Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti tuproqshunoslik va geografiya kafedrasi



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/40
tarix02.01.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#36968
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   40
buxoro vohasi tuproqlarida shorlanish jarayonlari va shorlanishga qarshi chora tadbirlari

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


45 

 

  



 

 

3.3 Tuproqlardagi tuzlarning, tuproq xossalari va o’simlik hosildorligiga 



tasiri. 

Tuzlarning  o’simliklarga  ko’rsatadigan  ta’siri  ko’pgina  tadqiqotchilar tomonidan 

o’rganilgan.  Tadqiqotlar  natijalari  tuzlarning  o’simliklarga  ko’rsatadigan  salbiy 

ta’siri sulfat-xloridli tipdagi sho’rlangan tuproqlarda xlorid-sulfatli sho’rlanishga 

qaraganda  birmuncha  ko’proq  ekanligini  ko’rsatadi.  Xloridli  sho’rlanishda  esa 

sulfatli  sho’rlanishga  nisbatan  juda  yuqoriligi  isbotlangan.  Tuzlarning 

o’simliklarga  ko’rsatadigan  ta’siri  o’ta  xilma-xil.  U  o’simliklardagi  qator 

biokimyoviy  va  fiziologik  funksiyalari,  ularning  suv  va  oziqlanish  rejimlari  va 

ildiz  sistemalari  holatini  buzilishiga  olib  keladi.  Tuzlar  ta’sirida  fotosintez 

jarayonlari  jadalligi,  o’simliklarning  nafas  olishi  pasayadi,  modda 

almashinishi 

susayadi, 

organik 

moddalarning 

to’planishi  kamayadi, 

transpiratsiya  orqali  suvlarning  sarflanishi  pasayadi.  Tuzlarning  o’simliklarga 

zararli  ta’siri  urug’  chigit  unib  chiqish  fazasidan  ko’rina  boshlaydi.  Tuproq 

sho’rlanganligi yuqori darajada bo’lganda urug’larni unib chiqishi ancha davrga 

kechikadi.Urug’  yaxshi  o’sishi  zarur  bo’lgan  namlikni  o’zlashtira  olmaydi. 

Shu  bois  urug’larning  unib  chiqish  energiyasi  kamayadi  yoki  urug’  butunlay 

unib  o’smaydi.  Natijada  ekinlarning  yakka-dukka  o’sib  chiqishi  kuzatiladi, 

o’simliklarning  gektar  xisobidagi  soni  kamayadi,  tuproq  yuzasida  sho’r  dog’lar 

paydo  bo’ladi,  o’simliklarning  nobud  bo’lishi  kuzatiladi.  Tuproq  sho’rlanishi 

qishloq 


xo’jalik  ekinlarining  ildizlariga  salbiy  ta’sir  ko’rsatadi.Tuz 

zaxiralarining  katta  miqdori  ildizlarning  pastki    qatlamlarga  o’tishini 

kechiktiradi.  Tuzlardan    o’simlik  ildizlariga  eng  zararli  ta’sir  etuvchi  normal 

soda  (Ma

2

SO4) xisoblanadi.U ildizlarni kesib, ularni  qoraytirib, nobud bo’ladi. 



Sho’rlangan  tuproqlar  o’simliklarga  ayniqsa  vegetatsiya  davrida  katta  ta’sir 

ko’rsatadi.  Sho’rlanmagan  tuproqlarda  o’simliklar  tarkibida  uglevodlarning 

umumiy  miqdori va azotli moddalar ancha ortadi, shunga qaramasdan kraxmal 

kamayadi.  Bu  esa  ildizdan  oziqlanishning  buzilishi  oqibatidir.  Sho’rlangan 

tuproqlarda  o’simliklar  tomonidan  suvni  o’zlashtirishi  sekinlashadi  va 

transpiratsiyaga  sarf  qiladigan  suvning  miqdori  kamayadi.  Tuproqdan 




46 

 

  



 

 

o’simliklarga  suv  ozuqa  moddalari bilan  ularning  ildiz  va  barglarining  so’rish 



kuchi  ta’siri  ostida  so’riladi.  So’rish  kuchi  o’simliklarning  xujayra  shirasi  so’-

rish  bosimi  tufayli  sodir  bo’lib,  u o’simliklarda  bir  xil  emas.  Masalan, bir qator 

sabzavot  va  poliz  ekinlari  uchun,  jumladan  bodringlarda  so’rish  kuchi  bor-yo’g’i 

2-5  atm.,  sho’rlanmagan  tuproqlardagi  g’o’zada  10-15  atm.,  sho’rlangan 

tuproqlardagi  15-25  atm.  Tuproqlarda  yana  suv  ushlab  turuvchi  kuchlar  mavjud 

bo’lib, bu kuchlar  katta  oraliqda  o’zgarib  turadi. U  tuproqda qancha  tuz  ko’p 

bo’lib,  nam  kam  bo’lsa,  shuncha  katta  bo’ladi.  Sho’rlanmagan  tuproqlarda 

namlik 9,4% bo’lsa, bu kuch 20 atm. ni va kuchsiz sho’rlangan tuproqlarda 35atm. 

ni  va  kuchli  sho’rlangan  tuproqlarda  143  atm.  ni  tashkil  etadi.  Tuproqning  suv 

ushlab  turuvchi  kuchi  va  o’simliklarning  surish  kuchi  ko’rsatkichlari  nisbati 

o’simliklarni  suv  bilan  ta’minlanishini  aniqlaydi.  Agar  tuzli  eritma 

konsentratsiyasi va  tuproq  eritmasining so’rish bosimi  yuqori bo’lsa, o’simliklar 

suvni o’zlashtira olmaydi yoki juda oz miqdorda o’zlashtiradi. Bunday xollarda 

tuproqda  namlikning  bo’lishiga  qaramay  tuproqda  o’simliklarni  nobud 

bo’lishiga  (nimjon  o’sishiga),  ularning  o’sish  va  rivojlanishini  susaytiruvchi 

"fiziologik 

quruqlik" 

sodir 


bo’ladi.  Sho’rlangan  tuproqlarda  mineral 

oziqlanishning  buzilishi sodir  bo’ladi.  Bu  holat  o’simliklarning  qator  muxim  oziqa 

elementlarining  yetarli  darajada  o’zlashtiraolmasliklari  (kalsiy,  fosfor,  marganes, 

temir)  va  aksincha  zararli  elementlarning  (xlor,  natriy,  magniy)  ko’plab 

o’zlashtirilishi  bilan  ifodalanadi.  Kuchli  sho’rlangan  tuproqlardagi  o’simliklarda 

xlor  miqdori  me’yoridan  3-4  marta,  natriy  5-10  marta  ortib  ketishi  mumkin.  

O’simliklarda  tuzlarning  katta  miqdorda  to’planishi,  ularni  tuzlar  bilan 

zaxarlanishiga olib keladi.  

  

 

 



 

 

 




47 

 

  



 

 

3.3.1-jadval 




Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin