Shaxs erkinligi – insonlarning o’z xayoti va faoliyatini amalga oshirish, ozod shaxs sifatida mehnat qilish, bilim olish, o’zi istagan kasb, hunarli, diniy e’tiqod va boshqalar ixtiyoriy tanlash.
Shaxsiy munosabat – bu hamkorlikdagi faoliyatning ehtiyojlari tufayli yuzaga keladigan va o’zaro aloqadorlikdagi strategiyalar kelishuvini kontaktlar o’rnatilishi va rivojlantirilishining murakkab va serqirra jarayoni, ular o’rtasidagi munosabatlarning o’rnatilishi va saqlab turilishidir. Kontakt, o’zaro aloqadorlik, munosabatlar, kommunikatsiya va idrok shaxsiy munosabatning komponentlari hisoblanadi.
Shaxsiy aloqalar – bu muayyan vaqt ichida ikki yoki undan ortiq kishilar o’rtasida qaror topadigan barqaror munosabatlardir. Dastlab o’zaro aloqadorlik ko’rinishida paydo bo’lib, keyin tez takrorlanishi tufayli u barqaror munosabatlarga aylanadi. Munosabatlarga misol: dushmanlik, musobaqa, muhabbat, do’stlik, ishbilarmonlik munosabatlari. «Jabrdiyda-agressor», «xotinboz – farqiga yetadigan xonim», «injiq boshliq – sustkash ijrochi» va boshqa shunga o’hshash qaror topgan munosabatlar ishtirokchilar ularni o’zgartirgunga qadar noaniq muddat davomida mavjud bo’lib turadi.
Ehtiyojlar – inson yoki hayvonning normal yashashi uchun zarur bo’lgan yetishmovchilikni aks ettiruvchi psixik yoki fiziologik keskinlik holatidir. Ehtiyojlar holat sifatida sub’ektning hayotiy faolligining shu ma’noda manbai hisoblanadiki, yuz bergan keskinlikni yo’qotishga qaartilgan sezilarli ta’sir kuchiga ega.
E’tiqod – shaxning shunday ongli yo’nalishki, unga o’y- qarashlari, printslari va dunyoqarashga mos tarzda yashashga imkon beradi, e’tiqodning predmeti tarlicha bo’ladi. Vatanga, dinga, fanga, kasbga, axloqiy normalarga, oilaga, go’zallika va shunga o’xshash.
Home sapichs –aqlli zot.
Ehtiros – uzoq vaqt davom etadigan va barqaror bo’lgan emotsional holat.
Qattiyat - ba’zi hollarda kishi qabul qiladigan qarshiliklar amalga oshirishda imkoniyatlarga ishongan xolda juda tez ma’lum bir qarorga kelish.