KIRISH
Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim tizimini takomillashtirish, Vatan ravnaqini ta’minlaydigan yosh avlodni tarbiyalab voyaga etkazish masalalariga jiddiy e’tibor berilmoqda. Bu borada muhim qadamlardan biri O’zbekistonda ilk bor “Kadrlar tayyorlash bo’yicha milliy dastur” hamda “Ta’lim to’g’risida”gi qonunning qabul qilinishi katta ahamiyatga ega.
Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportga davlat siyosati miqyosida e’tibor qaratilishi, ayniqsa O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning “O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tashkil qilish to’g’risida”gi Farmoni (2002) va shu Farmonni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo’yicha hukumat tomonidan qabul qilingan Qaror (2002) bolalar sportiga tamomila yangicha yondashish, ilmiy asoslangan texnologiyalar asosida iste’dodli sport zahiralarini tayyorlash maktablarini yaratish masalalarini o’rtaga tashlamoqda.
Dostları ilə paylaş: |