107
ko'nikmalarni shakllantirish va talabalarning dizayn va fanlararo hamkorlikdagi
mahoratini oshirish.
STEAM uchta sohada ayniqsa samarali bo'ldi: ilm-fanning ochiq va inklyuziv
bo'lishiga yordam berish; ilmiy tushunchalar va madaniyatning ma'nosini
oydinlashtirish; va ilmiy va estetik tarkibiy qismlar o'zaro takomillashtiriladigan
hamkorlikdagi ishlarni rivojlantirish.
Nima uchun boshlang'ich maktabda STEM ta'limini joriy qilish kerak?
- Matematika, tabiatshunoslik fanlariga qiziqishni faollashtiradi.
- Texnologiya, robototexnika, dizayn sohasidagi bilimlarni egallashga yordam
beradi.
- ijodiy qobiliyat va muloqot qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
- bolaning salohiyatini erta aniqlashga va uning kasbiy o'zini o'zi belgilashiga hissa
qo'shadi.
Yosh bolalar bilan STEM dan foydalanishda ularni murakkab jarayonlar va uzoq
tushuntirishlar bilan yuklamaslik kerak. Boshlang'ich maktab uchun STEM ta'limi
bo'yicha o'qituvchining maqsadi jarayonlar o'rtasidagi bog'liqlikni iloji boricha
sodda tarzda ko'rsatish va tushuntirish, shuningdek, o'rganishda o'z-o'ziga
ishonishni rivojlantirishdir. Ushbu maqsadlar uchun tajribalar eng mos keladi.
Dostları ilə paylaş: