55
ta’limda nutqni rivojlantirish boʻyicha umumiy tizimda markaziy
oʻrinni egallaydi. Nutqning turli jihatlarini rivojlantirish bogʻlanishli
nutqni rivojlantirish uchun zarur shartdir va, ayni paytda, bogʻlanishli
nutqni rivojlantirish bolaning alohida soʻzlar va sintaktik birlikdan
mustaqil foydalanishiga yordam beradi. Bogʻlanishli nutq bolaning ona
tilini, uning tovush tizimini, lugʻat tarkibini, grammatik tizimini
oʻzlashtirishdagi barcha yutuqlarini oʻz ichiga oladi.
Milliy
oʻquv
dasturiga
binoan
maktabgacha
ta’lim
muassasasalarida bolalarning bogʻlanishli nutqini shakllantirishga
alohida ahamiyat beriladi. Katta guruhlarda bolalar bilan ogʻzaki
nutqning ikki shakli – soʻzlashuv va hikoya qilib berish nutqini
oʻstirishni davom ettiriladi. Bolalarda bogʻlanishli nutqni
shakllantirishni amalga oshirish ularni suhbatlarda faol ishtirok etishga
undash, mavzu boʻyicha berilgan savollarga tushunib, aniq va toʻliq
javob berish, oʻrtoqlarining berayotgan javoblarini e’tibor bilan
tinglash malakasini takomillashtirish kabilar orqali bajariladi.
Badiiy asarni, xususan, ertaklarni qayta hikoya qilishga
oʻrgatayotganda bolalar diqqatini: ertakning boshlanishi, takrorlanishi,
xulosa qismiga, voqealarning izchil bayoniga, hikoyalarni soʻzlab
berilayotganda ikki qahramonning oʻzaro nutqiga qaratiladi. Bunda
bolalar asar voqealarini soʻzlab berayotganida ovoz ohangining xilma-
xil (soʻroq, his-hayajon, hayratlanish, iltimos) turini qoʻllay bilish, turli
janrdagi badiiy asarlarni hikoya qila olishga oʻrgatish kerak boʻladi.
Bolalarga oʻyinchoqlar va buyum, fasllar haqida hikoya tuzishni
oʻrgatayotganda oʻyinchoqlarni ta’riflab berishga, ularning oʻziga xos
xususiyatlarini koʻrsatuvchi belgilarini (rangi, shakli, vazifasi) aniq
soʻzlar orqali ifodalashga, rasmga qarab mustaqil tasviriy hikoya
tuzishga oʻrgatish juda muhim ahamiyatga ega. Bolalarga yil fasllari
haqida hikoya tuzishni oʻrgatayotganda har bir faslning oʻziga xos
tarovati, bolalarning oʻyinlari haqida voqealarni izchil bayon
qilishlariga, hikoya tugal ma’noga ega boʻlishiga e’tibor qaratish lozim
boʻladi.
Maktab oʻquvchilarining til ta’limi va nutq taraqqiyoti zamonaviy
boshlangʻich maktabda asosiy muammolardan biridir. Tilni oʻrganish
Dostları ilə paylaş: