Buxoro davlat universiteti qodirova saodat abduraximovna


 Grammatik atamalar ma’nosi bilan tanishtirish



Yüklə 44,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/115
tarix20.11.2023
ölçüsü44,74 Kb.
#161849
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   115
12686 2 B75AA9F34EE58F3B5753CA8B6D3DACA248374806

5. Grammatik atamalar ma’nosi bilan tanishtirish.
Grammatik 
atamalarning avvalo toʻgʻri talaffuzi, imlosi oʻrgatiladi. Shundan soʻng 
misollar asosida uning mazmuni ochiladi. Qoidani oʻqitish va mashqlar 
bajarish orqali atama ma’nosini toʻlaqonli anglashlariga erishiladi. 
 
 
Lugʻat ustida ishlashda quyidagi metodik usullardan foydalaniladi: 
1. Soʻz ma’nolarini taqqoslash va ularni sharhlash.
Bu usul 
koʻchma ma’noli soʻz va iboralar, paronim soʻzlar, shakli bir xil soʻzlar 
ma’nosi, imlosi, talaffuzini izohlashda qoʻllaniladi. Urush - urush: ikki 
kishining janjallashib qolishi – urish; ikki xalq, ikki davlat orasidagi 
jang - urush. Bu soʻzlarning talaffuzi ham ikki xil. 
2. Soʻzlarning kuzatish usuli orqali soʻzlarning imlosini, 
ma’nosini va talaffuzini oʻrgatish.
Bu usul oʻzakdosh soʻzlarni 
oʻrganish jarayonida, koʻm-koʻk, oppoq, qip-qizil sifatlarining (qizil, 
oq, koʻk) ma’no nozikliklari, imlosi, talaffuzini oʻrgatishda 
qoʻllaniladi. Masalan: gul: guldon, gulchi, gulzor, gulli, gulsiz, gulla 
soʻzlarning tarkibini kuzatadilar. Bu soʻzlar ma’nosidagi farqni 
izohlaydilar va tilning yangi soʻzlar hisobiga boyib borishini anglay 
boshlaydilar. Shunday oʻrinda oʻqituvchi soʻzlarni oʻz soʻziga 
aylantirishi orqali aniq fikr yuritishga oʻrganish oʻquvchining burchi 
ekanini aytishi lozim. 
Kuzatish usuli shakllari oʻzgarayotgan soʻzlarning imlosini 
oʻrganishda ham qoʻllaniladi: ogʻiz+im - ogʻzim, singil+im - singlim, 
u+ga - unga. 
3. Soʻzlarni belgilariga koʻra guruhlash usuli.
Guruhlash aqliy 
faoliyat usuli boʻlib, u ona tili mashgʻulotlarida oʻquvchilarning soʻz 
boyligini oshirishda muhimdir. Bu usul soʻzlarning anglatayotgan 
ma’nosi, turkumi, yasalishi, imlosi, uyasi kabilarga ajratish imkonini 
beradi. Guruhlash kuzatish va taqqoslash usuli bilan bogʻliq. Soʻzlarni 
guruhlash uchun avvalo ular kuzatiladi, soʻng taqqoslanadi. Bu 
jarayonda ularning oʻxshash va farqli tomonlari ajratiladi: Masalan, 

Yüklə 44,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin