48
qavm-qarindoshlik boʻyicha guruhlash:
1. Ota urugʻi: ota, amaki, amma, dada, oppoqdada, buvi, buva.
2. Ona urugʻi: ona, xola, togʻa, oyi, buvi, buva.
Sifatlarda a) xususiyat bildiruvchi sifat: shoʻx, ogʻir, bosiq, aqlli,
aqlsiz, hayoli, hissiz, andishali, dangasa, tanbal, ishchan, mehnatsevar
va h. b.) ta’m bildiruvchi sifat: shirin, achchiq, nordon, taxir, shoʻr,
mazali, bemaza, chuchmal va h.k.
Guruhlash musobaqa tarzida uyushtirilishi mumkin.
Ma’lum bir guruhdagi soʻzlar roʻyxatini
tuzish ishini alfavit
asosida yozdirish ham mumkin. Guruhlashda quyidagi topshirqlardan
foydalanish mumkin.
1. Bolalar oʻyinlari nomining lugʻatini tuzing.
2. Oʻzingiz bilgan shoir nomlari roʻyxatini tuzing.
3. Ertak nomlari roʻyxatini tuzing.
4. Joy nomlari roʻyxatini tuzing.
5. Ohangdosh soʻzlar roʻyxatini tuzing.
6. Ma’nodosh soʻzlar roʻyxatini tuzing.
Bular oʻrganilayotgan mavzularga, mashq matnlariga bogʻliq
holda tashkil etiladi.
Soʻzlarning izohli lugʻatini sinf va maktab matnlariga bogʻliq
holda tashkil etiladi.
Soʻzlarning izohli lugʻatini sinf va maktab miqyosida tuzib, osib,
umumiste’molga kiritish mumkin.
Biz
bilamizki, nutq va soʻz boyligini rivojlantirish,
birinchi
navbatda, fikrlarni ifodalash va ma’noni yetkazish uchun zarurdir. Agar
bolaga doimiy ravishda mashq qildirilsa bu mahorat rivojlanadi va agar
unga e’tibor berilmasa, u zaiflashadi.
Shundan kelib chiqqan holda,
lugʻatni rivojlantirish uchun bola odamlar bilan imkon qadar koʻproq
muloqot qilishi, ular ishlatadigan yangi soʻzlarga e’tibor berishi,
ularning ma’nosini yodlab olishi va uni nutqda qoʻllashi kerak boʻladi.
Bunda bir qancha foydali usullarni keltirish mumkin.
Audiokitoblarni tinglash
. Ushbu vosita
juda samarali va boladan
deyarli hech qanday kuch talab qilmaydi. Bundan tashqari,
bu juda
qulay.
Oʻquvchilarni
audiokitoblarni
eshitishga
qiziqtirish
boshlangʻich sinf oʻqish darslarida amalga oshiriladi. Bunda oʻqituvchi
Dostları ilə paylaş: