Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti tuproqshunoslik va geografiya kafedrasi



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/40
tarix02.01.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#36968
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
buxoro vohasi tuproqlarida shorlanish jarayonlari va shorlanishga qarshi chora tadbirlari

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


15 

 

  



 

 

II bob. Buxoro vohasining tuproq-iqlim sharoitlari. 



2.1 Buxoro vohasi tuproqlari to’g’risida. 

 

      Voha tuproqlari — sugʻorma dehqonchilik mintaqalaridagi tuproqlar. Keng daryo 

vodiylari,  togʻlararo  soyliklar  va  togʻ  etaklarining  nishab  tekisliklaridagi  vohalarda 

tarqalgan.  Oʻrta  Osiyo  voha  tuproqlari    qadimdan  dehqonchilik  qilib  kelinayotgan 

hududlardagi  tuproqlarning  asosiy  qismini  tashkil  etadi.  Sugʻorma  dehqonchilik 

taʼsirida  voha  tuproqlari  mutlaqo  yangi  belgilarga  ega  boʻlib  boradi.  Sugʻoriladigan 

yerlarga beriladigan suv bilan birga oziq moddalarga boy oqiziqlar keladi. Amudaryo 

suvlaridagi oʻrtacha yillik oqiziqlar miqdori Termiz shahri yonida 206 mln. t, Nukus 

sh.  yonida  esa  104  mln.  t  ni  tashkil  etadi.  Oqiziqlarning  asosiy  qismi  kanallarda 

choʻkib  qoladi,  shuning  uchun  sugʻorish  shoxobchalarini  tez-tez  tozalab  turish 

zarurati tugʻiladi. Zarafshon daryosi havzasidagi dalalarga sugʻorish suvi bilan birga 

har  yili  gektariga 10,8 — 17,8 t gacha oqiziq jinslar, jumladan, oʻrtacha 2350 kg/ga 

CaCO

3

  485  kg/ga  K



2

O  va  0,41  kg/gacha  N

2

O

5



  oqib  keladi.  Sugʻoriladigan  yerlarga 

kelib  tushadigan  agroirrigatsion  yotqiziqlar  miqdori  yiliga  0,8—1,3  mm  ga  ortadi. 

Samarqand,  Buxoro,  Murgʻob  va  Xorazm  singari  vohalardagi  bunday  yotqiziqlar 

qalinligi  1—2  m  va  undan  ortiq.  Morfologik  tuzilishi,  agrokimyoviy,  agrofizik, 

biologik  xususiyatlari  va  meliorativ  holatiga  koʻra  Oʻrta  Osiyoning  sugʻorma 

dehqonchilik mintaqalaridagi Voha tuproqlari turli tiplarga, yaʼni choʻl mintaqasining 

oʻtloqi-voha,  botqoqivoha  va  taqirli-voha  tuproqlariga,  sur  tuproqlari  mintaqasining 

oʻtloqivoha,  botqoqi-voha  va  sur  tuproqli-voha  tuproqlari  tipiga  mansub. 

Agroirrigatsion yotqiziqlar qalinligiga koʻra: yupqa (35— 50 sm), o ʻrtacha (70—80 

sm) va juda qalin (1 m dan koʻp) boʻlgan tuproqlarga ajratiladi. Voha tuproqlarining 

paydo  boʻlish  jarayoni  oʻziga  xos  zonal  belgilarga  ega.  Bu  jarayonni  ikki  asosiy 

bosqichga  boʻlish  mumkin.  Birinchi  bosqichda  voha  tuproqlarining  tabiiy  belgilari 

(qoʻriqlik)  saqlanib  qoladi.  Masalan,  haydash  va  sugʻorish  taʼsirida  tusi,  qalinligi, 

strukturasi,  chimli  va  chim  osti  qatlamlarining  joylanishi  turlicha  boʻlgan  sur 




16 

 

  



 

 

tuproqlardan zichligi, mexanik tarkibi deyarli bir xil kulrangroq haydalma va yanada 



zichroq haydov osti qatlamlar shakllanadi.  

 Buxoro  vohasida  asosan  sug’oriladigan  o’tloqi-allyuvial  tuproqlar  tarqalgan. 

O’zlashtirilganlik darajasiga qarab qadimdan sug’oriladigan, yangidan sug’oriladigan 

va  yangidan  o’zlashtirganga  bo’linadi.  Mexanik  tarkibi  qadimdan  sug’oriladigan 

o’tloqi-allyuvial tuproqlarda yuza haydalma qatlamida (0-30) asosan o’rta qumoqli va 

yengil qumoqli, 30-60sm chuqurlikda o’rta va yengil 60-100sm da esa yengil o’rta va 

og’ir qumoqdan iborat.   


Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin