Guruh dinamikasi (grekcha dynamis – kuch) – bu guruhning o’z holatini o’zgartiradigan, rivojlantiradigan yoki buzadigan kuchlarning hamkorlikdagi jarayonidir. U asosan ikki xil yo’nalishdagi jarayonlarda ko’zga tashlanadi: guruh a’zolarining birlashuvi va aksincha, keskinlashuvi.
Guruh munosabatlari – a) guruh faoliyatining xarakter iva mazmuni; b) guruhning umuman strukturadagi o’rni, qadriyatli birligi va b. xarakteristikasi; v) guruh a’zolarining sotsial individ sifatidagi o’zaro shaxsiy munosabatlari; g) bu munosabatlarga jalb qilingan kishilarning individual pozitsiyalariga ko’ra guruhda uning a’zolari o’rtasida qaror topadigan munosabatlardir.
Guruh roli (o’rni) – guruh uchun bajaradigan vazifasiga ko’ra insonning shu guruhdagi barqaror, mustahkam holati (o’rni, pozitsiyasi).
Guruh – umumiy bo’lgan bir yoki bir necha belgilarga ko’ra birlashgan kishilar yig’indisidir.
Guruhning birdamligi - fikrlar birligi, e’tiqodlar, anhanalar birligida, Boshqaruvda shaxslararo munosabatlar, kayfiyatlarning ijobiy xarakterida va guruh psixikasining boshqa belgilarida, shuningdek, hamkorlikdagi amaliy faoliyatning birligida namoyon bo’ladigan guruh a’zolari birligining psixologik xarakteristikasidir.
Gipoteza –o’rganilayotgan zxodisaning sabablari va xususiyatlarini tushuntiradigan asosli tahmin tarzidagi bilim shakli.
Guruhda kuchlarning munosabati – bu guruhiy jarayonlarni hamda guruh a’zolarining hulq-atvorini nazorat qilish imkoniyatlarining guruh ob’ektlari o’rtasida taqsimlanishidir. Liderlik tushunchasida, guruh dinamikasi va sh.k. larda namoyon bo’ladi.
Geniy –bu yangiliklarni yaratuvchi va kashf qiluvchi shaxs.
Jamiyat – tabiatning bir qismi, borliqning aloxida shaklini ifodalaydigan falsafiy tushuncha odamlar uyushmasining maxsus shakli kishilar o’rtasida amal qiladigan ko’plab munosabatlar majmuasidir.
Individ – odamzodning vakili, o’ziga xos takrorlanmas xususiyatlar egasi hisoblanish odam.