Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S


  1-MAVZU. «TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT VA



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/93
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210759
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   93
12740 2 A33B8B49E6EAD09463E261CBFE4E14A01B14D4D4

 


11 
1-MAVZU. «TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT VA 
RAQOBAT MENEJMENTI» FANINING PREDMETI, 
VAZIFASI VA O'RGANISH USULLARI 
1.1. Fanning moһiyati, maqsad va vazifalari 
1.2. Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti fanining predmeti 
va organish usullari 
1.3. Fanning iqtisodiy fanlar tarkibidagi o’rni. Agrobiznes va iqtisodiy 
fanlar bilan aloqasi 
 
Tayanch iboralar: fanning maqsadi, fanning predmeti, tashqi 
iqtisodiy 
aloqalar, 
tashqi 
iqtisodiy 
faoliyat, 
korxonalar, 
raqobatbardoshlik 
 
1.1. Fanning moһiyati, maqsad va vazifalari 
Dunyo xo'jaligining XX asr oxirlaridagi faoliyatini o'ziga xos 
xususiyatlaridan biri – davlatlar o'rtasidagi xalqaro iqtisodiy 
munosabatlarni yanada rivojlanishi va takomillashishidir. Har bir davlat 
bu sharoitda tashqi iqtisodiy faoliyatini milliy iqtisodiyotini har 
tomonlama rivojlantirishni, dunyo xo'jaligiga integrasiyalashuv 
jarayonlarini har tomonlama o'ylagan holda tashkil etishga qaratgan 
bo'ladi. 
«Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti» fanini 
o’rganishdan maqsad mamlakatdagi xo’jalik yurituvchi 
sub'ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini tashkil etishning shakllari, 
tartibi, usullari va shartlari, shu jumladan tashqi savdo bitimlari va 
operatsiyalarining aniq mazmuni, ularni amalga oshirish texnologiyasi 
va meyoriy-huquqiy asoslari bo’yicha nazariy bilimlar tizimini 
o'zlashtirish, 
shuningdek 
tashqi 
iqtisodiy 
faoliyat 
sohasida, 
korxonaning tashqi iqtisodiy faoliyatini boshqarishni tashkil etish 
sohasida amaliy ko'nikma va qobiliyatlarni olish. 
Tashqi iqtisodiy faoliyat - xalqaro ishlab chiqarish va ilmiy-texnik 
kooperatsiya, mahsulotlarni eksport qilish va import qilish, 
korxonaning tashqi bozorga chiqishi bilan bog'liq iqtisodiy faoliyat 
sohasi. Tashqi iqtisodiy faoliyat, tashqi iqtisodiy aloqalardan farqli 
o'laroq, 
eksport-import 
operatsiyalari 
uchun 
tovarlarning 


12 
nomenklaturasini tanlashda, narxi va qiymatini belgilahda, yetkazib 
berish hajmi va muddatini aniqlashda to'liq mustaqil bo’lgan ishlab 
chiqarish tuzilmalari (firmalar, tashkilotlar) darajasida amalga 
oshiriladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning rivojlanishi korxonaga savdo 
bozorlarini va ishlab chiqarish geografiyasini kengaytirish, xalqaro 
ishlab chiqarish kooperatsiyasining afzalliklaridan va ishlab chiqarish 
vazifalarini amalga oshirish uchun qaror qabul qilish erkinligidan 
foydalanish imkonini beradi. Quyidagi imkoniyatlar mavjud: 
-
jahon bozorining imkoniyatlariga tayangan holda ishlab 
chiqarish resurslarini erkin tanlash; 
-
ishlab chiqarilgan mahsulotlarni maksimal rentabellik bilan 
sotish yo'nalishlari va shakllarini erkin tanlash; 
-
korxona iqtisodiy manfaatlariga mos keladigan kooperatsiya 
bo'yicha ishlab chiqarish hamkorini erkin tanlash; 
-
ishlab chiqarishning texnik darajasini va ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlarning 
raqobatbardoshligini 
oshirish, 
eksport 
salohiyatini mustahkamlash yo'llari va imkoniyatlarini erkin 
tanlash. 
Fanning asosiy vazifasi - tashqi iqtisodiy aloqalarning tashkiliy, 
huquqiy va iqtisodiy asoslari hamda tashqi iqtisodiy faoliyat amaliyoti 
va texnikasi, raqobat menejmenti bilan tanishtirish hamda shu kabi 
masalalarni yanada chuqur o’rganish va amaliy o’zlashtirish, olingan 
bilimlarni amalda qo’llashga zarur asosni ta'minlashdan iboratdir. 
Fanning vazifalari: 
-
korxonalarning tashqi iqtisodiy faoliyati, tashqi iqtisodiy sohada 
mamlakatning raqobatbardosh ustunliklarini amalga oshirish 
bo’yicha kompleks bilimlarni shakllantirish; 
-
tashqi iqtisodiy faoliyat nazariyasi va amaliyotini ochib beruvchi 
kontseptual apparatni o’zlashtirish; 
-
tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida ishlash, xalqaro va milliy huquq 
manbalari bilan, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi ilmiy va 
axborot adabiyotlari bilan mustaqil ishlash uchun zarur bo'lgan 
amaliy ko'nikma va bilimlarni shakllantirish; 
-
korxonada tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish va boshqarish, 
tashqi iqtisodiy faoliyatni tahlil qilish va korxonaning eksport 
salohiyatini oshirish yo'llarini aniqlash, shuningdek, tashqi 
iqtisodiy shartnomani tuzish ko'nikmalarini egallash. 


13 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin