Buxoro davlat universiteti qodirova saodat abduraximovna


Lugʻatni rivojlantirish uchun oddiy va tezkor texnikalar



Yüklə 44,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/115
tarix20.11.2023
ölçüsü44,74 Kb.
#161849
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   115
12686 2 B75AA9F34EE58F3B5753CA8B6D3DACA248374806

Lugʻatni rivojlantirish uchun oddiy va tezkor texnikalar


49 
oʻrganilayotgan asarning audio variantini eshittirsa, oʻquvchida 
qiziqish ortadi. Audiokitobni eshitish juda qulay ekanligiga oʻzlari 
ishonch hosil qilishadi. Mustaqil eshitilgan audiokitoblar yuzasidan 
qisqa muddatli suhbat tashkillashirilsa, lugʻatni boyitish samaradorligi 
yanada ortadi.
Yodlash
. Boshlangʻich sinf oʻqish darslarida berilgan she’r, maqol, 
topishmoq, tez aytishlarni yod oldirish, oʻquvchilar soʻz boyligini 
boyitish imkoniyatini oshiradi, bunda oʻquvchining passiv lugʻatidagi 
koʻplab soʻzlar faol soʻzlarga aylana boradi. Ma’lumki, biror narsani 
eslab qolishning eng yaxshi usuli - bu takrorlash, shuning uchun 
darsdan tashqari boʻsh vaqtlarda ularning yod olgan she’rlarini, mustaql 
oʻqigan asarlarining mazmunini takrorlatib turish lugʻat boyligini 
takomillashitirishda juda foydali boʻladi.
Yangi soʻzlarni oʻrganish.
Oʻquvchining soʻz boyligini faqat bitta 
tildagi soʻzlar bilan cheklab boʻlmaydi. Ingliz, rus va boshqa har 
qanday tilni oʻrganish soʻz boyligini bir vaqtning oʻzida bir nechta 
yoʻnalishlarda kengaytirishga yordam beradi. Bunda oʻqish darslarini 
ingliz, rus tillari bilan integratsiya qilish nazarda tutiladi. Asar 
mazmunida keltirilgan ayrim soʻzlarning rus, ingliz tillaridagi 
muqobillarini ham oʻrgatib borish foydadan holi boʻlmaydi.
Kundalik yuritish.
Kundalik yuritishga odatlantirish biroz 
murakkablik tugʻdiradi. Oʻquvchilarni kundalik yuritishga oʻragtishni 
eng sodda ishdan boshlash kerak. Buning oddiy usuli oʻqish darslarida 
oʻrganilgan yangi asar haqida oʻz fikrini, unga yoqqan va yoqmagan 
jihatlarini yoki asar haqidagi taassurotini qisqa qilib yozib qoʻyishga 
odatlantirishdir. Kundalik yozish jarayonida oʻquvchilar oʻz fikrlarini 
tizimlashtirishga, yangi soʻzlardan foydalanishga harakat qilishadi. 
Natijada ularning lugʻat boyligi ortib, takomillashib boradi.
Oʻqish.
Veb-saytlar, kitoblar, gazeta va jurnallar nafaqat ma’lumot 
manbai, balki soʻz boyligini toʻldirish vositasi sifatida ham xizmat 
qiladi. 

Yüklə 44,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin