Amortizatsiya ajratmalari miqdoriga teng bo‘lgan asosiy ishlab chiqarish
fondlarining eskirishi xarajatlarning yirik elementlaridan biri hisoblanadi. Bular
qatoriga asosiy fondlarning tezlashgan amortizatsiyasi va uning indeksatsiyasini
kiritish mumkin.
Mehnatga haq to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar korxonaning
asosiy ishlab chiqarish personali mehnatiga haq to‘lashga sarflanadigan xarajatlar
bo‘lib, ishlab chiqarishdagi yuqori natijalar uchun mukofotlar, rag‘batlantiruvchi
va kompensatsiya to‘lovlari, jumladan, qonunchilikda belgilangan normativlar
chegarasida narxlarning o‘sishi va indeksatsiya uchun to‘lovlar, shuningdek,
korxona xodimlari shtatida bo‘lmagan, lekin asosiy ishlab chiqarishda band
bo‘lgan ishchilar uchun to‘lanuvchi haqni o‘z ichiga oladi.
Ishlab chiqarish xarajatlariga, asosiy ishlab chiqarish fondlarini ishga
tayyor holatda saqlab turish - kapital, o‘rta va joriy ta'mirlash, mashina va asbob-
uskunalarga qarash va ekspluatatsiya qilish uchun sarflanuvchi barcha xarajatlar
kiradi.
Foyda muhim iqtisodiy kategoriya (toifa) bo‘lib, har bir tijorat tashkilotining
asosiy maqsadi hisoblanadi. Iqtisodiy kategorriya sifatida foyda
moddiy ishlab
chiqarish sohasida yaratilgan sof daromadni aks ettiradi.
Korxonada foyda turli xil faoliyat natijasida olinishi mumkin.Barcha
foydalar yig‘indisi korxonaning yalpi foydasini tashkil qiladi.Yalpi foydaning
tarkibiy elementlari quyidagilardan iborat:
bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat va mahsulot sotishdan olingan foyda;
asosiy fondlar, shuningdek, korxonaning boshqa mulki sotishdan olingan
foyda;
korxonaning moliyaviy faoliyati orqali olinuvchi foyda.
Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitlarida rentabellikning ahamiyati va o‘rni
o‘sib bormoqda. U korxona faoliyati va kapital qo‘yilmalar iqtisodiy
samaradorligining asosiy mezoni, korxona va xo‘jalik yurituvchi tashkilotlarni
baholashning sintetik ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi.
Ishlab chiqarish rivojlanishining samaradorligi va intensivligini baholashda
amaliyotda rentabellik ko‘rsatkichlari tizimi keng qo‘llanib, unga ko‘ra foydaning
miqdori belgilangan hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, rentabellik
daromadlilik, foydalilikni anglatadi.