IJTIMOIY PSIXOLOGIYANING RUSSIYA VA SOBIQ ITTIFOQDA RIVOJLANIShI Sobiq ittifok jumxuriyatlarida, birinchi navbatda Russiyada Ijtimoiy psixologiya 20-yillardan boshlab rivojlana boshladi. B Bu borada rus Ijtimoiy psixologiyasining asoschisi deb xakli ravishda V. M. Bexterevni ko’rsatish mumkin. U o’zining refleksologiya nazariyasi doirasidan shaxs xulq-atvorining motivlari tushunishga o’rganganlardan biridir. Uning fikricha, barcha ongli va ongsiz jarayonlar tashki xulq-atvorda, harakatlarda ifodalanadi, shuning uchun ham tashki harakatlarni, qiliklarni, nutkni, tovushni o’rganish, orqali shaxsning o’zini bu harakatlarning sabablarini o’rganish, mumkin. Bexterevning xatosi shu ediki, u o`z qarashlarida sotsiologiyani biologiya bilan, psixologiyani esa fiziologiya bilan aralashtirib yubordi, shu orqali shaxs va jamiyat taraqqiyotining uni versal qonunlarini topmoqchi bo’ldi.
Bexterevdan keyingi olimlar, YU. Vasilevning "biologik sotsiologiyasi" ham, M.A. Reysnerning "ommaviy psixologiya" ham, L.N. Voytolovsqiyning "jamoa psixologiyasi" ham reflekslar qonuni mexaniq tarzda ijtimoiy psixologik jarayonlarini tushuntirishga kuchirish bo’ldi, desak xato bo’lmaydi.
20-30 yillarda bolalar va usmirlar ijtimoiy psixologik taraqqiyotini o’rganishga qaratilgan ikki yo’nalish paydo bo’ldiki, ular ham qator kamchiliklardan holi bo’la olmaydilar. Masalan, biologik yoki biogenetik nazariya tarafdorlari shaxsning shakllanishida irsiy va biologik nasliy omillar yetakchi rol uynaydi, deb hisoblashsa (E. Arkin, I. Aryamov, va boshqalar), sotsiologik yoki sotsiogenetik nazarietchilar bu borada ijtimoiy muxit rolini nixoyatda ortik ekanligini ximoya qilib chikdilar. (S. Molojaviy, A. Zalkind va boshqalar).
30-yillarda A.S. Makarenko, A. Zalujniy, L.S. Vigotskiy, N.K. Krupskaya va boshqa qator olimlar o`z nazariy qarashlarini marksizm bilan bevosita boglab, jamoa va shaxs nazariyasini yaratdilar. Ular shaxsning shakllanishida ijtimoiy muxitning, jamoaning rolini, ta’lim tarbiyaning ahamiyatini isbotlashga o’rindilar. Lekin, 40-60 yillar Ijtimoiy psixologiya taraqqiyotida nisbatan sokinlik davri bo’ldi. Chunki psixologiya sohasida olib borilgan tadqiqotlar ichida ijtimoiy psixologik tadqiqotlar yo’q hisob edi. Bu fan Russiyada va boshqa Sobiq ittifokdosh jumhariyatlarda 70-yillardan keyin keskin rivojlana boshladi. Bunda Moskvalik va Leningradlik (hozirgi Sankt-Peturburg) olimlar maktabi katta rol uynadi. Agar Moskva shaxrida asosan Ijtimoiy psixologiya bo`yicha fundamental nazariy tadqiqotlar ko’plab o’tkazilib, unda hozirgi zamon ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning empirik qonunlari asoslari ishlab chiqilgan bo’lsa, Sankt-Peturburgda ko’prok tadbiqiy ilmiy tadqiqot ishlar olib borildiki, ular birgalikda minglab yesh ijtimoiy psixologlar avlodini tarbiyalab yetishtirdilar. Ular esa hayotimizga ilgor fikrlar va dadil tadqiqotlar bilan kirib kelib, hozirgi kun fanini dunyo mikesida misli kurilmagan darajaga kutardilar. Lekin, yo’qorida aytib utilganidek, mamlakatimizda sotsial psixologiyaning rivojlanishida chet el, ayniqsa Amerika Kushma Shtatlari psixologiyasining ta’siri ancha sezilarlidir.