Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti tuproqshunoslik va geografiya kafedrasi



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/40
tarix02.01.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#36968
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
buxoro vohasi tuproqlarida shorlanish jarayonlari va shorlanishga qarshi chora tadbirlari

 

Kirish 

 

      Mavzuning dolzarbligi. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin qishloq 

xo’jaligi  ishlab  chiqarishida  koordinal  o’zgarishlar  ro’y  berdi,  qishloq  xo’jaligini 

rivojlantirishda  qaratilgan  bir  qator  qonunlar,  Respublikamiz  Prezidentining  va 

Vazirlar  Mahkamasining  farmonlari  va  qarorlari  qabul  qilindi.  Ushbu  hujjatlarning 

asosiy  maqsadi  yerga  bo’lgan  munosabatini  tubdan  o’zgartirish,  tuproq,  suv  va  yer 

resurslari  doimiy  muhofaza  qilish  bilan  bir  qatorda  ulardan  samarali  va  oqilona 

foydalanishni  tashkil  etishdir.    Prezidentimiz  Shavkat  Mirziyoyevning  2018-2019-

yillarda  irrigatsiyani  rivojlantirish  va  sug'oriladigan  yerlarning  meliorativ  holatini 

yaxshilash  Davlat  dasturi  to'g'risidagi  qarori  qabul  qilindi

Qarorda  ta`kidlanishicha, 

yurtimizda  4487  kilometr  irrigatsiya  tizimi  kanallarini,  5250  kilometr  sug'orish 

tarmog'ini,  3636  ta  gidrotexnika  inshootini,  495  ta  nasos  stansiyalari  (agregatlari)ni 

va  1500  ta  tik  sug'orish  quduqlarini,  shuningdek,  7500  kilometr  kollektor-drenaj 

shaxobchalarini,  13  ta  meliorativ  nasos  stansiyalari  hamda  185  ta  tik  drenaj 

quduqlarini  rekonstruksiya  qilish  va  qurish  talab  etiladi.  Yuqoridagilar  inobatga 

olingan  holda  irrigatsiya-melioratsiya  obyektlarini  qurish  va  rekonstruksiya  qilish, 

ta`mirlash  va  qayta  tiklashning  kompleks  chora-tadbirlari  dasturi  hamda  prognoz 

parametrlari  tasdiqlandi.  Shuningdek,  birgina  tomchilatib  sug'orish  tizimi  hamda 

suvni tejaydigan boshqa sug'orish texnologiyalarini joriy etish hisobiga 2018-yilda 46 

mln., 2019-yida 60 million, jami 106 million kub metr suv iqtisod qilinadi.  

        O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  palatalarining  qarorlari,  O’zbekiston 

Respublikasi  Prezidentining  Farmonlari,  qarorlari,  Vazirlar  Mahkamasining 

farmoyishlari,  qarorlari,  vazirliklar,  davlat  qo’mitalari  va  idoralari,  mahalliy  davlat 

hokimiyati  organlarining  qarorlari  respublikamizda  Yer  resurslaridan  oqilona 

foydalanish, ularni muhofaza qilish, yer munosabatlarini tartibga solish, yer tuzish va 

yerlar  monitoringini  tashkil  qilish,  tuproq  unumdorligini  oshirishga  yo’naltirilgan 

qonunchilik  sohasidagi  tajribalardan  kelib  chiqadigan,  ijtimoiy  munosabatlarni 



 

  



 

 

tartibga  soluvchi  iqtisodiy  siyosatining  uyg’unlashtiruvchi  asosiy  muhim  hujjatlar 



bo’lib  qolmoqda.  Respublikaning  yuqori  darajadagi  faolligini  ta’minlovchi,  shart-

sharoitlarini  yaratish  imkonini  beruvchi,  mamlakatni  isloh  qilishning  prinsipial 

maqsadli  vazifalarini  belgilaydigan  tamoyillar:  tabiiy  resurslar,  jumladan  yer 

resurslarini  boshqarish  sohasidagi  jiddiy  muammolarning  ilk  sababchisi  bo’lib, 

yagona davlat siyosatini amalga oshirilishini ta’minlashga qaratilmoqda. 

    “Yergeodezkadastr”  davlat  qo’mitasi  tizimida  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasining 2000 yil 23 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasida yer monitoringi 

Nizomini  tasdiqlash  to’g’risida”gi  496-sonli  qarori  asosida  respublika  qishloq 

xo’jalik  yerlari  tuproqlari  monitoringi  tadqiqotlari  muntazam  ravishda  amalga 

oshirilmoqda.  Monitoring  ishlarini  bajarish  davomida  tuproqlarning  holati  bo’yicha 

tizimli kuzatuvlar tashkil etildi. Natijada qishloq xo’jalik yerlari tuproqlarining holati 

hamda  ularda  kechayotgan  jarayonlar  yo’nalishi  va  jadalligi  aniqlanib,  salbiy 

jarayonlarning  oldini  olish,  oqibatlarini  bartaraf  qilish  bo’yicha  tegishli  tavsiya  va 

chora-tadbirlar  belgilanib,  o’tkazilgan  ishlarni  yakuni  bo’yicha  ma’lumotlar  ishlab 

chiqarishda foydalanishlari uchun mahalliy hokimiyat  organlariga taqdim etilmoqda. 

O’zbekiston  Respublikasi  vodiy  va  vohalarda  shu  jumladan  Buxoro  vohasida 

tarqalgan qadimdan sug’oriladigan tuproqlarning meliorativ va agroekologik holatini 

sho’r  tuproqlar  meleoratsiyasi  ishlari  natijasida  yaxshilash  eng  dolzarb 

muammolardan biri hisoblanadi. 


Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin