatlarini o’rganishga utamiz.
Katta guruhlar psixologiyasiga xos xususiyatlar va ularni ilmiy tadkik qilish prinsiplari. k a t t a g u r u hl a r kishilarning shunday birlashmalariki, undagi odamlar soni avvalo ko’pchilikni tashqil etib, ma’lum sinfiy, ilmiy, irkiy, profesional belgilar ularning shu guruhga mansubligini ta’minlaydi. Katta gruxlarni tashqil etuvchilar ko’p sonli bo`lganligi va ular xulq-atvorini belgilovchi mexanizmlarning o’ziga xosligi tufayli bo’lsa kerak, Ijtimoiy psixologiyada olimlar ko’pincha kichik guruhlarda ish olib borishini afzal ko’radilar. Lekin katta kishilar uyushmasining psixologiyasini bilish juda katta tarbiyaviy va siesiy-mafko’raviy ahamiyatiga ega. Bu sohadagi tadqiqotlarning kamligi bir tomondan, aytib utilganidek, ko’pchilikni kamrab olishda qiyinchiliklar bo’lsa, ikkinchi tomondan, katta guruhlar psixologiyasini o’rganishga qaratilgan metodik ishlar zaxirasining kamligidir. Masalan, ishchilar yoki zielilar sinfi psixologiyasi o’rganilishi kerak, deylik. Avvalo usha ishchilarning soni ko’p, qolaversa, ishchilarning o’zi turli ishlab chiqarish sharoitlarida ishlayotgan, turli iklim sharoitlarida yashayotgan turli millatga mansub kishilardir. Ularning barchasini kamrab oladigan yagona ishonchli metodikani topish masalasi tadqiqotchi oldiga juda jiddiy muammolarni kuyadi. Shuning uchun ham har bir katta guruhga taalluqli bo`lgan asosiy yetakchi sifatni topish va shu asosda uning psixologiyasini o’rganish hozircha Ijtimoiy psixologiyadagi asosiy metodologik Yo’llanma bo`lib kelmoqda. Qolaversa katta guruhlar jamiyatning tarixiy taraqqiyoti mobaynida shakllangan guruhlar bo`lgani uchun ham har qanday guruhni o’rganishdan oldin, xox bu sinflar bo’lsin, xox millatlar yoki halqlar psixologiyasi bo’lsin, uning hayot tarzi, unga xos bo`lgan odatlar, udumlar, an’analar o’rganiladi. Ijtimoiy psixologik ma’noda, hayot tarzini o’rganish deganda, u yoki bu guruhga taalluqli bo`lgan kishilar o’rtasida amalga oshiriladigan muloqot tiplari, o’zaro munosabatlarda ustun bo`lgan psixologik omillar, qiziqishlar, kadriyatlar, extiejlar va boshqalar nazarda tutiladi. Ana shularning umumiyligi tufayli har bir shaxsda, ya’ni u yoki bu katta guruhga mansub bo`lgan shaxsda t i p i k hislatlar shakllanadi. Masalan, 90 yillarning yeshlariga xos bo`lgan tipik sifatlar ana shu yeshlar o’rtasida keng tarkalgan urf- odatlar, moda, so`zlashish xususiyatlari, kadriyatlar, qiziqishlar va xoka’zolar tufayli shakllanadi. Shuning uchun ham 20 yeshli kishining psixologiyasini tulik ravishda o’rganish uchun undagi bilish jarayonlarining o’ziga xosligi, shaxsi, harakteri va individual psixologik xususi yatlaridan tashkari, yana unga o’xshash yeshlarda ustun bo`lgan psixologik hislatlarining qanchalik namoyon bo`lishini, u mansub bo`lgan va asosan vaqtini o’tkazadigan guruhlar psixologiyasini, milliy sifatlarini ham nazarda tutish va ularni o’rganish zarur. Bu degani, har bir shaxs ongida uning yakka, alohida orttirgan shaxsiy tajribasiga aloqador psixologik tizimlardan tashkari, uning kaysi millat, elat sinfi mansubligi singdirilgan psixologik tizimlar ham mavjuddir va uni ilmiy tadqiqotchi inkor etmasligi kerak.
ETNIK GURUHLAR PSIXOLOGIYASI
Ijtimoiy psixologiyada katta guruhlar ichida etnik guruhlar psixologiyasi, ya’ni etnopsixologiya bo`yicha ko’prok tadqiqotlar o’tkazildi. Ayniqsa, hozirgi davrda har bir jumxuriyatlar alohida, mustaqil davlat mavqeini olgan, lekin boshqa tomondan qaraganda, xamdustlik mamlakatlari ittifoki sharoitida millatlar o’rtasida muttasil aloqalar mavjudligidan kelib chiqib, milliy psixologiya masalalari kun tartibida avvalgidan ham muhim masala sifatida qo’yilmoqda.
Shuning uchun ham katta guruhlar ichida milliy guruhlarga ko’prok e’tibor berishni lozim topdik, bunday etiborning yana bir boisi - O`zbekistonda bu sohada ayrim tadqiqotlarning o’tkazilganligi, lekin ular ko’p hollarda milliy psixologiya darajasiga olib chiqilmaganligidadir.
Milliy psixologiya nima va uni qanday qilib o’rganish mumkin? Bu hozirda, ya’ni mustaqil O`zbekiston sharoitida, ko’pgina tadqiqotlarni qiziqtirayotgan masaladir. Chunki, davr etnopsixologiyadan shunday empirik ma’lumotlar kutmoqdaki, u faqatgina milliy ongga taalluqli bo`lgan hozirgi va utmishdagi holatni emas, balki millatning ertangi kunini, uning ongi kaysi tomonga o’zgarishini, millatlararo sodir bo`ladigan jarayonlarni bashorat qilmogi lozim. Buning uchun esa unga kuchli etnopsixologik nazariya va ishonchli metodlar kerak. O`zbekiston olimlari oxirgi paytlarda masalaning xuddi ana shu tomoniga katta e’tibor bermoqdalar. Chunki sobiq Ittifok sharoitining o’zi ana shunday kuchli nazariyaning bo`lishi uchun anchagina tuganok bo`lgan, empirik tadqiqotlar esa, avval ta’kidlaganidek, tor guruhlar doirasidan, avvalo, oilalar doirasidan chikmagan edi.
Etnopsixologiya - bu psixologiyaning shunday tarmogiki, u ayrim olingan millatlar psixologiyasidan tashkari, turli halqlar psixologiyasini, kichik milliy guruhlarni ham o’rganadi. Ma’lumki, bu boradagi birinchi ilmiy tadqiqotlarni V. Vundt boshlab bergan edi. Uning tadqiqotlaridagi "halq" tushunchasi aslida etnik uyushma ma’nosida tushuntirilgan edi. Uning fikricha, etnik guruhlar psixologiyasini o’rganish uchun ularning tilini, odatlarini va ana shu halqlarda keng tarkalgan afsonalar va boshqa ong tizimlarini o’rganish kerak. Shunisi diqqatga sozovorki, Vundtdan keyingi davrda o’tkazilgan muhim tadqiqotlardan biri bizning ulkamizda o’tkazilgan bo`lib, uni psixolog A. R. Luriya amalga oshirgan edi. Bu eksperimental tadqiqot bo`lib, uni o’tkazishdan asosiy maqsad L. S. Vigotsqiyning madaniy-tarixiy yondashuv goyasini tekshirish edi. Luriya boshchiligidagi olimlar guruhi revolyusiya galaba kozongan O`zbekiston sharoitida turmush tarzining o’zgarishi bilan O’zbek halqi psixologiyasining ham o’zgarganligini isbot qildilar. Asosiy maqsad bilish jarayonlarining o’zgarganligini isbot qilish bo’lsa ham tadqiqotchilar o`z-o’zini anglash va o`z xulq-atvorini analiz qilish borasida ham uyda utiradigan ayollar, endigina savod olish maqsadida savodxonlik kurslarida ukiyotgan ayollar hamda pedagogika bilim yurtlarida ta’lim olayotgan kizlar o’rtasidagi fark bor-yo’qligini tekshirishdi. Tadqiqot asosan o`z-o’zini analiz qilish metodi yerdamida o’tkazilgan bo`lib, ayollarga turli savollar orqali o`z shaxsiga xos xususiyatlarni, o’zidagi yetakchi sifatlarni aniqlash va ba’zi psixologik holatlarga baho berish topshirigi berildi. Lekin javoblarning sifati, tulikligi ayollarning bilim saviyasiga va ijtimoiy aloqalar tizimida tutgan o’rniga bog’liq bo`lib chikdi. Uyda utirgan ayollar ko’p hollarda qo’yilgan savolni ham anglamasliklari ma’lum bo’ldi. Luriya shu narsaga ikror bo’ldiki, O’zbeklardagi ong asosan boshqa odamlar fikriga bog’liq ekanligi, tobelik psixologiyasi ko’pchiligini aniqladi. Masalan, ayollarga o’zidagi yemon sifatlarni aytish topshirigi berilganda, ular yemon kushnilarni ko’rsatishar va umuman o`z-o’zini baholashdan ko’ra boshqalarni baholash, ularga sifat harakteristikalari berish ancha yengil tuYo’ladi.
Yo’qorida ta’kidlaganimizdek, A.R.Luriyaning asosiy maqsadi milliy psixologik xususiyatlarni o’rganishda tarixiy tayanish lozimligini isbotlash hamda milliy psixologiyaning hayot tarziga, shaxsning jamiyatda kishilar munosabatlari tizimida tutgan o’rniga bevosita bog’liqligini isbot qilish edi. Lekin tadqiqotning ahamiyati shunda ediki, unda birinchi marta milliy psixologiyani o’rganishga yerdam beruvchi metodlar va metodologik prinsiplar sanab kurildi. To’g’ri, bu tadqiqotda to’plangan ma’lumotlar va ilmiy xulosalar bilan bugungi kunda kelishib bo’lmaydi. Qolaversa, bu konsepsiyaning o’zi necha bor qayta ishlovni talab qildi, lekin milliy psixologiya bo`yicha o’tkazilgan kross-tadqiqot sifatida uning ahamiyati kattadir. Qo’llangan piktogramma -"suz portretlarini", o`z-o’zini analiz qilish metodlarini hozirgi zamonaviy tadqiqotlarda ham faqat yangicha metodologik prinsiplarda qo’llash mumkin.
Oxirgi yillarda chet el va sobiq Ittifok olimlarining tadqiqotlarini umumlashtirib, etnopsixologik ishlarga yagona ilmiy yondashuvni topish harakatlari sezilmoqda. Bu sohada mashxur rus etnografi va psixologi YU. Bromley olib borgan ishlar, uning laboratoriyasida to’plangan ma’lumotlar misol bo`lishi mumkin. YU. V. Bromley etnik guruhlar psixologiyasida ikki tomonni fark qiladi:
1) psixik asos - etnik harakter, temperament milliy an’analar va odatlardan iborat barkaror qism;
2) hissiet sohasi etnik yoki milliy his-kechinmalarini o`z ichiga olgan dinamik qism.
Lekin tadqiqotlar nima uchundir, milliy psixologiya masalalari bilan shug’ullanishganda, milliy k i r r a l a r yoki sifatlarni aniqlash bilan shug’ullanadilar-da, u yoki bu millatlargina xos bo`lgan kirralarni topishga o’rinadilar, lekin fan-texnika rivojlangan, millatlar uygunligi, millatlarning doimiy o’zaro xamkorligi va muloqoti sharoitida, aralash nikohlar keng tarkalgan sharoitda faqat u yoki bu milatga xos bo`lgan kirralar haqida gapirish juda qiyin. Masalan, O’zbeklar o’rtasida o’tkazilgan kichik tadqiqot natijasida shu narsa ma’lum bo’ldiki, gueki mexmondustlik, kamtarlik, samimiylik kabi ijobiy sifatlar O’zbek halqigina xos emish. To’g’ri, bu sifatlar albatta O’zbeklarda bor. Lekin, aynan shu sifatlar boshqa millatlar vaqillarida yo’q deyishga xakkimiz yo’q. Xuddi har bir shaxs ongida turlicha steriotiplar - ya’ni urnashib qolgan obrazlar bo`lganidek, har bir oila, yaqin oshna - ogaynilar va o’ziga o’xshash shaxslar bilan muloqot jarayonida u yoki bu millat vaqilida ham o`z millatiga xos bo`lgan sifatlar haqida steriotiplar paydo bo`lib, ular ongida urnashib boradi. Bunday steriotiplar o`z millatiga va boshqa halqlarga nisbatan bo`lib, boshqalar haqidagi tasavvurlar ancha sodda, yuzaki, mazmunan tor bo`ladi. Shunday tasavvurlar asosida boshqa millatlarga nisbatan yektirish (simpatiya) yoki yektirmaslik (antipatiya) va befarklik munosabatlari shakllanadi. O`z millati haqidagi tasavvur va steriotiplar esa milliy"etnotsentrizm"hissini shakllantiradiki, shu his tufayli shu milliy guruh vaqillarida boshqa millatlarga nisbatan irratsional munosabatlar paydo bo`lishi, bu esa millliy antogonizm va milliy adovatlarini keltirib chiqarish mumkin. Bu borada, ijtimoiy psixologlar va mafko’rachilar oldida turgan muammolardan biri millat vaqillarida milliy guro’rning kay darajada bo`lishini aniqlash muammosi turadi. Chunki ko’pincha milliy gurur tufayli ayrim shaxslarda boshqa millatlarni mensimaslik, ulardagi gurur yoki milliy hislarni tan olmaslik hollari kuzatilmoqda. Umuman, bizning fikrimizcha, milliy adovatlar asosida yyotgan etnotsentrizm va milliy guro’rning salbiy ko’rinishlari boshqa millatlarning tarixini, ularning an’analarini, tili va xoka’zolarini bilmaslikdan kelib chiqadi. Milliy psixologiya bo`yicha o’tkazilishi lozim bo`lgan tadqiqotlarning maqsadlaridan biri ham boshqa millatlar psixologiyasini bilib, uni boshqa millatlarga yetkazish tufayli, har bir millat vaqiliga hurmat-izzat hissini kuchaytirishdir. Chunki, o’zini hurmat qilmagan odam boshqani qilmaydi, buning uchun esa psixologiyasini ham, o’zgalar psixologiyasini ham bilishi kerak. Shundagina shaxslararo ziddiyatlarga barxam berilishi mumkin. Bu narsa millatlar psixologiyasiga ham xosdir. Ya’ni fan jamiyatga shunday etnografik va etnopsixologik ma’lumotlar majmuini yaratib berishi lozimki, undagi ma’lumotlar asosida katta guruh hisoblangan millatlar psixologiyasini ham boshqarish mumkin bo’lsin.
Dostları ilə paylaş: |