Innovatsiya – ijtimoiy amaliyotda sezilarli o’zgarishlar tug’diradigan turli xil yangiliklar yaratish va tadbiq etish.
Ijtimoiy norma – shaxs xaytida shunday kategoriyaki, u jamiyatning o’z a’zolarixulq – atvoriga nasbatan ishlab chiqqan va ko’pchilik tomonidan e’tirof etilgan xarakatlar talabi.
Ijtimoiy sanktsiya –normalarning shaxs xulqida nomoyon bo’lishni nazorat qiluvchi jazo va rag’batlantirish mexanizmi.
Intellekt, aql – inson hayoti davomida bilish faolligiga tegishli bo’lgan barqaror o’ziga xos va rivojlanib boruvchi xususiyatlar va sifatlar tizimi, uning ichki va tashqi hayotiy holatlar, jumladan, ijtimoiy muhitda ham oqilona mo’ljal ola bilishdir. Odatda sub’ektning faoliyat sohasiga bog’liq holda sotsial intellekt, texnik intellekt, gumanitar intellekt, verbal, ya’ni og’zaki, noverbal intellektlarni farqlashadi.
Ijtimoiy ustanovka -shaxsning atrof muhitida sodir bo’layotgan ijtimoiy xodisalarni, ob’ektlarni, idtimoiy guruxlarga ma’lum tarzda idrok etish, qabul qilish va ular bilan munosabatlar o’rnatishga ruxiy ichki hozirlik sifatida odamlardagi dunyoqarashni ham o’zgartirishga aloqador kategoriya.
Inson –tushunchasiga aniq tarif berish uchun olamda mavjud bo’lgan boshqa biologik mavjudodlardag ajralib turuvchi eng muxim xususiyatlarni aniqlash zarur.
Insonporvarlik – gumanizm odamlarga mehr – muxabbat bilan qarash, ularni xurmat qilish, insonning moddiy farovonligini yuksaltirish va kishilardayuksak ma’naviy fazilatlarni rivojlantirishga g’amxo’rlik qilish g’oyalari bilan sug’orilgan dunyoqarash.
Illyuziya –tana azolarimizga bevosita ta’sir etib turgan narsa va hodisalarni noto’g’ri (noadekvat) idrok qilishdan iborat bilish jarayonining hodisasi.
Insayt – oydinlashuv. Muammoning yechimi, ba’zan birdan yorqin yulduzday yalt etib paydo bo’ladi. Bunday psixologik xolat psixologiyada insay – oydinlashuv deyiladi.
Ijtimoiylashuv – inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va xayot faoliyat jarayonida uni faol tarzdao’zashtirish jarayoni.