144
Ushbu oʻyin oʻquvchilar-ning qiziqishlarini oshiradi. Bolalar
oʻyinni juda berilib bajarishadi. Oʻquvchilar boʻgʻinlarini almashtirib
yangi soʻz hosil qilish oʻyini orqali soʻzning leksik – semantik ma’nosi
ustida kuzatish olib boradi. Oʻyin koʻproq ikki va undan ortiq boʻgʻinli
soʻzlardagi boʻgʻinlarning oʻrnini almashtirish orqali olib boriladi.
Bunday soʻzlar koʻproq qoʻshma otlar mavzusi bilan bogʻliq boʻladi.
Ba’zan qoʻshma ot tarkibidagi har bir boʻgʻin bir soʻzga ma’no
jihatidan teng boʻlib, ularning oʻrnini almashtirib qoʻllash oʻzbek
tilidagi yangi qoʻshma otlarni hosil qiladi.
Bu oʻyindan boshlangʻich sinflarning savod oʻrgatish davridan
boshlab, oʻrta maktablarning yuqori sinflarida ham foydalanish
mumkin. Oʻyinni boshlashdan oldin oʻqituvchi quyidagi namunani
xattaxtaga yozib tushuntiradi.
Gulnor – Norgul
Urchuq - Chuqur
Oʻquvchilar bilim darajasiga qarab quyidagi soʻzlarni topishi
mumkin.
Alisher - Sherali
Gulchehra - Chehragul
Xoldona - Donaxol
Mehrnoz - Nozmehr
Toʻraboy - Boytoʻra
Guldasta - dastagul
Oybahor - Bahoroy
Toshtoʻxta - toʻxtatosh
Bu
oʻyinni alifbegacha boʻlgan
davrda va undan keyin ham oʻtkazish
mumkin. Oʻquvchilarning sinchkovligini,
e’tiborini oshiradi. Bolalarni harflar va tovushlar ustida oʻtkaziladigan
oʻyinlarga tayyorlaydi. Oʻyinga 10-15 oʻquvchi qatnashadi. Barcha
oʻquvchilar bir qator boʻlib turishadi. Oralaridan biri boshlovchi
boʻladi. Boshlovchi barcha oʻquvchilarni 30 soniya davomida kuzatib
orqaga oʻgiriladi. Shu davrda bolalardan ikkitasi oʻz joylarini
almashtirishadi. Boshlovchi oʻquvchi oʻquvchilarga yuzlanib kimlar
joyini almashganliklarini aytadi. Agar toʻgʻri aniqlasa joylarini
almashgan oʻquvchilardan biri boshlovchi boʻladi. Yanglishib aniqlay
olmasa, yana oʻzi boshlovchi boʻlib qolaveradi.
Dostları ilə paylaş: